2.5. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish boyicha tavsiyalar.
Oliy ta`limdagi o’quv jarayoni shakllariga ma`ruza, amaliy mashg`ulotlar, laboratoriya mashg`ulotlari, o’quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiya, ekspedittsiya, o’quv ishlab chiqarish amaliyoti, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, talabalarning mustaqil taxsili kiradi. Ta`lim jarayonida turli o’qitish metodlaridan, jumladan: muammoli o’qitish, suxbat, ma`ruza va shular bilan birga o’qitishning tabaqalashtirilgan va individual texnologiyasi, dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyasi, kompyuter-axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasi, munozara, kitob bilan ishlash, illyustratsiya, vertual laboratoriya va boshqalardan foydalanib «Gidravlika» fanini o’tish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |