9.5-rasm. Nomoddiy aktivlarni baholash usullari.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan)
summasi 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» (0110-
0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar» schoti bilan korrespondensiyalanadi.
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valutasida aniqlangan asosiy
vositalarni baholash chet el valutasini O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib
olish paytida amalda bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |