1.1 – chizma. Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi axboroti foydalanuvchilari.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad
foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni
bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan
ta’minlab berishdan iborat.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan
iborat:
Axborotfoydalanuvchilari
Ichki
Tashqi
Moliyaorganlari
Tashkilotraxbariyati
Rejamoliyavaboshqabo’lim
lar
Mutaxassislar
,
xodimlar
Soliqorganlari
Statistikaboshqarmalari
,
banklarvaboshqalar
17
-
Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil
etish;
-
Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan maqsadli
foydalanishni ta’minlash;
-
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va
hisob registrlarida aks ettirish;
-
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va
harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda
aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
-
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini
shakllantirish;
-
Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va
hisobotlarni tuzish;
-
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish va boshqalar.
Byudjet
tashkilotlarida
buxgalteriya
hisobini
alohida
hususiyatlari
quyidagilardan iborat :
1. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi – Byudjet
tashkilotlarda har yili belgilangan tartibda byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar
smetasi va shtatlar jadvali tuziladi va tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi xarajatlar smetasi ijrosini ta’minlab beradi. Bunda xarajatlarni
iqtisodiy tasnifi asosida smeta doirasida xarajatlar moliyalanadi va amalga
oshiriladi. Bulardan tashqari byudjetdan tashqari mablag’lar manbaalari (ta’lim
muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli mablag’lari, byudjet tashkilotlari
rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari,
tibbiyot
muassasalari
moddiy
rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, byudjetdan tashqari
boshqa mahsus mablag’lar) bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi va
ijrosi amalga oshiriladi. Shuning uchun byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini
yuritishda smetalar ijrosi nazorat qilinadi.
18
2. Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi – Byudjet tashkilotlarida
daromadlar va xarajatlar ijrosi jarayonida kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobi
yuritiladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilikdagi shaxsiy hisob
varaqlardan xarajatlarni to’lab berilishi kassa xarajatlari ko’rinishida hisobda aks
ettiriladi. Masalan ish haqi bo’yicha moliyaviy majburiyatlar to’lab berilganda
ya’ni tegishli soliqlar va ajratmalar o’tkazilganda xodimlar plastik kartochkalariga
ish haqi o’tkazib berilganda yoki kassadan berilganda kassa xarajati ko’rinishida
tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan
xarajatlar smetalari doirasida amalga oshirilgan lekin to’lab berilmagan xarajatlar
haqiqiy xarajat ko’rinishida hisobda aks ettiriladi. Masalan smeta doirasida ish haqi
hisoblangan lekin to’lab berilmagan yoki ish, hizmatlar ko’rsatilgan, tovarlar
olingan lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishida tegishli
daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritish
uchun alohida 294 - shakldagi daftar yuritiladi shuningdek hisobot shakllarida ham
aks ettiriladi.
3. Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni
shakllantirilishi - Byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilgan daromadlar va
xarajatlar smetalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazriligida 2010 yil 11
oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi Byudjet
tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” asosida 1-gurux, 3-gurux, 3-gurux, 4-
gurux xarajatlari xarajatlarning iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettiriladi hamda ijrosi
xaqidagi buxgalteriya hisobotlari shakllarida ham byudjet xarajatlarining iqtisodiy
tasnifi bo’yicha axborotlar shakllantiriladi.
4. Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal
qilingan xolda yuritilishi - Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotlarni tuzish “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasining qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O’zbekiston Respublikasi
Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlariga
muvofiq olib boriladi. Shu bilan birga qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari
daromadlar aniq manbaalari bo’yicha shakllantiriladi va sarflanishi yo’nalishlari
19
belgilanadi. Masalan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 414 – son
“Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamg’armasi
mablag’larini shakllantirishi manbaalari belgilangan. Shuningdek rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari birinchi navbatda kreditorlik majburiyatlarni tugatish
yo’naltirilishi, agarda kreditorlik qarzdorlik mavjud bo’lmasa kamida 75 foizi
moddiy texnika bazasini mustaxkamlashga, ko’pi bilan 25 foizgacha hodimlarni
moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Buxgalteriya hisobini
yuritishda yuqorida keltirib o’tilgan qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga
qatiy amal qilinadi. Umuman byudjet tashkilotlarida hisobni tashkiliy, texnik,
uslubiy jihatlari me’yoriy-xuquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilgan holda tashkil
etiladi.
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunga muvofiq byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi quyidagi tamoyillarga asosan tashkil etiladi:
- buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;
- uzluksizlik;
- xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi;
- aniqlik;
- hisoblash;
- oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik);
- mazmunning shakldan ustunligi;
- ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
- moliyaviy hisobotning betarafligi;
- hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
- aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib
boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi
bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma
qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:
20
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son
shakl;
2-memorial order – byudjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma
qaydnoma, 381-son shakl;
3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma
qaydnoma, 381-son shakl;
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari
yig’indisi, 405-son shakl;
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan
hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma
qaydnoma, 386-son shakl;
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga
ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma
qaydnoma, 398-son shakl;
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma
qaydnoma, 411-son shakl;
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son
shakl;
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son shakl.
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni
har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash
operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo’yicha alohida memorial
orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab
raqamlanadi.
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab
qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial
21
orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib
ko’rsatiladi.
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi
(hisobchi) tomonidan imzolanadi.
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da
ro’yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo’yicha yuritiladi.
“Bosh-jurnal kitobi” o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil
boshiga qolgan qoldiq summalarni ko’chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga
yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar
tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari hamda ularning tizimidagi
tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab
chiqilgan ko’rsatma mavjud bo’lgandagina buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-
order shaklida olib borishlari mumkin. Byudjet tashkilotining rahbari tashkilotda
buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga, moliya-xo’jalik faoliyatidagi amalga
oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligiga hamda
buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo’ladi.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni
turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib
umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Byudjet tashkilotlari balansi
tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar,
moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat. Balansni passiv tomoni
kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |