R. A. Mannapova "byudjet hisobi" fanidan mustaqil ta


Byudjet  tashkilotining  daromadlar  va  xarajatlar  smetalarini  ijrosi  bo’yicha



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana11.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#345527
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

Byudjet  tashkilotining  daromadlar  va  xarajatlar  smetalarini  ijrosi  bo’yicha 

buxgalteriya balansining sxematik kurinishi



AKTIV 



 

PASSIV 

Bo’lim   

 

Bo’lim   



Nomoliyaviy aktivlar 

 

IV 


Kreditorlar 

II 


Moliyaviy aktivlar 

 



Moliyaviy natijalar 


22 

III 


Debitorlar 

 

 



 

 

BALANS 



 

 

BALANS 



Byudjetdan tashqari hisoblar 

 

2.Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansini tuzish, taqdim etish va 

tasdiqlash tartibi 

Byudjet  tashkilotlari  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  mablag’lar  ijrosi 

bo’yicha balansni choraklik va yillik holatda tuzadi va topshiradi. 

Yillik  balans  hisobot  yilidan  keyingi  yilning  1  yanvar  holatiga  tuziladi. 

Choraklik balans hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuziladi. 

Yillik  va  choraklik  balanslarga  tushuntirish  xati  ilova  qilinadi.  Tushuntirish 

xatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasi ijrosi 

jarayoniga  ta’sir  qilgan  asosiy  omillar,  jumladan,  byudjetdan  ajratilgan 

mablag’larni  iqtisod  qilinishining  sabablari  (tahlillari)  (agarda  iqtisod  qilingan 

bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo’l 

qo’yilgan  muddati  o’tgan  qarzdorlikni  undirish  bo’yicha  ko’rilgan  choralar, 

qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 

berilgan  imtiyozlar  va  ularning  sarflanishi  to’g’risida  ma’lumotlar,  shuningdek 

hisobot  davrida  kirim  qilingan  va  sarflangan  qog’oz  to’g’risidagi  ma’lumotlar, 

kamomadi  aniqlangan  va  o’g’irlangan  pul  mablag’lari  va  boshqa  tovar-moddiy 

qimmatliklar  summasi  va  hisobotlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqa  tushuntirishlar 

keltiriladi.  Bundan  tashqari,  hisobot  yilining  birinchi  choragi  bo’yicha  moliyaviy 

hisobotlarga  tushuntirish  xatida  asosiy  vositalar  va  boshqa  aktivlarini  (jumladan, 

tugallanmagan  qurilish  va  o’rnatiladigan  asbob-uskunalarni)  qayta  baholash 

bo’yicha axborotlar ochib beriladi. 

Tushuntirish  xati  tashkilot  rahbari  yoki  uning  o’rinbosari  (birinchi  imzo 

huquqidan  foydalanuvchi  shaxs),  tashkilot  bosh  hisobchisi  yoki  uning  o’rinbosari 

(ikkinchi  imzo  huquqidan  foydalanuvchi  shaxs)  hamda  moliya-iqtisod  bo’limi 

boshlig’i  (shtatlar  jadvaliga  muvofiq  holda  reja-iqtisod  bo’yicha  mutaxassis) 

tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi. 



23 

 

Moliyaviy  hisobot  shakllaridagi  barcha  rekvizitlar  va  nazarda  tutilgan 



ko’rsatkichlarto’ldirilishi  kerak.  Tashkilotlarda  tegishli  aktivlar,  passivlar  va 

operatsiyalarning  mavjud  emasligi  sababli  biror-bir  modda  (satrlar,  ustunlar) 

to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi. 

Balans  Byudjet  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi  to’g’risidagi  yo’riqnoma 

(ro’yxat  rakami  2169,  2010  yil  22  dekabr)  (O’zbekiston    Respublikasi  qonun 

hujjatlari  to’plami,  2010  yil,  51-son,  502-modda)  bilan  tasdiqlangan  308-son 

shakldagi  «Bosh-jurnal  kitobi»  (keyingi  o’rinlarda  «Bosh-jurnal  kitobi»  (308-

shakl)  deb  yuritiladi)  va  boshqa  tegishli  hisob  registrlari  ma’lumotlari  asosida 

tuziladi. 

Buxgalteriya balansining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi: 

«Tashkilot» rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi; 

«Bo’lim,  kichik  bo’lim,  bob»  rekvizitida  tashkilotning  byudjet  tasnifining 

vazifa jihatidan vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) ko’rsatiladi; 

«Hisobot  davri»  rekvizitida  hisobot  tuzilayotgan  tegishli  davr  (yil,  chorak) 

ko’rsatiladi; 

«Byudjet  turi»  rekvizitida  tashkilot  tomonidan  O’zbekiston    Respublikasi 

byudjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot 

bo’yicha byudjetlar darajasi kodlari ko’rsatiladi. 

«O’lchov birligi» rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi keltiriladi. 

Buxgalteriya balansini tuzishda quyidagi shartlar to’liq saqlanishi lozim: 

hisobot  davridagi  barcha  operatsiyalar  hamda  pul  mablag’lari,  asosiy 

vositalar,  moddiy  qimmatliklarning  inventarizatsiya  qilinishi  va  hisob-kitoblar 

natijalarining to’liq aks ettirilishi; 

analitik  hisob  ma’lumotlarining  hisobot davrining  birinchi sanasiga  sintetik 

hisob  yuritish  hisobvaraqlari  bo’yicha  aylanmalar  va  qoldiqlarga  bir  xil  bo’lishi, 

shuningdek  balans  ma’lumotlarining  sintetik  va  analitik  hisob  ma’lumotlariga 

mosligi; 

balansdagi  tegishli  yozuvlarni  qayd  etish  uchun  belgilangan  tartibda 

rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish. 



24 

Ushbu  asosiy  shartlarga  rioya  qilinmagan  holda  tuzilgan  balans  noto’g’ri 

tuzilgan deb hisoblanadi. 

Tashkilotlar  jamlama  balansni  o’zlari  ko’rib  chiqqan  tasarrufidagi  quyi 

tashkilotlarning  balanslari  hamda  o’zining  xarajatlar  smetasi  bo’yicha  moliyaviy 

hisobotlari asosida tuzadi. 

Buxgalteriya  balansi,  qoida  tariqasida,  o’sib  boruvchi  tartibda  bitta  o’n 

xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi. 

Agarda,  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  talablarini  buzmagan  holda  balans 

ko’rsatkichlari  manfiy  qoldiq  bilan  chiqsa  (manfiy  qoldiqqa  ega  bo’lsa),  u  holda 

hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar «minus» belgi bilan aks ettiriladi. 

Bo’ysunish  bo’yicha  yuqori  turuvchi  tashkilotga  takdim  etiladigan  balans 

hisobot  beruvchi  tashkilotning  rahbari  va  bosh  hisobchisi  tomonidan  imzolanadi. 

Markazlashtirilgan  buxgalteriyada  balans  u  tashkil  etilgan  tashkilot  rahbari 

tomonidan  hamda  markazlashtirilgan  buxgalteriyaning  bosh  hisobchisi  tomonidan 

imzolanadi. 

Bunda,  g’azna  ijrosiga  o’tilgan  tashkilotlarning  tegishli  moliyaviy 

hisobotlari,  jumladan,  xarajatlar  smetasi  ijrosi  haqidagi  hisobot,  xarajatlar 

smetasining  ijrosi  haqida  hisobot  (2-shakl)  hamda  byudjetdan  tashqari 

mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan 

belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 

Vazirliklar  va  idoralar,  hokimliklar  boshqarmalari  (bo’limlari)ning  Moliya 

vazirligi  hamda  hududiy  moliya  organlariga  taqdim  etiladigan  jamlama  balanslari 

tegishli  ravishda  mazkur  boshqaruv  idoralarining  vakolatli  rahbari  va  ushbu 

idoralarning 

buxgalteriya 

xizmatlari 

rahbarlari 

(hisobchilari) 

tomonidan 

imzolanadi.  Vazirliklar  va  idoralar,  hokimliklar  boshqarmalari  (bo’limlari) 

muhrlarisiz  hamda  yuqorida  ko’rsatilgan  mansabdor  shaxslarning  imzolarisiz 

moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi. 

O’zbekiston    Respublikasining  respublika  byudjetida  turadigan  tashkilotlar 

balanslarni  O’zbekiston    Respublikasi  Moliya  va-zirligining  tegishli  buyruqlariga 



25 

 

muvofiq  belgilangan  muddatlarda  Uzbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga 



takdim etadilar. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar  va  tuman 

(shahar)lar  byudjetlarida  turadigan  tashkilotlar  balanslarni  tegishli  vazirlik  va 

idoralarga,  hokimliklar  boshqarmalariga  (bo’limlariga)  ular  tomonidan 

belgilangan,  lekin  mazkur  Qoidalar  bilan  o’rnatilgan  muddatlardan  kech 

bo’lmagan muddatlarda takdim etadilar. 

Tashkilotlar  tegishli  moliya  organlariga  ular  tomonidan  belgilangan,  lekin 

mazkur  Qoidalar  bilan  belgilangan  muddatlardan  kech  bo’lmagan  muddatlarda 

jamlama  balanslarni  takdim  etadilar.  Muddat-lar  tegishli  byudjetning  ijrosi 

to’g’risidagi  balanslarning  yuqori  turuvchi  moliya  organiga  o’z  vaqtida  takdim 

etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 

414-sonli 

«Byudjet  tashkilotlarini  mablag  bilan  ta’min-lash  tartibini 

takomillashtirish  to’g’risida»gi  qaroriga  (O’zbekiston  Respublikasi  Hukumatining 

qarorlari  to’plami,  1999  y.,  9-son,  51-modda)  muvofiq,  moliya  yiliga  qo’shimcha 

vaqt  etib  belgilangan  davr  mobaynida  operatsiyalarni  amalga  oshiruvchi 

tashkilotlar  uchun  balanslarni  topshirishning  alohida  muddatlari  Moliya  vazirligi 

tomonidan belgilanadi. 

O’zbekiston    Respublikasining  respublika  byudjetida  turadigan  tashkilotlar 

yuqori  turuvchi  idoralarga  balanslarni  bo’ysunishiga  qarab  ular  tomonidan 

belgilangan muddatlarda takdim etadilar. 

O’zbekiston    Respublikasining  vazirlik  va  idoralari  choraklik  jamlama 

balanslarni  hisobot  davridan  keyin  25  kundan  kechiktirmasdan,  yillik  moliyaviy 

hisobotlarni  esa,  hisobot  yilidan  keyin  keladigan  yilning  20  fevralidan 

kechiktirmasdan  O’zbekiston    Respublikasi  Moliya  vazirligiga  takdim  etadilar. 

O’zbekiston    Respublikasi  Moliya  vazirligi  ko’rsatilgan  muddatlar  doirasida 

vazirlik  va  idoralar  tomonidan  choraklik  va  yillik  jamlama  balanslarni  takdim 

etishning differentsiyalangan muddatlarini belgilaydi. 



26 

Moliyalashtirilishi  (xarajatlarining  to’lanishi)  yil  davomida  bir  byudjetdan 

boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o’tkazilgan 

tashkilotlarda  o’tkazish  sanasiga  balans  (yillik  balans  hajmida)  tuziladi  hamda  u 

ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga takdim etiladi. Kelgusida balans faqat 

yangi yuqori turuvchi idoraga takdim etiladi. 

Tashkilotlar uchun balanslarni takdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda 

takdim  etilgan  sana  hisoblanadi.  Hisobot  takdim  etish  uchun  belgilangan  muddat 

ishlamaydigan kunga to’g’ri kelgan takdirda balans ishlamaydigan kun arafasidagi 

so’nggi ish kunida takdim etiladi. 

Vazirlik  va  idoralar,  hokimliklar  boshqarmalari  (bo’limlari)  hamda  boshqa 

byudjet  mablag’larini  oluvchilar  tomonidan  balanslar  belgilangan  muddatda 

topshirilmagan  taqdirda  Moliya  vazirligi  va  hududiy  moliya  organlari  byudjet 

mablag’larini  oluvchilar  rahbarlarini  yozma  ravishda  ogohlantirgan  holda 

byudjetdan  moliyalashni  (xarajatlarini  to’lashni)  cheklashlari,  zarur  hollarda  esa 

to’xtatib qo’yishlari mumkin. 




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish