R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D


partiyasi;
— 0 ‘zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik
partiyasi;
— Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — 0 ‘zbekiston 
liberal demokratik partiyasi.
0 ‘zbekistonda tashkil topgan ushbu siyosiy p artiy alar 
ijtimoiy taraqqiyot, voqealar rivojlanishi jarayonida vujudga 
kelgan ijtimoiy-siyosiy tashkilotdirlar.
0 ‘zb ek isto n d a d inning ja m iy a td a tu tg a n o ‘rni uning 
konstitutsion maqomi bilan belgilangan. 0 ‘zbekiston Konstitu­
tsiyasiga muvofiq, barcha fuqarolar millatidan, irqidan, diniy 
e’tiqodidan q at’i nazar vijdon erkinligi kafolatlangan.
4-§. Jam iyatda oilaning о ‘m i va uning huquqiy
him oyalanganligi
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga 
muvofiq, «Oila — jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat 
va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deb ko‘rsatib
141


o ‘tilgan. Albatta, jamiyatning paydo b oiishid a oilaning roli 
beqiyosdir. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi, jamiyatning 
rivojlanishiga ham k a tta t a ’sir k o ‘rsatd i. D av lat doimiy 
ravishda oila manfaatlarini barcha jabhalarda himoya qilib, 
ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi.
1991-yil mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, davlat oilaviy 
munosabatlari sohasida tub islohotlar amalga oshirila boshladi. 
Jum ladan, 1992-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmoni bilan tashkil qilingan «Mahalla xayriya jam g‘armasi» 
kam ta ’minlangan oilalarga, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga 
moddiy jihatdan katta yordam ko‘rsatdi va ularga keng shart- 
sharoitlar yaratdi. 1993-yil 4-m artda Prezidentimiz farmoni 
bilan «Sog‘lom avlod uchun» ordeni tashkil etildi. Bu orden 
onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodning salomat- 
ligini saqlash ham da yoshlarni vatanp arv arlik tuy g‘usida 
tarbiyalash ishlarida o ‘zining xizmatlari bilan tanilgan shaxs­
larga berildi.
1994-yil 22-avgustda Prezidentimizning «Kam ta ’minlangan 
oilalarni ijtimoiy him oyalash to ‘g‘risida»gi farm oni qabul 
qilindi. Bu farmonga k o ‘ra moddiy jihatdan qiynalib qolgan 
oilalarga yaqindan yordam berish, ularga yetarlicha shart- 
sharoitlar yaratib berishni nazarda tutadi.
Oila m unosab atlarin i 1998-yil 30-aprelda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlis tom onidan qabul qilingan «Oila 
kodeksi» tartibga soldi. Bu qabul qilingan Oila kodeksi o ‘zida 
xalqaro normalarni, jahon oilaviy tajribalarini, shu bilan birga 
o ‘zbekona urf-odat ham da qadriyatlarni o ‘zida mujassam- 
lashtirdi. Oila kodeksida oila qonunchiligimiz uchun yangi 
b o ‘lgan m unosabatlar, nikoh shartnom asi, aliment to ‘lash 
to ‘g‘risidagi kelishuv, qon-qarindoshlik va boshqa m unosabat­
lar kiritildi.
1998-yilning «Oila yili» deb e ’lon qilinishi, davlatim iz 
tomonidan oila manfaatlarini himoyalash, ularni rag‘batlan- 
tirish hamda ularga yetarli shart-sharoit yaratib berish chora- 
tadbirlarini ishlab chiqdi. V azirlar M ahkam asi tom onidan 
oilaviy m unosabatlarni him oyalash b o ‘yicha dastur ishlab 
chiqildi. Bu dasturga ko‘ra oilalarni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
hamda m a’naviy jihatdan himoyalash tadbirlari belgilandi.
Balog‘at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki 
diniy belgilari bo‘yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan 
o ‘tishga va oila qurishga haqli. U lar niko hd an o ‘tishda, 
nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil
142


huquqdan foydalanadilar63. Bundan k o ‘rinib turibdiki, har 
qanday shaxs qonunda belgilangan yoshga yetgach, xohlagan 
shaxs bilan nikoh munosabatlariga kirishishi mumkin. Hech 
kim har qanday kamsitilishlar bilan birovning nikoh tuzishiga 
to ‘sqinlik qilishi mumkin emas.
O ilaviy m u n o sa b a tla rd a er va xotin b ir xil huquq va 
majburiyatlarga ega b o ‘ladi. Ayol faqatgina uy-ro‘zg‘or ish- 
lari bilan shug‘ullanm asdan, balki d av latning boshqaruv 
sohasida ham ishtirok etadi. Hozirgi rivojlanish jarayonida ayol- 
larimizning k o ‘plab boshqaruv sohalarida rahbarlik lavozimida 
faoliyat olib borayotganligining guvohi b o ‘lishimiz mumkin. 
Ayol va erkak nikohni qayd qilar ekan, albatta, uning qonuniy 
b o iish lig in i xohlaydi. Shu sababli nikoh fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi (FHDYO). 
D iniy rasm -ru sm la rg a b in o a n tu zilg an n ik o h h uq u q iy
ahamiyatga ega emas. Oila qonunchiligi diniy holatlarni cheklab 
qo ‘ymaydi, faqatgina bunday holat oila qonunchiligiga zid 
b o ‘lmasligi kerak.
N ikoh tuzish nikohlanuvchilarm ng FH D Y O organlariga 
ariza berganlaridan keyin bir oy o ‘tgach, shaxsan ularning 
ishtirokida amalga oshiriladi. Ba’zi holatlarda nikoh bir oy 
o‘tgunga qadar ham tuzilishi mumkin. Bunday holatlarga:
— Nikohlanuvchilar uzoq v aq tb irg a turgan bo‘lsalar;
— Nikohlanuvchilardan biri o‘qish yoki mehnat safari bilan 
xorijiy mamlakatlarga ketayotgan bo‘lsa;
— Bo‘lajak er-xotinning yaqin qarindoshlaridan biri og‘ir 
kasal bo ‘Isa;
— Taraflardan biri harbiy xizmatga chaqirilgan bo‘lsa.
Shunday holatlar ham uchraydiki, nikoh ariza beruvchilar
tom onidan ariza berilgan kuni ham qayd etilishi mumkin. 
Masalan: ayol kishi homilador b o ‘lib qolsa, o ‘rtada farzand 
tu g ‘ilganda.
Agar shaxs og‘ir kasal bo‘lib qolganda, nikohni kasalxona- 
larda ham qayd etishga ruxsat beriladi. Nikohni qayd etish 
vaqtida, albatta, taraflarning o ‘zlari hamda ikkita vakil ishtirok 
etadi, y a’ni kelinning dugonasi ham da kuyovning o ‘rto g ‘i. 
Nikoh qayd etilganidan keyin ularning shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlariga m uhr qo‘yiladi.
N ikoh tuzish uchun qonunda belgilangan yosh erkaklar 
uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh qilib belgilab qo'yilgan.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish