R. A. Mannapova "byudjet hisobi" fanidan mustaqil ta


 Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana11.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#345527
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

4. Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi 

tahlili 

Balans  (1-shakl)ni  tuzishdan  oldin  barcha  mavjud  memorial  order-lar  bilan 

rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda 

to’g’ri  tuzilganligi  hamda  «Bosh-jurnal  kitobi»  (308-shakl)ga  to’g’ri  yozilganligi, 

subschyotlar  bo’yicha  oylik  aylanmalar  va  hisobot  davri  oxiriga  «Bosh-jurnal 

kitobi» (308-shakl) bo’yicha qoldiqlar to’g’ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi. 

Hisobot  davri  oxiriga  «Bosh-jurnal  kitobi»  (308-shakl)dagi  chiqa-rilgan 

qoldiqlar balansning «Yil (chorak) oxiriga» ustuniga ko’chirib yoziladi. 

Debitor  va  kreditor  qarzlarni  hisobga  oluvchi  subschyotlarda  debitorlar  va 

kreditorlar  summalari  o’zaro  hisobga  olmagan  holda,  ya’ni,  mavjud  debitorlar 

balansning  aktiv  qismida,  kreditorlik  qarz  esa,  passiv  qismida  ko’rsatiladi. 

Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Byudjet 

tashkilotlarida buxgalteriya  hisobi to’g’risidagi  yo’riqnoma  (ro’yxat raqami 2169, 

2010 yil 22 dekabr) (O’zbe-kiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 

51-son,  502-modda)  bilan  tasdiqlangan  285-son  shakldagi  aylanma  qaydnoma  va 

boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. 

«Yil boshiga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlar o’tgan hisobot yili balansining 

«Yil  (chorak)  oxiriga»  ustuni  bo’yicha  ko’rsatkichlarga  aynan  bir  xil  holda 

ko’chiriladi.  Agarda,  tashkilot  hisobot  yilining 1  yanvaridan  keyin tashkil  topgan 

bo’lsa, u holda balansning ushbu «Yil boshiga» ustuni to’ldirilmaydi. 

23. 

Balansning aktiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: 



«1-§.  Asosiy  vositalar  va  boshqa  uzok  muddatli  nomoliyaviy  aktivlar» 

paragrafining  «Asosiy  vositalar:  Boshlang’ich  (qayta  tiklash)  qiymati»  qatorida 

tashkilotlarning  hisobot  davri  oxiriga  mavjud  barcha  asosiy  vositalari,  shu 

jumladan,  ijaraga  berilganlari  ham  dastlabki  (tiklanish)  qiymati  bo’yicha  aks 

ettiriladi. 

Qayta baholash  natijalari bo’yicha aniqlangan asosiy  vositalarning tiklanish 

qiymati  yillik  va  choraklik  balanslarda  «Yil  boshiga»  ustunida  kasr  chizig’i  bilan 

(maxrajida) aks ettiriladi; 




30 

«Eskirish  summasi»  qatorida  asosiy  vositalarning  balans  tuzilgan  hisobot 

davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi; 

«Qoldiq (balans) qiymati» qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) 

qiymati  bilan  eskirish  qiymati  o’rtasidagi  farq  (010-qatorda  aks  ettirilgan  asosiy 

vositaning  dastlabki  (tiklanish)  qiymatidan  011-qatorda  aks  ettirilgan  eskirish 

summasini ayirmasi) aks ettiriladi; 

«Nomoddiy  aktivlar»  qatorida  tashkilotning  hisobot  davri  oxiriga  mavjud 

nomoddiy aktivlarining qiymati ko’rsatiladi; 

«2-§.  Noishlab  chiqarish  aktivlari»  qatorida  ishlab  chiqarish  xususiyatiga 

ega  bo’lmagan  kapital  xarajatlar,  jumladan,  erni  obodonlashtirish  bo’yicha 

xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi; 

«3-§.  Tovar-moddiy  zaxiralar»  qatorida  hisobot  davri  oxiriga  mavjud 

bo’lgan  tayyor  mahsulot,  qurilish  materiallari,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  dori-

darmon  va  yarani  boglash  vositalari,  inventar  va  xo’jalik  jihozla-ri,  yonilg’i, 

yoqilg’i-moylash materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va 

boshqa  tovar-moddiy  zaxiralari  qoldiq  summalari  ko’rsatiladi,  balansdan  tashqari 

10  «Foydalanishdagi  inventar  va  xo’jalik  ji-hozlari»  va  12  «Eskirganlarining 

o’rniga  berilgan  transport  vositalarining  ehtiyot  qismlari»  schyotlarida  aks 

ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno; 

«4-§.  Nomoliyaviy  aktivlarga  qo’yilmalar»  qatorida  o’rnatish  uchun 

mo’ljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalar-ga boshqa 

xarajatlar,  nomoddiy  aktivlarga  boshqa  xarajatlar,  tovar  (ish,  xizmat)larga 

xarajatlar  va  tovar-moddiy  zaxiralarga  boshqa  xarajatlarni  hisobga  oluvchi 

subschyotlarning  «Bosh-jurnal  kitobi»  (308-shakl)  bo’yicha  hisobot  davrining 

oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi; 

«Moliyaviy  aktivlar»  bo’limida  mavjud  hisobvaraqlardagi  pul  mablaglari, 

akkreditivlar,  kassadagi  nakd  pul  qoldiqlari  va  boshqa  pul  mablaglarining, 

shuningdek  g’aznachilik  bo’linmalaridagi  shaxsiy  hisobvaraqlardagi  pul 

mablag’larining qoldiq summalari aks ettiriladi; 




31 

 

«Debitorlar»  bo’limida  yil  (chorak)  oxiriga  barcha  hisob-kitoblar  bo’yicha 



qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi. 

24. Balansning passiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: 

«Kreditorlar»  bo’limida  yil  (chorak)  oxiriga  barcha  hisob-kitoblar  bo’yicha 

qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi; 

«Moliyaviy natijalar» bo’limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari 

(300 - 343 qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijala-ri (350 - 356 qatorlar) 

har bir daromad (tushum)larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi. 

Bunda,  joriy  yilga  moliyaviy  natijalar  (300  -  343  qatorlar)  bo’yicha 

ko’rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi. 

«Balansdan tashqari schyotlar» bo’limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan 

balansdan tashqari schyotlar summasi ko’rsatiladi. 

Balans  (1-shakl)  tashkilotlar  tomonidan  har  chorakda  hisobot  choragidan 

keyingi  oyning  10-sanasiga  qadar  topshiriladi,  mazkur  Qoidalarning  146-bandida 

nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 

Balansni  to’g’ri  tuzish  bo’yicha  talablarining  bajarilishi  ustidan  nazorat 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan 

qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 

Tashkilotlarning  rahbarlari  va  bosh  hisobchilari  balans  ma’lumotlarining 

to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim kilinishi yuzasidan javobgardirlar. 

 

XULOSA 

Byudjet  tashkilotlarida  nazoratni  tashkil  qilish  bo’yicha  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002  yil  15  noyabrdagi  393-son  qarorida 

taftish  va  tekshirishni  asosiy  vazifalari  aniqlangan.  Byudjet  mablag’larini  kelib 

tushishi  va  sarflanishi,  byudjetdan  tashqari  mablag’lardan  foydalanish,  davlat 

mulki  bo’lgan  mulkdan,  daromadlarni  taftish  hamda  tekshirish  rejali  tartibda, 

rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi. 

Byudjet  tashkilotlarida  rejali  taftish  va  tekshirishlar  nazorat  taftish  bosh 

boshqarmasi  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vaziri,  nazorat  taftish 




32 

boshqarmasi  uchun  esa  nazorat  taftish  bosh  boshqarmasi  boshlig’i  tasdiqlagan 

yillik ishlar rejasi asosida amalga oshiriladi. 

Byudjet  tashkilotlarida  nazoratni  tashkil  qilish  va  o’tkazish  bo’yicha  nazorat 

taftish  bosh  boshqarmasi  va  nazorat  taftish  boshqarmasi  taftishchilar  ishi  ustidan 

uslubiy rahbarlik hamda nazoratni amalga oshiradi, amaliy yordam ko’rsatadi.  

Taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati, taftish guruhi tarkibi, 

har  bir  taftish  va  tekshiruvni  aniq  vazifasidan,  taftish  qilinayotgan  tashkilotning 

xususiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 

Byudjet  tashkilotlarida  taftish  va  tekshiruvlarni  o’tkazish  muddati  –  30 

kungacha  qilib  belgilangan.  Birinchi  marta  belgilangan  muddat  taftish  guruhi 

rahbari (taftishchi) tomonidan asoslansa, u holda muddati uzaytirilishi mumkin. 

Taftishda  o’tgan  3  kalendar  yili  moliyaviy  faoliyatini,  oldingi  taftish 

o’tgandan keyingi davrni o’z ichiga oladi. 

Byudjet  tashkilotlari  taftish  va  tekshirilayotganda  xarajatlar  smetasini 

bajarilishi  taftish  qilinadi,  bunda  kassa  va  g’aznachilikda  ochilgan  har  bir  schyot 

bo’yicha  operatsiyalar  bilan  bog’liq  hujjatlar,  o’tgan  taftishdan  keyingi  davrdan 

hozirgi  taftishgacha  bo’lgan  davr,  agar  suiiste’molchiliklar  aniqlansa,  undan 

ko’proq davrni o’z ichiga olishi mumkin. 

Byudjet  tashkilotlaridagi  mavjud  reja,  hisobot,  statistik  ma’lumotlar  hamda 

materiallar  batafsil  o’rganiladi.  Taftish  va  tekshirishga  kirishdan  oldin  taftish 

guruhi rahbari o’zining vakolati doirasida tegishli moliya va g’aznachilik organlari 

rahbarlariga taftish va tekshirish belgilanganligi to’g’risida axborot beradi. 

Buxgalteriyani  taftish  va  tekshiruv  o’tkazishda  guruh  rahbari  markazlashgan 

buxgalteriya  to’g’risidagi  nizom  va  uning  tarkibi,  uning  shtati,  tashkilotning 

xarajatlar  smetasi  bo’yicha  umumiy  summasi  bilan  tanishib  chiqadi.  Bundan 

tashqari, buxgalteriya xodimlari o’rtasida xizmat 

vazifalarini taqsimlanishi va hujjatlar aylanishi bilan  tanishadi. 

Shundan  keyin  taftish  va  tekshirishlar  ishchi  rejasi  tuziladi  va  unda  aniq 

muddatlar  va  ishning  taqsimlanishi  amalga  oshiriladi.  Ishchi  reja  tuzilayotganda 




33 

 

markazlashgan  buxgalteriya  ishlari  funktsional  belgilari  bo’yicha  taqsimlanishini 



hisobga olish tavsiya qilinadi. 

Taftishchi  tekshirish  jarayonida  moddiy  javobgar  shaxsining  ishtirok  etishini 

ta’minlashi, bajarilgan ishlar xajmini nazorat o’lchovini amalga oshiradi, nusxa va 

namunalar olinadi hamda ular asosida moddiy javobgar shaxs tekshiriladi. 

Alohida e’tibor belgilangan tartibda jinoiy ish ochilgan ishlar bo’yicha taftish 

va tekshirish o’tkazishga qaratilishi lozim. 

Pul mablag’lari va moddiy qiymatliklarning buxgalteriya hisobini 

yuritish  belgilangan  tartibga  rioya  qilinishi,  ularga  qoravullikni  tashkil  etilishi, 

korxonadagi  propusk  tizimi  holati,  korxona  hududidan  moddiy  qiymatliklarning 

olib chiqilishi va olib kirilishi tekshiriladi; 

Buxgalteriya  hisoboti  va  balanslarni  hisobot  ma’lumotlarining  ishonchliligi, 

turli  xatoliklar  hamda  qo’shib  yozishning  oldini  olish,  topshiriqlarni  bajarish 

ko’rsatkichlari faktlarini buzib ko’rsatilishi tekshiriladi. 


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish