R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/338
Sana31.05.2023
Hajmi8,08 Mb.
#947012
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   338
Bog'liq
4e77da28b2343f76b7a96823a4b8cac2 Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

«Standart-kost» tizimi
. Ushbu usulda muayyan mahsulotni ishlab 
chiqarish uchun normativ (standart) xarajatlar foydalaniladi, ya’ni ushbu 
xarajatlar oldindan aniqlanadi va ularga asosan ishlab chiqarish 
xarajatlarining smetasi tuziladi.
«Standart-kost» tizimining mazmuni 10.10-rasmda ifodalangan.
Ma’lum davr ichida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi uchun 
qilingan normativ xarajatlar har bir mas’uliyat markazi bo‘yicha alohida 
aks ettiriladi. Ushbu davr uchun haqiqiy xarajatlar ham mas’uliyat 
markazi schotiga yoziladi. Normativ va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash 
yo‘li bilan chetlanishlar aniqlanadi.
Ushbu tizim chetlanishlarni alohida tahlil qilish va qaror qabul 
qilish uchun chetlanishlar sababini aniqlashga imkon beradi.
«Standart-kost» tizimi sharoitida standartlar nafaqat ishlab 
chiqarish tannarxi uchun, balki daromadga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa 
barcha omillar uchun ham hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotish hajmi 
uchun, tijorat va ma’muriy xarajatlar uchun va boshqalar.
10.10-rasm. «Standart kost» tizimi.
Amerika firmalarida xarajat moddalari bo‘yicha standartlarni 
belgilashga har xil yondashuvlar mavjud. Lekin, har qanday 
yondashuvda ham qabul qilingan standartlar «Standart tannarxni 
kalkulatsiyalash kartochkasi»da ishlab chiqarish jarayoni boshlangunga 
qadar umumlashtiriladi.
Har bir mas’uliyat markazi bo‘yicha 
haqiqiy ishlab chiqarishga to‘g‘ri 
keladigan normativ xarajatlar 
Har bir mas’uliyat markaziga olib 
borilgan haqiqiy xarajatlar 
Normativ va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash va farqlarni tahlil qilish 
Farqlarni o‘rganish, ularning yuzaga kelish sabablarini bartaraf etish 
Korxona faoliyatining o‘zgarishini hisobga olgan holda normativlarni 
o‘zgartirish 


265 
Bunday kartochkalar buyumlar va ushbu buyumlarni tayyorlashda 
ishtirok etuvchi bo‘linmalar bo‘yicha tuziladi.
«Standart-kost» tizimining afzalliklaridan biri shundan iboratki, 
ushbu tizim doirasida hisob ro‘yxatdan chiqarish tamoyili bo‘yicha 
yuritiladi, ya’ni faqat standartdan chetlanishlargina hisobga olinadi. 
Korxona qanchalik barqaror faoliyat ko‘rsatsa va ishlab chiqarish jara-
yonlari qanchalik standartlashgan bo‘lsa, hisob yuritish va kalku-
latsiyalash shunchalik osonlashadi.
Normativ usulni «Standart-kost» tizimi bilan taqqoslash quyidagi 
xulosalarni yuzaga kilishiga imkon beradi:

har ikkala usulda xarajatlar normalar doirasida hisobga olinadi; 

har ikkala usul xarajatlarni to‘liq hisobga olishni nazarda tutadi; 

«Standart-kost» usuli bo‘yicha hisob yuritishda o‘rnatilgan 
normalardan oshiqcha xarajatlar aybdor shaxslar yoki korxona moliya-
xo‘jalik faoliyati natijalariga olib boriladi va normativ usuldagi kabi 
ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shilmaydi; 

«Standart-kost» usuliga ko‘ra joriy hisobda normalarni o‘zgar-
tirish ko‘zda tutilmaydi. Normativ usulda esa normalar o‘zgartirilishi 
mumkin.
«Standart-kost» usulidan farqli ravishda an’anaviy normativ usul 
realizatsiya jarayoniga yo‘naltirilmagan (ishlab chiqarish jarayoniga 
qaratilgan), shuning uchun ham baho belgilashni asoslashga imkon 
bermaydi.
«Standart-kost» tizimi alohida xodimlar faoliyatini va butun 
boshqaruv faoliyatini baholash uchun, budjetlar va turli prognozlarni 
tayyorlash uchun foydalaniladi, asosli baholarni o‘rnatish bo‘yicha qaror 
qabul qilishga yordam beradi.
Ushbu tizim rivojlangan mamlakatlarning barcha kompaniyalarida 
keng qo‘llanilmoqda.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish