13-DARS
Ommaviy axborot vositalari
REJA:
Ommaviy axborot vositalari matni
XXI asrda axborotning o‘rni mavzusida esse yozish
Publisistik uslub va uning xususiyatlari
Tayanch so‘zlar:gazeta, jurnal, axborot, xabar, ma’lumot, internet, yangilik, uslub, vosita, hujjat, dalil, maqola, tezis, material
1-topshiriq. Ommaviy axborot vositalari haqida tahliliy matn tayyorlang va izohlab bering
Yodda saqlang!
Оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridа (gаzеtа-jurnаl, rаdiо, tеlеvidеniyе), Оliy mаjlis yig‘inlаridа, turli хil аnjumаnlаrdа qo‘llаnilаdigаn nutq uslubi publisistik uslub sаnаlаdi. Publisistik uslub 2 хil shаkldа nаmоyon bo‘lаdi: 1) yozmа shаkl, 2) оg‘zаki shаkl
Publisistik uslubning o‘zigа хоs хususiyati shundаki, u muаyyan ijtimоiy mаsаlаlаrgа fаоl munоsаbаtdа bo‘lishlik, hоzirjаvоblik, tа’sirchаnlik bеlgilаrgа egа.
Publitsistik uslub. Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj, korrespondensiya, maqola, ocherk, felton, pamflet, bosh maqola va boshqalarning) uslubiy chegaralanishi ularning alohida lisoniy belgilariga ega ekanligida ko‘rinadi.
Adabiy tilimizning boyishida publitsistik uslubning roli katta. Publitsistik uslub ijtimoiy - siyosiy bilimlarni targ‘ib qilish va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang - barangligi orqali kishilar ongiga ko‘proq ta'sir etadi.
Bu uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik markaziy o‘rinlaridan birini egallaydi, ya'ni qisqa, lo‘nda, tushunarli, yorkin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi.
Publitsistik uslubda gazeta tili alohida o‘rin egallaydi. Chunki gazeta va publitsistika bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu bilan birga gazeta uslubi publitsistik uslubning bir tarmog‘i hisoblanadi.
Publitsistik uslubning o‘ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, unda ba'zi grammatik vositalar, ravishdosh, sifatdosh oborotlar fe'lning shart mayli shakllarining almashilib ishlatilishi, ritorik, murojaat, undov, bir sostavli gaplarning qo‘llaning darajasi boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan ustunroq.
Publitsistik uslubning xarakterli belgilaridan biri nutqning ko‘pincha I shaxs nomidan ifodalanishidir.
Publitsistik uslub morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan ajralib turadi. Morfologik uslublardan biri so‘z yasalishida ko‘zga tashlanadi. Bunda boshqa tildan qabul qilingan so‘zlar tarkibi o‘zbek tilidagi qo‘shimchalar bilan almashtiriladi: sportchi, dildosh, paxtashunos; - lik qo‘shimchasi bilan so‘z yasash ham anchagina: ilg‘orlik, omilkorlik, hamkorlik, faollik, bunyodkorlik, ishchanlik, unumdorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |