Tilxat yozish tartibi
TILXAT
Men, Toshkent davlat madaniyat institutining xo‘jalik ishlari bo‘limining mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 135000 (bir yuz o‘ttiz besh ming) so‘m bo‘lgan 100 (yuz) dona rubobni qabul qilib oldim.
1999.12.08. (imzo) B.N.Olimov
Tavsifnoma – korxona ma’muriyati bir qator maqsadli masalalarni (o’quv yurtiga kirish, boshqa davlatlarga ishga yuborish, lavozim uchun shahodatlash va sh.k) hal etishda o’z xodimiga beradigan rasmiy hujjat.
2-topshiriq. Ish yuritish hujjatlari asosida namuna tayyorlang?
Mavzu bo‘yicha savollar:
Ish yuritish hujjatlariga nimalar kiradi?
Ish yuritish hujjatlarining farqli jihatlari haqida gapiring?
Adabiyot:
Аminov M., Mаdaliyev А., MахkamovN., MахmudovN. Ish yuritish (аmaliyqo‘llanma) Tоshkent: O‘zbekistonmilliy ensiklopediyasi, 2014.- 456 b.
Asilova G. Bojxona tizimida me'yoriy hujjatlami yuritish (rus guruhlari uchun o‘quv qo‘llanma). Toshkent, 2016. 176 h.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Ish yuritish qog‘ozlaridan foydalangan holda matn tayyorlab kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |