R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


« 0 ‘zbekiston R espublikasi Vazirlar M ahkam asining ish tartibi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

109 « 0 ‘zbekiston R espublikasi Vazirlar M ahkam asining ish tartibi
to 'g ‘risida»gi qarori, 6-bo‘lim, 1-xatboshi.
247


qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va 
boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar 
tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, 
eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar e’lon qilishga haqli.
Lekin iqtisodiyotning alohida tarm oqlari, davlat bosh- 
qaruvining boshqa sohalariga doir normativ-huquqiy hujjat- 
larning loyihalarini tayyorlashga tegishli ta rm o q lar yoki 
boshqaruv sohasining va rivojlanish uchun mas’ul bo‘lgan vazir­
liklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralari jalb etilishi shart.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ -
huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ishini muvofiqlashtirib 
turish, qonun hujjatlariga muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqish uchun 
loyihani ishlab chiquvchi organ:
— Loyiha mavzusiga doir qonun hujjatlarining qo‘llanilish 
tajribasini o‘rganadi va hisobga oladi, huquqni tartibga solishga 
bo‘lgan jamoatchilik ehtiyojini, qonun hujjatlarining samara- 
dorligiga ta ’sir etuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;
— Davlat organlari, fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari, korxonalar, m uassasalar, tashkilotlar va jam oat 
birlashmalari, shuningdek, fuqarolarning takliflarini, ommaviy 
axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olim- 
lar va m utaxassislarning tavsiyalarini, jam oatchilik fikrini 
aniqlashning boshqa vositalari m a’lumotlarini umumlashtiradi 
va ulardan foydalanadi;
— Boshqa davlatlardagi qonunchilik yo‘li bilan tartibga 
solish tajribasini o ‘rganadi va hisobga oladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari qonun loyiha- 
laridan farqli ravishda umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi 
mumkin emas, ular faqatgina jamoatchilik yoki mutaxassislar 
muhokamasiga q o ‘yilishi mumkin.
0 ‘zbekistonni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini 
ham da Respublika budjetini amalga oshirish bilan bog‘liq 
b o ‘lgan qarorlar, farmoyishlarning loyihalari yoki takliflar 
tegishli ravishda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan, tashqi 
iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq boigan masalalar bo‘yicha Tashqi 
iqtisodiy aloqalar agentligi bilan kelishib olinishi zarur.
Vazirliklar, davlat q o ‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, 
kom paniyalar, konsernlar, uyushm alar, Q o raq alp o g ‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
248


hokimlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan 
qarorlar va farmoyishlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, 
keltirilgan m a’lumotlar va boshqa materiallarning to ‘g‘riligi, 
shuningdek, ularning m anfaatdor tashkilotlar bilan tegishli 
ravishda kelishib olinganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Tayyorlangan qarorlar, farmoyishlarning loyihalari imzolash 
uchun Bosh vazir o ‘rinb o sarlari, ko tib iy atlari, m udirlari 
tom onidan Bosh vazirning tegishli o ‘rinbosari - kompleks 
rahbariga, Bosh vazir o ‘rinbosarlarining manfaatdor kotibiyat- 
lariga, departamentlarga, Axborot - tahlil boshqarmasiga va 
yuridik bo‘limga imzolash uchun taqdim etiladi.
Qaror va farmoyishlarning imzolangan loyihalari Vazirlar. 
Mahkamasi Apparati rahbariga topshiriladi.
Vazirlar M ahkam asiga kelib tushgan norm ativ-huquqiy 
hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan o ‘tkazilishi 
shart. Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjat­
larning loyihasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoida­
lariga muvofiqligi tekshiriladi.
Huquqiy ekspertiza hujjat loyihasini tayyorlagan organning 
yoki ushbu hujjatni qabul qiladigan organ (Vazirlar Mahka- 
masi)ning yuridik xizmati, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Ko'pchilik holatlarda, hujjat loyihasi bir qancha organlar a ’zo- 
laridan, mutaxassislardan iborat tarkibdagi maxsus komissiya­
lar tom onidan ishlab chiqiladi. Bunday tartibd a ishlangan 
Ioyihalar esa Vazirlar M ahkamasining yuridik xizmati yoki 
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy 
ekspertizadan o ‘tkaziladi.
Kiritilgan loyihaning sifatiga baho berish uchun normativ- 
huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning, y a’ni V azirlar 
Mahkamasining qaroriga binoan hujjatning loyihasi boshqa 
xil, masalan, iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-tehnikaviy, ekologik 
ekspertizalardan ham o ‘tkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida 
tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan 
tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi. Ekspertiza o ‘tkazish uchun 
bo sh qa d av latla r va xalq aro ta sh k ilo tla rd a n o lim lar va 
mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
N orm ativ-huquqiy hujjatning m azm uniga nisbatan bir 
qancha talablar qo‘yiladi. Hujjatning matni lo ‘nda, oddiy va 
ravon tilda bayon etilgan b o ‘lishi shart. Hujjatda foydalani- 
ladigan tushunchalar va atam alar ularning amaldagi qonun
249


hujjatlarid a qabul qilingan m azm uniga m uvofiq, turlicha 
sh arh lash im koniyatini istisno etadigan ta rz d a b ir xilda 
q o ila n ila d i. H ujjat (qaror yoki farm oyish)da uni am alga 
oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish 
m anbalari, rag ‘batlantirish, m ukofotlash va nazorat qilish 
chora-tadbirlari ko‘rilishi mumkin.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organ­
lari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashma­
lari, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyat- 
larini belgilovchi qaror, farmoyishlarda ushbu majburiyatlarni 
buzganlik uchun javobgarlik choralari (agar bunday choralar 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boimasa yoki maxsus huj jatda 
belgilanishi kerak boim asa) nazarda tutiladi.
Q aror yoki farmoyishda qonun hujjatlariga kiritilayotgan 
yuridik, texnik va boshqa maxsus atam alarning ta ’riflari 
berilishi mumkin. Z arur hollarda q aro r yoki farm oyishda 
yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat 
(Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning qarorlari, 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi Prezidentinig normativ hujjatlari)ning ayrim 
q o id alari m azkur h u jjatlarg a ilova qilingan holda aynan 
takrorlanadi.
Ammo n o rm ativ h u jjatlard a, qoida ta riq asid a, xuddi 
shunday yuridik kuchga ega b o ‘lgan am aldagi norm ativ- 
huquqiy h ujjatn in g no rm ativ k o ‘rsatm alari qayta aynan 
takrorlanmaydi.
V az irlar M ah k am asi yoki u ning R a y o sa ti m ajlisiga 
k iritila d ig a n b arch a m a te ria lla r Bosh vazirning tegishli 
o ‘rinbosari - kompleks rahbari, Axborot - tahlil boshqarmasi 
boshlig‘i, apparat rahbari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular 
tayyorlangan masalalarning sifati uchun javob beradilar.
Qaror loyihasi Bosh vazirning tegishli o ‘rinbosari - kompleks 
rahbari, yuridik b o iim (yuridik xizmat), Bosh vazir o‘rinbosar- 
larining manfaatdor kotibiyatlari, departamentlar va b oiim - 
lar, tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan imzolangan hamda 
V azirlar M ahkam asining A xborot - tahlil boshqarm asida 
m a’qullangan b o iish i kerak.
L oyihalar bilan bir vaqtda quyidagilar taqdim etiladi: 
muhokama qilish tartibi, majlisga taklif etiladigan mansabdor 
shaxslar ro ‘yxati, qaror loyihasining manfaatdor vazirliklar va 
idoralar bilan kelishilganligi to ‘g‘risidagi m aium otnom a.
Qoida tariqasida, Vazirlar Mahkamasining majlislariga kim 
raislik qilsa, o ‘sha mansabdor shaxs majlis bayonini imzolaydi.
250


« 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to ‘g‘risi- 
da»gi qonunga binoan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farm oyishlari faqatgina Bosh vazir tom onidan im zolanadi 
(qonunning 20-moddasi, 4-xatboshisi).
Q onunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar 
M ahkam asining qarorlari va farm oyishlariga imzo q o ‘yish 
vakolati berilmagan. Lekin Vazirlar Mahkamasining majlis­
larida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raislik qilishga haqli. 
Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar M ahka­
masining majlislarida raislik qilganda majlis bayonlari faqatgina 
Prezident tomonidan imzolanadi.
Vazirlar M ahkamasi ham, uning Rayosati ham kollegial 
organ b o ‘lganliklari sababli m ajlislarda q aro rla r V azirlar 
M ahkamasi va uning Rayosati a ’zolarining k o ‘pchilik ovozi 
bilan qabul qilinadi. Majlis tamom bo ‘lgandan keyin qabul 
qilin g an q a ro rn in g aniq ifo d ala n g a n m a tn i Bosh vazir 
o ‘rinbosari kotibiyati mudiri, departam ent boshlig‘i, b o ‘lim 
mudiri tomonidan imzolangan holda majlis bayoniga kiritish 
uchun Umumiy b o ‘limga beriladi.
Vazirlar M ahkamasining qarorlari va farmoyishlari ular 
imzolangan sana bo‘yicha rasmiylashtiriladi hamda Bosh vazir 
o ‘rinbosarlarining tegishli kotibiyatlari, departamentlar, bo‘lim- 
lar tomonidan tuziladigan tarqatish ro ‘yxati b o ‘yicha darhol 
ijrochilarga tarqatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari normativ- 
huquqiy hujjat sifatida quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi:
— Hujjatning turi va nomi;
— Hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami;
— Tegishli n o rm a tiv -h u q u q iy h u jja tn i im zo q o ‘yib 
tasdiqlashga rasman vakolatli bo‘lgan shaxslarning familiyasi, 
lavozimi va imzolari.
Vazirlar Mahkamasining qarorlarida va farmoyishlarida u- 
larni kuchga kiritish muddatlari ko‘rsatiladi. Boshqa hollarda 
imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
V azirlar M ahkam asining norm ativ q aro rlari 0 ‘zbekis- 
ton R espublikasi H ukum atining qarorlari to ‘plam ida e’lon 
q ilin ad i. B undan ta sh q ari «X alq s o ‘zi» va « N aro d n o y e 
slovo» gazetalari ham 0 ‘zbekiston R espublikasi V azirlar 
M ahkam asining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy m anbalar 
hisoblanadi.
Respublikani yangi qarorlar bilan keng va tezkorlik bilan 
tanishtirish zarur b o ‘lganda farmoyishlar Vazirlar Mahkamasi


Raisining yoki Bosh vazirning topshirig‘iga binoan matbuot, 
televideniye va radio orqali e io n qilinadi.
V azirlar M ahkam asining norm ativ-huquqiy hujjatlarini 
norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek, ularni qonun 
hujjatlarining elektron m a iu m o t tizimlari orqali tarqatishga 
bu hujjatlar rasmiy m anbalarda e’lon qilinganidan so ‘ng, 
barcha rekvizitlari, e’lon qilingan rasmiy manbalari va kuchga 
kirish sanasini ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish