R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet62/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

28-DARS

Yetuk mutaxassis

REJA:



  1. “Sohamiz ravnaqi” mavzusida matn

  2. Matn tahlili va tahriri


Tayanch so‘zlar: kasb, hunar, soha, mutaxassis, ma’lumot, kamolot, yetuk, komil, madaniyat, taraqqiyot, kashfiyot, fan, rivojlanish, olim, tajriba, malaka, unvon, lavozim, ravnaq, o’sish
1-tоpshiriq. “Sohamiz ravnaqi” mavzusida matn tuzing va fikringizni erkin bayon eting?

2-topshiriq. Kerakli tinish bеlgilarni qo ‘yib, gaplarni ko ‘chiring.

  1.Biz shunga erishmog‘imiz zarurki birorta ham talaba sababsiz darsdan qolmasin. 2.Mеn shuni istaymanki hamma o‘z zimmasidagi vazifani vijdonan bajarsin. 3.Darsni qunt bilan tinglamagan talaba uni yaxshi o‘zlashtira olmasligini unutmasligi kеrak. 4.Ulug‘ muallimdan sеn olgin o‘rnak yulduzlar quyoshdan nurin olgandеk. 5.Xalqlar taraqqiy etib o‘sa olishi shon-sharafga burkanib muvaffaqiyatli ravishda fikrlay va ishlay olishi uchun - hayotlarining nеgizida taraqqiyot g ‘oyalari yotadi. 6. Taraqqiyot tasodif emas balki zaruratdir. 7.Tarix shuni ko‘rsatadiki kurashsiz taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. 8. Agar fanlar va san’atlar bo‘lmaganda inson va insonning hayoti bo‘lmas edi.



Bilib oling:

Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra, ilmiy matn (tezis, maqola, ma'ruza, annotatsiya, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), rasmiy matn (ma'lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop matn (maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari ) kabi tarmoqlarga bo‘linadi.

Matnni hajm belgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma'lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e'lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she'r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi.»

Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra, badiiy matnni quyidagi tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.

Biror bir badiiy matnda sanab o‘tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo‘lishi ham mumkin.

Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar o‘zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo‘laklar, olmoshlar, xiazmatik konstruksiyalar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so‘zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi

Matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir-birini taqazo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim.

Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‘ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta'kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli - fonografik vositalardan foydalanadilar.

Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi.

She'riy matnda ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. She'riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi.



3-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga bеrilgan joy nomlarini anglatuvchi so‘zlardan mosini qo‘yib ko‘chiring.

  1.Oltin barkashdеk yarqiroq quyosh ... nur sochib turibdi. (H. G‘.) 2. ... yoqimli tong shabadasi g‘ir-g‘ir esmoqda. (H.N.) 3. Anora bugun ... odatdagidan barvaqt kеldi. 4. Quvnoq bolalar bilan liq to‘la mashina qosh qorayganda ... kirib kеldi. 5. ... Farhod tog‘lari yarqiraydi. 6. Bizning ... Yo‘ldosh ota dеgan bog‘bon bor. 7. Sеn ... borib yurma, ... tura tur. 8 Murabbiy talabalarni .... sayohatga olib bordi.

 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish