R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


«Qoraqalpog‘iston Respublikasi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O ‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish
huquqiga 
ega»ligi m ustahkam langan. Bu K onstitutsiyaviy 
norma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 9- 
moddasida: 
«Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masala-
lari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga, ya’ni
79 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi (mualliflar
jamoasi). TD Y U I. — Toshkent: «Moliya», 2002, 370-bet.
174


referendumga qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan
belgilanadi» 
deb ko‘rsatilgan.
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasida 
va Q o raq alp o g ‘iston R espublikasi K onstitutsiyasining 1- 
m oddasining 2 -b and id a u lar o ‘rtasidag i m u n o sab atlar 
mustahkamlangan b o ‘lib, unda, jum ladan, shunday deyiladi: 
«O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi­
ning o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
doirasida va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar orqali»
tartibga solinadi. Hozirgi kunda dolzarb b o iib turgan masala- 
lardan biri — 0 ‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublika- 
lari o ‘rtasidagi turli sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy masalalarda 
o‘zaro munosabatlarni keng tarmoqli rivojlantirishga erishishdir.
0 ‘zbek xalqi bilan qoraqalpoq xalqi azaldan do‘st, birodar, 
qon-qarindosh va muruvvatlidir. Ularning m a’naviyat birligi, 
xo‘jalik yuritish usul va shakllarining yakdilligi, har ikki xalq 
o ‘rtasida qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamladi va bu 
holat o ‘zining Konstitutsiyaviy ifodasini topdi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi 21-moddasining 3-bandiga ko‘ra, 
Q o raq alp o g ‘iston R espublikasining fuqaro si ayni v aqtda 
0 ‘zbekiston R esp ublikasining fu q aro si h iso b la n ad i, 68- 
m oddasida esa Q oraqalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston 
R esp u blikasining m a ’m uriy, hududiy b irlik la ri q ato rig a 
kiritilishi, bu ikki xalqning munosabatlari d o ‘stona rishtalarga 
asoslanganligini anglatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning huquq va 
erkinliklariga 0 ‘zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasi va 
qonunlariga rioya etilishining kafili 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti hisoblanadi.
Q oraqalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
K o n stitu tsiy asin in g ustuv orlig in i tan oladi. Bu b irin ch i 
navbatda Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi va qonunlarining 
tam oyil va m od dalari mos kelishi kerakligini a n g latad i. 
Q oraqalpog‘iston Respublikasi K onstitutsiyasi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi K onstitutsiyasiga mos kelishi 0 ‘zbekiston л/а 
Q oraqalpog‘iston o ‘rtasidagi davlat-huquqiy m unosabatlari 
bilan chambarchas bogiiq. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun- 
lari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham amal qilishi 
majburiydir. Qoraqalpog‘iston xalqini millatidan q at’i nazar, 
Q oraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. 
Q o ra q a lp o g ‘isto n xalqi n om id an fa q a t u saylagan Oliy 
hokimiyat organi J o ‘qorg‘i Kengesi ish olib boradi. Uning
175


davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyatiga bo'linish tamoyillariga asoslanadi.
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining barcha 
fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan q at’i nazar qonun oldida tengdirlar.
|/Q o raq alp o g ‘iston Respublikasi Jo ‘qorg‘i Kengesi oliy davlat 
vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo ‘qorg‘i Kengesi 
hududiy saylov okruglari b o ‘yicha k o ‘ppartiyaviylik asosida 
besh yil muddatda saylanadigan 75 nafar deputatdan iboratdir.
Q o ra q a lp o g ‘isto n R esp u b lik a sid a m ahalliy d av lat 
hokimiyat organlari tum anlar va shaharlarda hokimlar boshchi- 
lik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakil­
lik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini 
ko‘zlab o ‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
Q o raq alp o g ‘isto n R espublikasining fu qarolari vakillik 
organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
— Q o n u n iy lik , h u q u q iy -ta rtib o tn i va fu q a ro la rn in g
xavfsizligini ta ’minlash;
— Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
— Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy 
soliqlarni, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jam g‘ar- 
malarni hosil qilish;
— Fuqarolik kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish, atrof- 
muhitni muhofaza qilish;
— Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etishni ta ’minlash;
— N orm ativ hujjatlarni qabul qilish, Q oraqalpog'iston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan 
boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
X alq deputatlari K engashlari va hokim larining vakolat 
mud.dati - besh yil, vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga 
qarab, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyaviy nazorat 
organiga ega b o ‘lib, uni Q oraqalpog‘iston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi amalga oshiradi. Konstitu­
tsiyaviy nazorat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo ‘qorg‘i 
Kengesi tomonidan tarkibi saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat 
qo‘mitasiga saylangan sudyalarning vakolat muddati 5 yildir. 
Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasiga saylangan shaxslar o‘z vazifa- 
larini bajarishda daxlsizdirlar va faqat Qoraqalpog‘iston Respub-
176


likasi Konstitutsiyasiga bo‘ysunadilar. Uni tashkil etish va ish 
tartibini belgilash Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Konstitu­
tsiyaviy nazorat qo‘mitasi to‘g‘risida»gi qonuni bilan belgilangan.
Q oraqalpo g ‘iston R espublikasining sud tizimi besh yil 
m uddatga saylanadigan Q oraqalpog‘iston Respublikasining 
Oliy Sudi, X o'jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan tuman, 
shahar sudlaridan iborat. U lar 0 ‘zbekiston Respublikasining 
«Sudlar to ‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq o ‘z faoliyatini olib 
boradilar. U shbu qonunda, jum ladan, « Q oraqalpog‘iston 
Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari b o ‘yicha, 
fuq aro lik ishlari b o ‘yicha tu m an lararo sudlari, Q oraqal- 
pog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi faoliyat k o ‘rsatadi» deb 
belgilangan. U lar faoliyatining tashkil etilishi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining vakolatlari jumlasiga kirib, unga 
k o ‘ra, 0 ‘zbekiston R espublikasi Prezidenti roziligi bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo ‘qorg‘i Kengesida, Qoraqal- 
pog‘iston Respublikasi Oliy sudi raisi va a ’zolari, shuningdek, 
tuman, shahar sudlarining sudyalari, lavozimlariga nomzod- 
larni tavsiya qiladi. Q oraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi 
jinoiy, fuqaroviy va m a’muriy sud ishlarini yuritish borasida, 
sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Tuman, shahar 
sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni olib boradi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish