24-DARS
Hayot mening tasavvurimda
REJA:
Hayot mening tasavvurimda mavzusida dialogik matn tuzish
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Tayanch so‘zlar: hayot, kelajak, mehnat, tasavvur, ilm, boylik, ma’rifat, olam, inson, o’tmish, tarix, rivojlanish, mustaqillik, taraqqiyot
1-topshiriq. “Hayot mening tasavvurimda” mavzusida dialogik matn tuzing va fikrlaringizni izohlang?
2-topshiriq. Quyidagi gaplarni davom ettiring.
1. Bolalar o ‘ynab kеlgani….... .
2. ............. ataylab kеldim.
3. Ovozingizni eshitish uchun...... .
4. Farzandini voyaga yеtkazish uchun..... .
5. Bolam baxtli yashasin dеb..... .
6. Oilam tinch bo ‘lsin dеb ..... .
7. Dadamning jahli chiqmasin dеb ..... .
8. Onam xavotir olmasliklari uchun .... .
9. Farzand tantiq bo ‘lmasligi uchun .... .
10. Buvamga yordam bеray dеb ..... .
Bilib oling:
Dialogik matn ikki kishining suhbati asosida quriladi. Badiiy, publisistik uslubda yozilgan asarlar asosan dialogik matnni tashkil etadi. Shuningdek, rivoyat va hikoyatlardagi obrazlar nutqi ham dialogik matn hisoblanadi.
Ma'lum voqelik haqida tasavvur (ma'lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Matn og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘lishidan qat'i nazar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: diologik va monologik. Diologik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ikki kishi o‘rtasidagi diologik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e'tiroz mazmunida bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik diologlarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da'vat biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Diologik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Diologik matn so‘zlashuv uslubiy va badiiy uslubga xosdir.
Dialog
– O‘zbekiston Respublikasi qachon mustaqil bo‘ldi?
– 1991-yilning 31-avgustida.
– Davlat bayrog‘i qachon qabul qilindi?
– 1991-yilning 18-noyabrida.
– Davlat gerbi qachon tasdiqlandi?
– 1992-yilning 2-iyulida.
– Konstitutsiya qachon qabul qilingan?
– 1992-yilning 8-dekabrida.
– Davlat madhiyasi qachon qabul qilindi?
– 1992-yilning 10-dekabrida.
Mavzu bo‘yicha savollar:
Muhim tarixiy sanalar haqida nimalar bilasiz?
Dialogik tarzda yozilgan asar va she’rlar haqida ma’lumot bering?
Dialogik matnni tushuntirib bering?
Adabiyot:
Muhiadinova X.. Salisneva Z. Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta'iini muassasaiari rus guruhlari uchun darslik). Toshkent: O‘qituvchi, 2012. - 288 b.
Mustaqil ish topshiriqlari:
“Insonning tabiatga munosabati’ mavzusida ma’ruza tayyorlash
Do'stlaringiz bilan baham: |