Mafkura
— bu m a’lum tizimga solingan g‘oyalar, qarash-
lar, fikrlar majmuidir. H ar qanday mafkura muayyan ijtimoiy
tab aq a, guruh, m illatning o ‘tm ishiga, bugungi kuniga va
kelajagiga qaratilgan qarashlari yig‘indisidan iborat.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o ‘z taraqqiyot
va istiqlol yo‘lini mustaqil va erkin belgilab oldi. Endilikda
mustaqil davlatning siyosiy, iqtisodiy va m a’naviy poydevorini
yaratish asosiy vazifa bo‘lib qolgan. Bunda bizga eski, zo‘ravonlik
bilan o ‘rnatilgan kommunistik mafkura mutlaqo to ‘g‘ri kelmay,
m illatim izni birlashtiradigan, jipslashtiradigan m afkuraga
muhtojlik yaqqol sezilib qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy
mafkuramizni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Shu y o id a
qo‘yilgan dadil qadam — bu tariximizda birinchi marta Konstitu-
tsiyamizning 12-moddasida belgilangan me’yor bo‘ldi. Unda ilk
bor 0 ‘zbekistonning ijtimoiy hayoti siyosiy institutlar, mafkura
lar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilandi.
Demak, bu bilan bitta mafkuraning, bitta dunyoqarashning
yakkahokimligidan q at’iyan voz kechildi.
Konstitutsiyam izning aynan shu moddasi jamiyatimizda
turli sinf, toifa, millat va elatlarning manfaatlarini ifodalovchi
p a rtiy a la r, uyu shm alar va ularn in g m a fk u ra la ri b o ‘lishi
mumkinligini qonuniy mustahkamlaydi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 12-moddasida o ‘rnatilgan
me’yor oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini
dolzarb qilib qo ‘yadi. Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning
qadimiy an ’analariga, urf-odatlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga
asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-muhabbat, insof, sabr-toqat,
adolat, m uruvvat tu y g ‘ularini ta rg ‘ib qilishi lozim. U nda
jamiyatimizdagi barcha kuchlar, harakatlar, jamoat birlashma
lari, aholi turli tabaqalarining o ‘y-fikrlari, orzu-umidlari o ‘z
ifodasini to pm o g ‘i lozim. U davlatim iz fuqarolarini ulug‘
maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga ko‘maklashishi lozim, deb
k o ‘rsatadi Prezidentimiz Islom Karimov. Shu bilan birga bu
mafkura xalqimizda, o ‘zining qudrati va himoyasiga suyangan
59
holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjami-
yatidagi taraqqiy etgan davlatlar orasida teng huquqli munosib
o ‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga
olmasa, taraqqiyot asoslari uning m a’naviy qadriyatlariga,
moddiy manfaatlariga mos kelmasa, bunday jamiyat tanazzulga
uchrashi tabiiy. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov
o ‘z mamlakati istiqboli haqida fikr yuritar ekan, «Mustaqil
0 ‘zbekistonning kuch-qudrat manbai xalqimizning umuminso
niy qadriyatlarga sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil
qo ‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar
bo ‘yi avaylab-asrab kelmoqda. 0 ‘zbekistonni yangilashning
oliy maqsadi ana shu an ’analarni qayta tiklash, ularga yangi
mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya,
farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol
to p tirish g a erishish uchun z a ru r b o ‘lgan s h a rt-s h a ro it
yaratishdir», degan edi. Bu fikrdan anglanadiki, Prezident
m am lakat kuch -qu dratini xalqning m a ’naviy kam olotida
k o ‘radi. Shuning uchun ham u jam iki insoniy fazilatlarni
takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy vazifa
qilib qo‘yadi. Bu bir tomondan mustaqillik sharoitida endigina
shakllanayotgan davlat siyosatining nechog‘lik insonparvar-
ligini k o ‘rsatsa, ikkinchi tomondan davlat rahbarining siyosiy-
madaniy salohiyatining nechog‘lik yuksakligini, xalq m a’naviy-
ruhiy ehtiyojlarini naqadar chuqur o ‘rganganligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga esa, bu xalq va hokim iyat intilishlarining
mushtarakligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida eng oliy
qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson
olindi. Konstitutsiyaning 13-moddasi bunga yorqin misoldir.
U nga k o ‘ra, « 0 ‘zbek isto n R esp u b lik asid a d em ok ratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, u-
ning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonun
lar bilan himoya qilinadi».
Inson huquq va e rk in lik lari fa q a tg in a K o n stitu tsiy a
bilangina q o ‘riqlanib, kafolatlanib qolmasdan, balki ular jahon
hamjamiyati tomonidan tan olingan xalqaro huquqning norma-
lari va prinsiplari bilan ham qo‘riqlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-
yil 10-dekabrda «Barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga
60
intilish i lozim b o ‘lgan vazifa sifatida» Inson h u q u q lari
umumjahon deklaratsiyasini qabul qiladi. «Bundan muddao
shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti hamisha
ana shu deklaratsiyani nazarda tutib, m a’rifat va ilm yo‘li bilan
ushbu huquqlar va erkinliklarning hurmat qilinishiga yordam
berishga intilishlari ham da milliy va xalqaro taraqqiyparvar
tadbirlar yo‘li bilan ham, ushbu huquqlar va erkinliklarning
Tashkilotga a ’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari o‘rtasida va mazkur
davlatlarning yuridiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalq-
lar o ‘rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari kerak».
Mazkur deklaratsiya qabul qilinishini dunyoning qirq sakkiz
davlati q o ‘llab-quvvatladi, sakkizta davlat betaraf b o ‘lgan
b o ‘lsa-da, biron-bir davlat unga qarshi bo‘lgan emas.
Bosh Assambleya raisi deklaratsiya qabul qilingandan so‘ng
bildirgan murojaatida deklaratsiyaning qabul qilinishi «Buyuk
ev o lu tsio n ja ra y o n la rg a q o ‘yilgan d a stla b k i q adam va
olamshumul yutuqqa erishilganligi»ni m a’lum qildi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov: «Inson va davlat
o ‘rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustuvor bo‘lishi
kerak», — degan edi. Konstitutsiya 0 ‘zbekistonda erkin fuqaro
lik jamiyati, ya’ni xalqning o ‘zi bevosita boshqaradigan jamiyat
va dem okratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib
q o ‘yadi. U nda jam i dunyoviy n e’m atlar orasida eng ulug‘i
«inson» ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan. Insonni ulug‘lash,
uni m u h o faza qilish va h ar tom o n lam a kam ol to p tirish
K onstitutsiyaning asosiy g‘oyasiga aylantirilgan. K onstitu-
tsiyamiz Inson huquqlari to ‘g‘risidagi xalqaro huquqiy me’yor-
lar asosida ishlab chiqilgan va aytish mumkinki, uni yanada
to ‘ldirgan. Masalan, Konstitutsiyaning 13-moddasi fikrimizga
dalil b o ‘lishi mumkin. U shbu m oddada «Inson huquqlari
um um jahon Deklaratsiyasi»da e’lon qilingan umuminsoniy
huquqlar oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. M a’lumki, «Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi» insonlarning ajralmas
va daxlsiz huquqlarini e’lon qilib, quyidagilarni belgilaydi:
«Barcha odam lar erkin, qadr-qim m at va huquqlarida teng
b o ‘lib tug‘ilganlar» (1-modda); «Har bir inson yashash, erkin-
lik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir» (3-modda); «Hech
kim qullikda yoki qaramlikda saqlanishi mumkin emas, qulchi-
lik va qul savdosining barcha turlari taqiqlanadi» (4-modda)
va hokazo. Konstitutsiyamizning 13-moddasida esa inson, u-
ning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deyilgan. Bu 0 ‘zbekis-
61
tonning umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslangan
davlat ekanligini k o ‘rsatadi.
K onstitutsiyaning 13-moddasida 0 ‘zbekistonda barcha
fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklari Konstitutsiya
va qonunlar bilan himoya qilinadi.
Davlat o ‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab
ijtim oiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida am alga
oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasida har qanday davlat organi-
ning faoliyati inson va jamiyat farovonligiga xizmat qilishga,
uni yuksaltirishga qaratilgan. D avlat o ‘z vazifasini tegishli
organ lari orqali am alga o shirar ekan, ijtim oiy ad o lat va
qonuniylikka amal qilishi lozim bo‘ladi. Huquqiy-demokratik
davlatning eng muhim shartlaridan biri inson va shaxs manfaat-
larining hamma narsadan ustunligidir. Qonuniylik prinsipi
deganda avvalo qonunlarni va uning asosida qabul qilingan
boshqa huquqiy hujjatlarni davlat organlari, mansabdor shaxs
lar, fuqarolar tomonidan aniq va og‘ishmay bajarilishi lozimligi
tushuniladi. Qonuniylik prinsipi qonunlarni yuridik hujjatlar
tizimida oliy kuchga ega ekanligini, barcha uchun barobarligini,
jamiyat a ’zolarining barchasi uchun majburiyligini anglatadi.
Inson haq-huquqlarining himoyasi muhim masalalardan biri
bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham istiqlolga erishgan O'zbekis-
ton Respublikasi o ‘z mustaqilligining ilk qadam larida qabul
qilingan qonun va huquqiy normalarini, asosan, inson huquq
larini himoya qilishga, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
har tomonlama muhofaza qilishga qaratib keldi va bu yo‘lda
ish olib bormoqda.
Inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning huquq
va erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib,
iqtisodiy, siyosiy, yuridik, tashkiliy kafolatlar tizimi bilan
t a ’m in lan g an d a n keyingina am alga oshishi m um kinligi
masalasi muhim o ‘rin egallaydi.
Har bir shaxs shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega bo‘lib, hech
kim uni o ‘zboshimchalik bilan ushbu huquqdan mahrum etishi
m um kin emas, chunki inson erkinligi qon u n to m o nid an
q o ‘riqlanadigan oliy ijtimoiy ahamiyatga molik qadriyatdir.
Shu tufayli shaxsning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi qonun bilan
kafolatlanadi.
Inson huquqlari va dem okratiya singari um um bashariy
qadriyatlar Respublikamizning milliy davlatchilik m anfaat-
lariga to ‘la mos keladi. «Insonning eng ustuvor va muqaddas
huquqlaridan biri, — deb t a ’kidlaydi Prezidentim iz Islom
62
Karimov, — bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jam iyat
ning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan
kafolatlab berishdir. Bu huquqni amalga oshirish — davlat va
jam iyatni dem okratiyalashtirishning eng muhim shartidir.
Demokratiyaning insonparvarligi shu bilan belgilanadi».
0 ‘zbekistonni demokratik davlat sifatida tavsiflovchi yana
bir qoida Konstitutsiyaning 14-moddasida belgilangan. Unda
t a ’kidlanishicha, «D avlat o ‘z faoliyatini inson va jam iyat
farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsip-
lari asosida amalga oshiradi».
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining ushbu moddasi davlatimiz
faoliyatining eng asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Bu juda
muhimdir. Chunki davlat o ‘z faoliyati bilan inson va jamiyat
taqdirini belgilashi mumkin. Ayniqsa, hozirgi vaqtda jamiyat
davlatsiz yashay olmasligi hammaga ayon bo‘lib qoldi.
Davlatimizning jamiyat hayotida tutgan о ‘mini belgilashda
uning vazifalariga, funksiyalariga alohida e’tibor berish kerak.
Davlatning qanday vazifalarni, funksiyalarni amalga oshirishi-
ga, boshqacha qilib aytganda, davlat faoliyatiga qarab uning
mohiyatiga baho beriladi. Agar davlat o‘z faoliyatini avvalo
inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qaratgan bo isa,
uni ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga
oshirib borsa, unday davlatni adolatli, dem okratik deyish
mumkin. Shu bois Konstitutsiyaning 14-moddasida o'rnatilgan
me’yor 0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy adolat tan tana qilgan
jamiyat, xalq hokimiyatchiligi qaror topgan davlat ekanligini
yaqqol k o ‘rsatib turibdi, desak aslo yanglishmaymiz. Chunki
mazkur modda alohida ravishda inson va jamiyat farovonligini,
ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplarini davlat faoliyatining
ajralmas qismi sifatida e’tirof etadi.
Zero, huquqiy-demokratik davlatning eng muhim shartlari-
dan biri inson va shaxs m anfaatlarining ham m a narsadan
ustunligidir. Inson va jam iyat farovonligi esa aynan shaxs
manfaatlariga mos tushadi.
Konstitutsiyamiz ushbu moddasining kafolatlari 0 ‘zbekis-
ton R espublikasida ayni vaqtlard a am alga oshirilayotgan
chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o ‘zgarishlar, islohotlar bilan
belgilanadi. Bunday islohotlardan k o ‘zda tutilgan eng asosiy
maqsad inson va jamiyat farovonligi ekanligi hech kimga sir
emas, albatta. «Maqsadimiz aniq, — deb ta ’kidlaydi Preziden-
timiz Islom K arim ov, — bozor iqtisodiyoti tam oyillariga
asoslangan, erkin, ochiq, demokratik davlat qurish». Davlatimiz
63
rahbari o ‘zining qator asarlari va kitoblarida 0 ‘zbekistonning
ana shu maqsadini amalga oshirishga qaratilgan vazifalarini
va faoliyat dasturini aniq k o ‘rsatib bergan. Bunda, ayniqsa,
uning « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo‘lida» asari muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Konstitutsiyaning 14-moddasida nazarda tutilgan me’yor-
ning yana bir muhim tomoni shundaki, unga ko‘ra davlat o ‘z
faoliyatini qonuniylik prinsipi asosida amalga oshiradi. Bu
huquqiy demokratik davlatning eng asosiy belgilaridan biridir.
Qonuniylik davlat tuzumidagi demokratizmning ko‘rinish-
la rid an biri b o ‘lib, ham m aning qonun oldida tengligini
o ‘rnatadi. Shu bilan birga, bu prinsip fuqarolarning huquq va
erkinliklari og‘ishmay t a ’minlanishi, fuqarolarga nisbatan
d av lat o rg an la ri va m a n sab d o r shax slarn ing q an d ay d ir
o ‘zboshimchaligiga yo‘l qo ‘ymasligi, fuqarolarning jamiyat,
davlat oldidagi majburiyatlari q at’iy bajarilishi lozimligini ham
nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, qonuniylik prinsipi
o ‘z maqsad va mohiyati bilan xalq manfaatlariga xizmat qiladi.
Qonuniylikning asosiy vazifasi — mamlakatning ijtimoiy
va davlat tuzumini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o ‘tish
uch u n m u lkning tu rli sh ak llarig a y o ‘l ochish va u la rn i
q o ‘riqlash, fuqarolarning huquq, erkinliklari va burchlarini
mustahkamlashdir.
Qonuniylik huquqiy tartibot bilan uzviy bog‘liq b o ‘lib, u
orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot jam oat tartibining
bir qismi bo‘lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi
n atijasida paydo b o ‘lib, kishilik o ‘rtasidagi turli ijtimoiy
m u n o sab atlarn i huquqiy v o sitalar orqali ta rtib g a soladi.
Jam iyatdagi ijtimoiy m unosabatlar huquqiy tartib ot orqali
paydo bo‘ladigan huquqiy munosabatlardan kengroq bo‘lib,
ularga axloq, urf-odatlar va boshqa turm ush qoidalarining
am alga osh irilish i n a tija sid a paydo b o ‘ladig an ijtim oiy
munosabatlar kiradi. Kishilar o ‘rtasidagi yoki fuqarolar bilan
davlat organlari o ‘rtasidagi m unosabatlar huquqiy tartibot,
y a’ni huquqiy norm alar orqali amalga oshirilib, qonuniylik
m ustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |