125
qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo„l harakatini tashkil etish tamoyillari
transport oqimini to„g‟ri yo„naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo„yicha
guruhlarga ajratishga, har bir yo„l bo„lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga,
haydovchilarga o„z vaqtida harakat marshruti va yo„l sharoiti to„g‟risida
axborot
berishga qaratilgan.
Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish (harakatni
boshqarishning avtomatik tizimi; svetofor ob‟ektlarini “yashil to„lqin”, “yashil
ko„cha” tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi – sekinlashuvchi, revirsiv,
rezerv
polosalardan foydalanish, ba‟zi bir ko„chalarni bir tomonlama harakatga o„tkazish
va h.k.) chorrahalarni har xil sathda o„tkazish, shuningdek transport vositalarining
harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo„l harakatini
tashkil etishda EHM yordamida avtobus va trolleybus, shuningdek, yalpi yuk
tashuvchi avtomobillarning optimal harakatlanish grafigini to„g‟ri tuzish katta
ahamiyatga ega. Tig‟iz soatlarda harakatni tashkil
etish maqsadida asosiy
magistralning tirband yo„l bo„laklaridagi transport oqimining harakatini aylanma
yo„llar orqali o„tkazishga intiniladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun
avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o„rnatiladi. Bu esa harakat
gradientini yo„lda nazarot qilish imkonini beradi. Yo„l harakatini tashkil etishda
quyidagi hujjatlarning ahamiyati kattadir: “Yo„l harakati xavfsizligi to„g‟risida”gi
O„zbekiston Respublikasining qonuni; yo„l
harakati qoidasi; transport
vositalarining konstruktiv xavfsizlik me‟yorlari; yo„l va ko„chalar uchun qurilish
me‟yorlari va qoidalari. Shuningdek, harakat xavfsizligi bo„yicha soha me‟yoriy
hujjatlari.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo„l harakatini
tashkil qilishning asosiy
maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan yo„lning turli
bo„lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o„tkazish tushuniladi.
Harakatni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta‟minlash;
126
-
avtomobillarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini har qanday ob-havo
sharoitida ta‟minlash va eng yaxshi yo„l sharoitlarini vujudga keltirish;
-
harakat xavfsizligini yo„lning har qanday bo„lagida va turli ob-havo
sharoitlarida ta‟minlash;
-
atrof - muhitni bulg‟atmaslik;
-
transport vositalarining va yo„l inshootlarining tez ishdan chiqmasligini
ta‟minlash.
Harakatni tashkil qilish bo„yicha qo„yilgan
vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va
hokimiyatlar darajasida keng ko„lamli faol ishlar olib borilishi zarur.
Harakatni
tashkil qilishdagi echiladigan masalalar ko„lamiga qarab, ularni uch darajaga
bo„lish mumkin:
1.
Davlat ahamiyatidagi daraja.
2.
Vazirliklar darajisi.
3.
Muhandis xizmati darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: