Laboratoriya mashgUlotni olib borish 4 soatga rejalashtirilgan.
M ashg‘ulotning maqsadi:
Laboratoriya mashg‘ulotida talabalarni polyarimetrik tahlil usullari va
unda qo‘llaniladigan polyarimetrlarning tuzilishi va ishlash xususiyatlari bilan tanishtirish.
Tekshiriluvchi qutblangan nurni burish burchagini aniqlash. (mentolning spirtli eritmasi, glyukoza va
saxaroza eritmalari misolida).
189
Maqsadga y o ‘naltiruvchi vazifalar:
talabalarni polyarimetriya usuli va polyarimetrda ishlash
qoidalari bilan tanishtirish.
A) Polyarimetr P 161 asbobining tuzilishi bilan tanishtirish.
B) Tekshiriluvchi eritmani kyuvetaga quyish.
V) Tekshiriluvchi eritmaning qutblangan nurni burish burchagini aniqlash.
G) Olingan natijalar asosida dori modda konsentrasiyasini aniqlash.
Dars o ‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari:
Fanni o‘rganishda kompyuter vositalari,
standart dasturlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va internet materiallari hamda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, ya’ni interaktiv usullari qo‘llaniladi.
L aboratoriya m ashg'ulotlarini o'tkazish uchun z a ru r asbob-uskunalar: Darslik, ma’ruza matni,
o‘quv qo‘llanmalar, Suv bugi yordamida xaydash
apparati, voronka, probirkalar, reaktivlar,
.ko‘rgazmali materiallarlar, skotch, qog‘oz
L aboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona.
Yassi qutblangan nur samoda oddiy nurga qaraganda tartiblangan bo‘ladi. Yassi qutblangan
nurning doimiy qutblangan sirti bo‘ladi.
Ayrim moddalar ulardan o‘tayotgan nurning qutblanish
tekisligini o‘zaro ta’sir natijasida burish xossasiga ega. Bunday moddalar optik faol moddalar
deyiladi. Tabiiy yorug‘likdan qutblangan nurni ajralish jarayoni polyarizatsiya deyiladi. Bu jarayonni
imkonini beruvchi asbob polyarizator deyiladi.
Polyarizator bundan tashqari qutblangan nurni analiz qilish imkonini ham beradi. Bunday holda
u analizator deb yuritiladi.
Agar tabiiy yorug‘lik polyarizatorga tushsa undan o‘tgan yassi polyarlangan nur intensivligi
unga tushgan nur intensivligining yarmiga teng bo‘ladi.
Polyarimetrik usul — moddalarning undan o’tayotgan qutblangan nur sathini ma’lum bir
burchakka burishiga asoslangan.
1 — nur manbai, 2 — qutblanm agan nur, 3 — polyarizator, 4 — qutblangan nur, 5 —
modda eritmasi solingan kyuveta, 6 — 30°ga optik burilish, 7 — analizator, 8 — kuzatuvchi
Portativ P-161 pribori optik faol tiniq eritmalar va suyuqliklarning qutblangan nur tekisligini
burish burchagini aniqlashga mo‘ljallangan.
Priborning xatoligi 0,1°
Burish burchagini o‘lchash chegarasi ±20°.
3
8
190
Portativ P-161 polyarimetrida uch qismga bo‘lingan ko‘rish maydoni ravshanligini
tenglashtirish prinsipi qo‘llaniladi. Ko‘rish maydonini uch qismga bo‘lish optik tizimga kvars
plastinka kiritish orqali amalga oshirilgan bo‘lib, u ko‘rish maydonining o‘rta qismini egallagan. Nur
to‘lqini yo‘nalishi kvars plastinkaning optik o‘qiga mos keladi. Ko‘rish maydonlarini tenglashtirish
ular to‘liq qorong‘ulashganda sodir bo‘lib, bu polyarizator va analizatorning to‘liq kesishishiga mos
keladi(83-85°).
Portativ P-161 polyarimetri.
1. Analizator boshi (1) hisoblash lupasi (2) va kolonka (9).
2. Ko‘zguli polyarizatsiya qurilmasi (4).
3. SHtativ (5).
4. Eritmalar uchun Kyuveta (6). Kyuveta uzunligi 95,04 mm.
Yorug‘lik nuri ko‘zgu yordamida polyarizatorga yo‘naltiriladi. Zarg‘aldoq rangli svetofiltr va
polyarizatordan o‘tgan yorug‘lik nurining o‘rta qismi kvars plastinka orqali analizatorga tushadi. Ikki
chetki qismi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri analizatorga tushadi.
Uchchala ko‘rish maydonini birlashtirish ya’ni B holatga keltirish analizatorni burash orqali
amalga oshiriladi. Bu paytda asbob 0 nuqtaga keltirilgan hisoblanadi. Bu jarayon uch marta
takrorlanadi. Agar polyarizator va analizator o‘rtasiga tekshiriluvchi optik faol eritma solingan
kyuveta joylashtirilsa, ko‘rish maydonlarining bir xilligi o‘zgaradi ya’ni fotometrik tenglik buziladi.
Uni analizatorni eritmaning qutblangan nurni burish burchagiga teng bo'lgan burchakka aylantirish
orqali tiklash mumkin.Bunig uchun asbob yana analizator boshchasini burash orqali B holatga
keltiriladi.
Analizator boshchasi Qimirlamaydigan gradusli shkaladan va birgalikda qimirlaydigan qismlar:
nonius, analizator, ko‘rish trubkasi va hisoblash lupasidan iborat.
191
Ko‘rish trubkasi uchta ko‘rish maydonini kuzatish uchun xizmat qiladi va ob’ektiv hamda
okulyardan iborat.Mufta 7ni aylantirish bilan okulyar orqali kuzatilayotgan ko‘rish maydonlarining
ravshanligi o‘zgartiriladi.
Polyarizatsion qurilma polyarizator (Ikki himoya oynasi orasiga elimlangan polyarizatsion
plyonka), zarg‘aldoq svetofiltr va polyarizatorning markaziga simmetrik o‘rnatilgan kvars
plastinkadan iborat.
Analizator ikki himoya oynasi orasiga elimlangan polyarizatsion plyonkadan iborat bo‘lib,
opravaga qotirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |