144
sirtni qalin va zich qoplash talab etiladi. Chunki u material
sirtiga agressiya agentlarning kirish tezligiga ta’sir qiladi.
Shuning uchun bo‘yayotganda
atrof-muhitni ham hisobga
olish talab etiladi. Masalan, qishloq sharoiti uchun – qalinligi
120 mkm; sanoatda – 150 mkm; dengizda – 200 mkm; kimyo-
da 300 mkm ni tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Ayrim hollarda bo‘yash qalinligini
oshirganda ham uni
korroziyaga chidamli deb bo‘lmaydi. Qalin bo‘yalgan sirtlarda
ichki yorilmalar paydo bo‘ladi.
Sirt ustini lok bilan bo‘yashda qovushqoqligi katta aha-
miyatga ega. Qovushqoqlikni viskozometr bilan aniqlanadi.
Asosiy
masala shundaki, bo‘yalgan metall plastinkada lok
qoplashda buzilish jarayoni kuzatilmaydi. Adgeziya – lok
qoplamalarning loklangan sirt bilan mahkam yopishish qobi-
liyati. Adgeziya o‘lchamida qoplamaning mexanik va himoya
xossalari bog‘langan. Adgeziyani aniqlash
uchun uchta standart
uslublar mavjud: suvga chidamliligi – chuchuk va dengiz
suviga chidamliligi; sovuqqa chidamliligi – lok bo‘yoqlarni bir
necha marta muzlatib eritilgandan so‘ng o‘z
fizik-mexanik xos-
salarini saqlab qolishi; issiqlikka chidamliligi mumkin bo‘lgan
darajada qoplama o‘z vazifasini aniq vaqt mobaynida bajarishi.
PF-115 emali sirtni 60–80°C darajagacha himoya qiladi.
Atmоsfеraga chidamlilik – uzоq vaqt mоbaynida himоya
va dеkоrativ хоssalarni saqlash.
Lоk хizmat qilish muddati iqlim va sharоitlarga bоg‘liq.
Lоk qоplamalar dеkоratsiya хоssalarining yo‘qоtilishi, buzilish-
lariga yaltirоqliligi, ranglarning o‘zgarishi va bоshqalar kiradi.
Pоlimеr bo‘yoqlar – bu pоlimеr eritmadagi quyuq pigmеnt-
lar. Fasad bo‘yoqlariga yaхshi jihatlari bilan ajralib turadigan
145
bo‘yoqlar kiradi. Bular krеmniy оrganik emali, pеr хlоrvinil
bo‘ yoqlar, epоksilamid kоmpоzitsiyasi. Atmоsfеra ta’siriga
chi damliligi uchun fasad bo‘yoqlari binоlarda 10–12 yilgacha
saqlanadi. Changlarni esa suv bilan yuvish mumkin.
Lоk-bo‘yoq matеriallar o‘zining ikkita asоsiy bеlgisiga
ko‘ra tavsiflanadi:
– kimyoviy tarkibi (parda hоsil qiluvchi mоddaning turi);
– ishlatilish sоhasiga ko‘ra.
Lok-bo‘yoq materiallar o‘zining ishlatilish joyiga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
– atmоsfеra ta’siriga chidamli;
– binо ichida chidamli;
– maхsus;
– har хil muhit ta’siriga chidamli;
– issiqlikka chidamli;
– elеktrоizоlatsiоn;
– gruntоvkalar;
– shpatlyоvkalar.
Lok-bo‘yoq materiallarini belgilashda
avval ularning nomi
to‘liq yoziladi, so‘ngra shu materialdagi asosiy parda hosil
qiluvchi moddaning GOST ga binoan ikki harfdan iborat qis-
qartirilgan nomi keltiriladi: masalan, lok, emal (nitrosinkli),
gruntovka (gliftalli) va hokazo.
Parda hosil qiluvchi modda nomidan keyin raqamlar
(sonlar) yordamida materialning asosiy
ishlatiladigan joyiga
qarab uning guruhi va shu material uchun uning tartib raqami
yoziladi. Masalan, lok (bino ichida ishlatiladigan poliefirli lok),
gruntovka (gliftalli gruntovka) va h.k.
10—