Bashorat (prognoz)
Adabiyotlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish metodi
– tadqiqot
doirasida Muhtaram Prezidentimizning ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, nutqlari,
risolalari, pedagogika, psixologiya, valeologiya, falsafa, sotsiologiya, madaniyat,
iqtisod, siyosat va boshqa adabiyotlar, ilmiy izlanishlar, qo‘lyozmalar,
dissertatsiyalar, normativ hujjatlarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Bunda tadqiqot
mavzusi bo‘yicha o‘rganilayotgan jarayonlarning umumiy miqdori, uning o‘sishi
yoki
kamayish
sabablari,
tavsifi,
tatbiq
qilinayotgan
tushunchalarni
shakllanganlik darajasiga e'tibor beriladi.
Uzluksiz ta'lim tizimi ishtirokchilari, ular orasidagi munosabatlar, fanlarni
o‘zlashtirish darajalari, muayyan sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish,
kamchilik va nuqsonlarni korreksiyalash (bartaraf etish) va monitoring
(nazorat)ini olib borish bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilinayotganda, albatta
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash
Milliy Dasturi”, DTS, Namunaviy va o‘quv Dasturlar, rejalar, ta'lim-tarbiya
tizimidagi barcha normativ hujjatlar, ta'lim muassasasi hujjatlari (Nizomlar,
“Tarbiyaviy soat”lar rejalari, majlis bayonnomalari, dars jadvallari, jurnal, guruh
rahbarining jurnali, tahsil oluvchilarning shaxsiy hujjatlari va boshqalar)
o‘rganiladi va tahlil qilinadi.
Pedagogik kuzatish metodi
- ushbu metod t a'lim -tarbiya jarayonlarining
amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam
beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish
imkonini tug'diradi. Bu usul ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad
89
qanday amalga oshayotganligini aniqlash, “sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining
o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi.
Tabiiy kuzatishda o‘rganilayotgan respondentlarning (tadqiq qilinuvchilar.
Masalan, o'quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari,
o‘quvchilarning
fanlarni
o'zlashtirishlari,
ularning
xulq-atvori
va
muammolaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'lim iy-tarbiyaviy
ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa
nafa
q
at respondent(o‘rganilayotgan sub'ekt)larning tabiiy faoliyatini
balki
ularning
ilmiy
dunyoqarashlarini
shakllanishi,
fikrlash
jarayonining
koeffitsientini,
kuchini,
xulosalar
chiqarishdagi
faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil qiladi. Bunday kuzatishlar
q
ibat
natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo'ladi. Ilmiy
kuzatish orqali respondentlar (bular maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi,
talabalar bo‘lishi mumkin)ning o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son
ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik
tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib
tashkil etiladi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob'ekti, vaqti,
pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va boshqalar
hisobga olinadi.
Pedagogik kuzatish metodini qo‘llash jarayonida ta'lim muassasalarining o‘quv-
tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati
aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
farq to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va
tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib
borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini
shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning
uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
90
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik
Download Do'stlaringiz bilan baham: |