15-DARS
O‘zbekiston va jahon
REJA:
Xalqaro tashkilotlar haqida ma’lumot
Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari
Tayanch so‘zlar:tashkilot,bitim, sessiya, yig‘ilish, konferensiya, sammit, xalqaro, munozara, global, muammo, hamkorlik, tinchlik, tahdid
1-topshiriq. Matnni o‘qing va muhim sanalarni qayd eting?
YUNESKO tashkiloti
YUNESKO - Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti Davlatlar o‘rtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasidahamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka ko‘maklashish maqsadida 1946-y. tuzilgan. 188 mamlakat a'zosi bor, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan beri tashkilotning a'zosi hisoblanadi) 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti a'zo-mamlakatlar badallaridan tashkil topadi.
Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o‘rganish va tarqatish, atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqa sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika - kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Tashkilotga a'zo mamlakatlarda YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalar tuzilgan. YUNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi 1994-y. 29-dekabrdada tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.
Tashkilot qarorgohi Parijda, boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi.
YUNESKO O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator oliy o‘quv yurtlarida, jumladan, Toshkent islom universitetida YUNESKO kafedralari, shuningdek, YUNESKO maktablari tashkil etgan. YUNESKO doirasida buyuk allomalarimizning yubileylari tantanali nishonlangan.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov insoniy ideallarni e'zozlagani, madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlashdagi, ilmiy merosni o‘rganishdagi xizmatlari uchun YUNESKOning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medali bilan mukofotlangan (1998).
Do'stlaringiz bilan baham: |