126
Rotorlar o‘zaro presslab birlashtirilgan
ikki qismdan tashkil
topgan. Rotorning shakldor qismi quyma legirlangan po‘latdan
tayyorlanib, termik ishlov beriladi. Rotorning silindrik sapfasi
bolg‘alangan legirlangan po‘latdan yasalgan. Rotorlarning bun-
day shakli materialning ishlanish chog‘ida kameraning tore-
sidan markazga qarab surilishiga sabab bo‘ladi, shu sababli
rotorlar o‘q bo‘ylab zo‘riqishga uchramaydi va ularni o‘q bo‘y-
lab o‘rnatish uchun maxsus rostlovchi qurilmalarga ehtiyoj
sezilmaydi.
«Frensis Shou» firmasining rezina
aralashtirgichida barcha
materiallar rotorlar oralig‘idan o‘tganligi sababli kameraning
devorlari kam yediriladi va ularni qattiq qotishma bilan qop-
lashga hojat qolmaydi; qattiq qoplama faqat abraziv xossalarga
ega materiallarni ishlovchi mashinalarda qilinadi. Uch qirrali
rotorlar «Verner-Pflyayderer» firmasida ishlab chiqarilgan (40-
rasm). Bu rotorlar o‘q yuklamasiga nisbatan bir tekisda o‘rna-
tilgan. Boshqa jihatlari ovalsimon rotorlardagi kabi bo‘ladi.
Rezina aralashtirgichning normal ishlashi rotorlarning
texnik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ular
mashinaning asosiy uze-
39-rasm. «Frensis Shou» firmasining silindrik rotorlari:
a – yig‘ilgan holatdagi rotor;
b – yig‘ma rotorning ishchi qismi.
a
b
127
li hisoblanadi va og‘ir sharoitlarda ishlaydi; ayniqsa bo‘rt-
malarning qirralari ko‘p yediriladi, noto‘g‘ri foydalanil ganda
va zichlamalarga qarab turilmasa rotorlarning bo‘yinlari ham
yedirilib ketishi mumkin. Bo‘rtmalar qirralarining yedirilishi
ara lashmaning yomon aralashuviga
va ishlov berish jarayoni-
ning cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladi. Rotorlar bo‘yinlarining
yedi rilishi zichlamalar ishini ham izdan chiqaradi, zichlamalar
qurum va rezina aralashmalarini ko‘proq o‘tkazib yuboradigan
bo‘lib qoladi. Buning oqibatida bo‘yinlarda qirilishlar paydo
bo‘ladi.
Rotorlar uzoq vaqt xizmat qila oladigan qimmatbaho de-
tallar
hisoblanadi, shu sababli ular kapital ta’mirga beriladi.
Ta’mirda bo‘rtmalarning qirralari va rotorlar bo‘ynining yedi-
rilgan qismi, agar ularda chuqur izlar paydo bo‘lgan bo‘lsa,
ko‘proq o‘yib olinadi va yedirilgan joylarga yangi qattiq qo-
tishma quyiladi.
Zichlamalar rotorlar bo‘yni aralashtirish kamerasining de-
voridan o‘tish joyidan qurum va rezina aralashmasining kame-
ra dan tashqariga chiqib ketishining oldini oladi. Zichlovchi
qu ril ma mashinaning doim kuzatib va qarab turiladigan eng
mas’uliyatli qismidir.
40-rasm. «Verner-Pflyayderer» firmasining uch qirrali rotorlari.
128
Uzoq vaqt davomida eski konstruksiyadagi
rezina aralash-
tirgichlarda (ularning kamerasida materialga kam bosim
berilgan) friksion yoki salnikli zichlamalardan foydalanilgan,
normal ishlashi uchun ularni katta kuch bilan va juda tekis
siqish talab etilgan.
Kameralarda bosim oshishi bilan bu siqish kuchi yetarli
bo‘lmay qoldi, buning oqibatida ishlanayotgan material rotor
bo‘yni va zichlamaning
orasidagi zazorga oqib chiqqan, bu esa
rotorlar bo‘ynining tez ishdan chiqishiga va ko‘p miqdordagi
presslashlarga olib kelgan. Bunday zichlamalarni tozalash va
qayta tiklash juda qiyin bo‘lgan. Agar friksion va salnikli
qurilma ishdan chiqadigan bo‘lsa ta’mir vaqti cho‘zilib ketgan,
bu esa mashinaning uzoq vaqt to‘xtab turishiga sabab bo‘lgan.
Shu sababli barcha korxonalar asta-sekin
labirint tipidagi
zichlamalarga o‘tgan.
41-rasmda 250–300 turdagi rezina aralashtirgichning ikki
labirintli zichlamasi ko‘rsatilgan. Kameraning yon devorida (
2)
po‘lat halqasi (
3) o‘rnatilgan, u o‘yilgan joyga yon devorning
ichki tomonidan kirib turadi. Tores halqasi aralashtirish ka-
merasi tomonidan qattiq qotishma bilan qoplangan bo‘ladi yoki
yuza qismiga termik ishlov beriladi. Tores halqasiga labirint
zichlama halqasi (
5) vintlar (
4) yordamida mahkamlanadi.
U ikkita yarim bo‘lakdan iborat bo‘lib,
ichki silindrik yuzali
tomonida rotorning aylanish yo‘nalishiga teskari vint izlari
о‘yilgan bo‘ladi. Ushbu vint izi sababli rezina aralashmasi
rotorning bo‘yniga zich o‘tqazilgan himoya vtulkasi (
6) va
halqa (
5) orasiga tushgandan keyin rezba izlari bo‘ylab yana
aralashtirgichning kamerasiga qaytib tushadi. Halqa (
5) bundan
tashqari rotorning bo‘yniga zich o‘tqazilgan harakatlanuvchi
halqa (
7) bilan labirint zazor hosil qiladi. Harakatlanuvchi
129
halqa bo‘yinga vintlar bilan mahkamlanadi va rotor bilan
birgalikda aylanadi.
Labirintga tinimsiz ravishda gidravlik
zatvor hosil qiluvchi
moylovchi material bosim ostida berib turiladi, u qurum va
rezinaning zazor orqali o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Labirintda
qurum va rezina aralashmasi xamirsimon massaga aylanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: