3.4. Xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik operatsiyalarining tavsifi
Buxgalteriya hisobining obyektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan
xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari
xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab
chiqarish va sotish jarayonlaridan iborat bo‘lib, kapitalning doiraviy
aylanishini shakllantiradi.
I.Ta’minot jarayoni
II.Ishlab chiqarish
jarayoni
III.Realizatsiya
jarayoni
Мv
P ….. Т Мp
Iк
…. I-Ch …
Т` ---------P`
60
P – korxona faoliyatini boshlagan vaqtdagi pul ifodasidagi
boshlang‘ich kapital summasi
T - Ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun tovar:
mehnat vositalari (Mv), mehnat predmetlari (Mp) va korxona xodim-
lariga ish haqi shaklida beriladigan ish kuchining qiymati (Ik);
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uni ishlab chiqarish
zaxiralari bilan ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini
sotib olish va tayyorlash jarayoni
ta’minot jarayoni
deb ataladi.
Ta’minot jarayonida pul mablag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy
vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona mol yetkazib
beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish
zaxiralari (mineral o‘g‘it, urug‘lik, yoqilg‘i va moylash materiallari va
h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va
shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta’minlanadi.
Ta’minot jarayonining vazifalari quyidagicha (3.4-rasm):
3.4-rasm. Ta’minot jarayonining vazifalari.
Ishlab chiqarish
jarayonida (… I-ch …) ishlab chiqarish vositalari
ishchi kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish
vositalarining ayrim elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy
iste’mol va ishlab chiqarish iste’moli uchun ishlatilishi yoki sotilishi
mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishi
lozim(3.5-rasm):
Realizatsiya jarayoni
(T
I
-----P
I
) xo‘jalik mablag‘larining doiraviy
aylanishini yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga
va boshqa korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi.
Мv
Мp
Iк
Ta’minot jarayonining vazifalari
1. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish
2. Sotib olingan tovar-modiy zaxiralarning (TMZ) haqiqiy tannarxini aniqlash
3. TMZning saqlanishi va oqilona sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish
61
Do'stlaringiz bilan baham: |