|
Modulli o’qitish tamoyillari
|
|
|
Faoliyatning tamoyili – modullarni fan bo’yicha yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzish Modullilik tamoyili – modulli dasturlarning o’zgaruvchanligi va moslanuvchanligi ta’minlanadi.
Tizimli kvantlash tamoyili – modul materialini tizimlaшni talab qiladi
Motivatsiya (qiziqish uyg’otish) tamoyili - talabaning o’quv-bilim olish faoliyatini rag’batlantirishdan iborat bo’ladi
Tenglilik tamoyil – pedagog va talabaning o’zaro munosabatidagi tenglikni belgilaydi
Muammolik tamoyili – muammoli vaziyatlar yaratish va mashg’ulotlarni amaliy yo’naltirilganligi orqali ta’minlanadi
Kognitiv-vizuallik (ko’z bilan kuzatiladigan) tamoyili – o’qitishdagi ko’rgazmalar nafaqat surat vazifasiga, shu bilan birga kognitiv vazifasi ham bajarishi kerak.
Xatoliklarga tayanish tamoyili – o’qitish jarayonida xatoliklarni izlash uchun sharoitlar yaratiladi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.1.-rasm. Modulli o’qitishning blok-sxemasi
Quyidagi tamoyillar modulli o’qitish texnologiyasining asosini tashkil etadi:
Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi.
Bu tamoyilga ko’ra modullar fan bo’yicha faoliyat yondashuv yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Modulli o’qitish texnologiyasida fan bo’yicha faoliyat yondashuvida, modullarni o’quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida, tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyat tahlili asosida, shakllantiriladi.
Tenglilik, teng huquqlilik tamoyili. Bu tamoyil, pedagog va o’quvchining o’zaro munosabati subhekt - subhekt xarakterligini belgilaydi.
Bu esa, modulli o’qitish texnologiyasini, shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar toifasiga taalluqliligini ko’rsatadi. Yahni modulli o’qitish texnologiyasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlariga moslashgan bo’ladi.
Tizimli kvantlash tamoyili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, muhandislik bilimlar kontseptsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi.
Shular bilan bir qatorda, bu tamoyil quyidagi psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi:
katta xajmdagi o’quv materiali, qiyinchilik bilan va xohishsiz (istalmasdan) eslanadi;
ma’lum tizimda qisqartirilgan xolda berilgan o’quv materiali, osonroq o’zlashtiriladi;
o’quv materialidagi, tayanch qismlarning ajratilib ko’rsatilishi, eslab qolish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Shu bilan bir qatorda o’quv materialining asosini ilmiylik va fundamentallik tashkil etish lozim.
Modulda tizimli kvantlash tamoyili, o’quv axborotning tegishli strukturasini tuzish yo’li bilan erishiladi.
Modul umumiy ko’rinishda quyidagi elementlardan iborat bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |