R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni


Etilenning hosil bo‘lish usullari



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

Etilenning hosil bo‘lish usullari. Etilen uglerod va vodo-
roddan atmosfera bosimida va juda yuqori haroratda (2000°C) 
hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, etilen ko‘p yoki oz miqdorda 


55
11-rasm. Polimer materiallarni tayyorlash: lentasimon  
plyonkalar olish.
to‘yingan, to‘yinmagan uglevodorodlar va boshqa organik 
birikmalarni yuqori haroratda parchalashda metan, etan, pro-
pilen bilan birga hosil bo‘ladi. Etilenga boy manbalardan 
biri neftni va neft sanoatining ayrim mahsulotlarini yuqori 
haroratda qayta ishlashda ajralib chiqadigan gazlardir. Masalan, 
neftni gaz fazasida krekinglashda, ya’ni nefr bug‘larini suv 
bug‘lari bilan birga 550–600°C haroratda kontakt massa 
(temir oksidi)dan o‘tkazishda tarkibida 27% gacha etilen saq-
lovchi gazsimon uglevodorodlar hosil bo‘ladi. Tabiiy gazni 
pirolizlashda ham ko‘p miqdorli etilen hosil bo‘ladi. Etilenning 
hosil bo‘lish unumiga reaksiyani olib borish jarayoni ham ta’sir 
qiladi. Pirolizni 880°C da olib borish natijasida hosil bo‘lgan 
gazlar aralashmasida 30% etilen bo‘ladi. 


56
Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri metandan ham olish mumkin. 
Buning uchun juda yuqori harorat (1000°C va undan 
yuqori) kerak bo‘ladi. Bunday sharoitda etilendan tashqari, 
ko‘p miqdorda asetilen va etan hosil bo‘ladi. Agar reaksiya 
harorati yuqoriroq bo‘lsa, mahsulot tarkibida etilenga nisbatan 
asetilen miqdori ko‘proq bo‘ladi. Etilenni etandan yoki tabiiy 
gazni etan saqlovchi fraksiyasidan havo kislorodi bilan suv 
bug‘i ishtirokida 600–650°C haroratda selektiv (saylanma) 
oksidlab olish mumkin. Jarayonda katalizator sifatida temir 
oksidi (70%) va xrom oksidi (70%) aralashmasi (qorishmasi) 
ishlatiladi. Yuqori unum bilan etilen etandan, propandan yoki 
ular aralashmasidan termik kreking usulida olinadi. Jarayonda 
dastlabki uglevodorodlarni inert gazlar bilan aralashtirilib, 
shunday miqdordagi havo berib turiladiki, bir qism xomashyoni 
yoqish natijasida ajralib chiqqan issiqlik kreking jarayoni 
borishiga xizmat qilsin:
Uglevodorodlarning yuqori haroratdagi pirolizi radikal re-
ak siyalardir. Bunga sabab uglerod–vodorod bog‘ining mus-
tahkamligi uglerod–uglerod bog‘ining mustahkamligidan 
yuqo riligidir. Piroliz jarayonida uglerod–uglerod bog‘larning 
uzilishi hisobiga hosil bo‘lgan radikallar yoki uglevodorod 
molekulasidan vodorodni tortib oladi va barqaror birikmaga 
o‘tadi, yoki olefin va boshqa radikalga parchalanadi. Ikkala 
holda ham zanjirli reaksiya boradi. Yuqori haroratdagi pirolizda 
yuqori radikallar metil, etil radikallariga parchalanadi. Ugle-
vodorodning molekula og‘irligi qancha katta bo‘lsa, uning 


57
bo‘laklanishi natijasida hosil bo‘lgan parchalar soni shuncha 
ko‘p bo‘ladi. Masalan,
CH
3
–C°H–CH
3
 + H° 
 CH
3
–CH
2
–CH
3
 
 CH
3
–CH
2
–C°H
2
+H°
    
 CH
3
–CH=CH
2
+H° CH
2
=CH
2
+CH
4
Siklogeksanning bo‘laklanishi parchalanishning boshqa turi 
bo‘lib, u kamaytirilgan bosimda 790°C haroratda boradi va 
etilen va butadiyen hosil bo‘ladi:
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
HC
+
HC
HC
HC
790°C
Bu holda parchalanishning yengil ketishiga sabab: molekula 
tarkibida qo‘shbog‘ mavjudligidir. Olefin molekulasida ayrim 
12-rasm. Turli polimerlardan tayyorlangan buyumlar.


58
bog‘larning mustahkamligi boshqa bog‘larnikiga nisbatan 
harorat ta’siriga sezilarliroq bo‘ladi.
Polietilendan (yuqori bosimda olinadigan) plyonkalar, 
shlang lar, idishlar, (o‘rta va past bosimda olinadigan) quvurlar
ap parat qismlari, suv osti kabellari va simlar, elektrizolatsiya 
qop lamalari, metallarni korroziyadan himoya qiluvchi peno-
plastlar, xo‘jalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlanadi (12-
rasm).

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish