R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet64/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

29-DARS

Kasb bayrami

REJA:



  1. Kasb bayrami haqida matn tuzish

  2. Matn mazmuning qisqacha bayoni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari


Tayanch so‘zlar:yer, zamin, yangilanish, poklanish, bahor, bayram, tabiat, uyg‘onish, yaxshilik, ramz, daraxt, ko‘chat, sayl, navro‘z, bog‘, dala, gul, maysa, sumalak, taom, udum, an’ana, marosim, tantana

1-topshiriq. Kasb bayrami bilan bog‘liq ma’lumotni davom ettiring.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanadi.

25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni nishonlanadi…
Bilib oling!

Matn nutqiy hodisa bo‘lib, u ikki va undan ortiq gaplarning mazmunan birikishidir.

Nutq o‘stirishga qaratilgan ijodiy-amaliy ishlarning yana bir ko‘rinishi matnning mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirib yozishdir. Matndagi ma'lum bir so‘zlarni uning ma'nodoshlari bilan almashtirish, kelishikli birikmalar o‘rniga ko‘makchili birikmalarni (yoki aksincha) qo‘llash, sodda gaplarni qo‘shma gaplarga yoki, aksincha, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga aylantirib yozish, syujetli she'riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozish, dialoglarni o‘zlashtirma gapga aylantirish, matn mazmunini qisqartirib yoki kengaytirib yozish kabi ishlar shular jumlasidandir.

«Bahor. Ekish boshlandi» shaklidagi uchtagina so‘zning mazmunan birikishidan tortib, butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham matn sanaladi. Har bir matn ma'lum bir narsa, voqyea hodisani tasvirlaydi, u haqda xabar beradi, so‘zlovchining munosabatini ifodalaydi.

Amaliyotda matnning tasvir, rivoya va muhokama kabi bayon usullaridan ko‘proq foydalaniladi.

Tasviriy matnda voqeada ishtirok etadigan shaxslar bo‘lmaydi. Unda, asosan, tabiat manzarasi, alohida narsalar voqea va hodisalar, ish jarayonlari tasvirlanadi. Bunda, narsa, voqyea-hodisaning o‘ziga xos tashqi belgilariga alohida e'tibor beriladi. Bayonning bu usulidan maktablarda ko‘proq foydalaniladi. O‘quvchilar til hodisalarini o‘rganish jarayonida yil fasllari, lola sayli, maktab bog‘i, xo‘jalik fermasi, paxta dalasi, cho‘l, sahro, tog‘, daryo, shahar, qishloq tasvirini bemolol yaratishlari mumkin.

Tasvirlash kuzatuvchanlik bilan bog‘lik. Shuning uchun o‘quvchilarni ona tili mashg‘ulotlarida kuzatuvchanlikka o‘rgatish, narsa, voqyea-hodisalardagi eng muhim belgi va xususiyatlarni ko‘ra bilishga odatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bayon usulining ikkinchi turi rivoyadir. Rivoya matni tasviriy matndan voqyeaning izchillikka berilganligi, unda ishtirok etuvchi shaxsning borligi, dialogik nutqdan foydalanish kabilar bilan ajralib turadi. Ona tili mashg‘ulotlarida bunday matnlardan juda ko‘p foydalanishga to‘g‘ri keladi. «Bizning oila», «Yoz kunlarining birida», «Rahim kasal bo‘lib qoldi», «Mening do‘stim» kabilar.

Bayon usulining uchinchi turi muhokamadir. Muhokama matnining o‘ziga xos xususiyati shundaki, so‘zlovchi bayon qilinayotgan voqea-hodisaga o‘z munosabatini bildiradi. O‘z fikrini isbotlash uchun dalillar izlaydi va uni asoslashga intiladi, u ma'lum bir fikrni rad etadi va bu hakda o‘z hukmini chiqaradi.

Muhokama tarzidagi matnlar yaxshilik va yomonlik, mehnatsevarlik va ishyoqmaslik, halollik va tekinxo‘rlik, to‘g‘rilik va egrilik, yaxshi so‘z va yomon so‘z, do‘stlik va dushmanlik, botirlik va qo‘rqoqlik, odob va odobsizlik kabi mavzularda bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, xalq maqollarini muhokama matnining mavzusi qilib tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Betga aytganning zahri yo‘q», «Dili to‘g‘rining yo‘li to‘g‘ri», «Sayoq yurgan tayoq yer».




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish