Quyosh turkumining tuzilishi va tarkibi


Venera - Zuxra - “tong yulduzi”



Download 382,82 Kb.
bet4/4
Sana09.02.2023
Hajmi382,82 Kb.
#909674
1   2   3   4
Bog'liq
Quyosh turkumining tuzilishi va tarkibi

Venera - Zuxra - “tong yulduzi”

Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi “Venera” deb yuritiladigan bu planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Zuxra orbitasi bo'ylab sekundiga 35 kilometrli tezlik bilan xarakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida bir marta to'la aylanib ulguradi.


Ravshanligi jihatidan Quyosh va oydan keyin turadigan bu sayyora, juda qadimdan kishilar diqqatini o'ziga tortib, “qo'zg’almas” yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi bo'lib sezilgan “adashgan” yoritkichdir.
1610 yildayoq G. Galiley bu planetani o'zi yasagan teleskopda kuzatib, oy kabi turli fazalarda bo'lishini ko'rdi.Bu xodisa, zuxra ham oy kabi sferik shakldagi osmon jismi ekanligining dastlabki isboti edi. Zuxraning kattaligi salkam Еrnikicha bo'lib, diametri 12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761 yil 6 iyunda astronomlar “tong yulduzi” bilan bog’liq fizik bir hodisaning guvohi bo'ldilar: sayyoraning harakati Quyosh diskida proektsiyalandi. Bunday g’aroyib xodisani kuzatish taniqli rus olimi M. V. Lomonosovga ham nasib qilgan ekan.Olim Veneraning Quyosh diskidan o'tishini kuzatayotib, sayyora qalin atmosfera bilan qoplanganligini aniqladi.Uzoq yillar davomida ana shu qalin atmosfera - “paranji” misol zuxraning haqiqiy jamolini bizdan yashirib kelardi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Veneraning Quyosh diskiga proektsiyalanib o'tishi, juda kam uchraydigan hodisa bo'lib, Lomonosovning XVIII asrdagi eslatilgan kuzatishidan so'ng atiga 3 martagina kuzatildi; navbatdagi o'tishi esa 2004 yilning 8 iyunida bo'ldi. Sayyoraning sirtini spektroskopik o'rganishlar, uning agmosferasi, asosan karbonat angidriddan iborat deyishdan ortiq ma'lumotlarni berishga ojizlik qildi.
Sayyorani tekshirishning 60 - yillardan boshlangan yangi usuli “tong yulduzi” ga tegishli ko'p jumboqlarni hal qilishga imkon berdi. Natijada Veneraning o'z o'qi atrofida va Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlari birinchi marta tug’ri aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, planetaning aylanish o'qi uning orbita tekisligiga deyarli tik joylashib (anig’i 87 gradusda Yerdagidek yil fasllari kuzatilmaydi.Shu radiolokatsion kuzatishlar Zuxraning o'z uqi atrofida aylanish davrn 243 kunga tengligini, hamda sistemasining sharqdan - g’arbga aylanuvchi yagona ekanligini ma'lum qildi (boshqa sayyoralar atrofida g’arbdan sharqqa aylanadi).
Xulosa qilib aytganda, Veneraga uchirilgan kosmik apparatlar yordamida uning atmosferasi va sirtiga tegishli quyidagi yangi ma'lumotlar qo'lga kiritildi:
Sayyora atmosferasining bosimi juda Yuqori bo'lib, olimlar hech kutmagan miqdorni 90 atmosferani ko'rsatdi. Uning 97 foizini karbonat angidrid, suv bug’lari, kislorod esa atiga 1,5 foizini tashkil qilishi ma'lum bo'ldi. Sayyora sirtida Yaqinda o'lchangan harorat +470 gradusgacha (sel’siy shkalasida) etadi.
“Tong yulduzi” ning erga yana bir “qarindosh” ligi shundaki, uning osmonida ham qalin bulutlar kuzatilib, ularning “tizgini” shamolning qo'lida bo'ladi. Qizig’i shundaki, sayyora atmosferasida bulutlar bir necha qavatga ega, asosiy bulutlar qatlamining Yuqori chegarasi taxminan 65 kilometr atrofida bo'lib, pastki chegarasi 48-49 killometrli balandlikda yotadi. 65 kilolmetrdan to 85 kilometgacha.Shubxasiz, zuxra to'g’risidagi bu modelni tugallangan deyishga hali erta.


Yer
Biz ustida yashayotgan osmon jismi, Quyoshdan uzoqligi bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi planeta bo'lib, Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 149,6 million kilometrni tashkil etadi. Planetamizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr, ya'ni qutb radiusidan taxminan 21 kilometrga ortiqlik qiladi. Yer, Quyosh atrofida sekundiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda bir marta to'la aylanib chiqadi. Bir yilda to'rt faslning planetamizda kuzatilishining sababi, Yer o’qining orbita tekisligiga 66,5 daraja og’maligi bilan tushuntiriladi.
Yer o'z o'qi atrofida 23 soatu 56 minutu 4 sekundda to'la aylanib chiqadi.Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish davri bir oz uzunroq bo'lib, 24 soatni tashkil qiladi.Sayyoramizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligiga sabab, Quyoshning yulduzlar oralig’ida yillik ko'rinma siljishidir (bunday siljish, Yerning Quyosh atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli sodir bo'ladi).
Yerning o'rtacha zichligi 5,5 g/sm3 - ga teng bo'lib, massasi taxminan 6 ·1021 kilogrammni tashkil etadi. Planetamizning tuni deyiluvchi atmosferasi minglab kilometrli balandlikkacha cho'zilib, og’irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi. Bunday “tun” Yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishida muxim rol o'ynagan.
Xulosa
1820 yili parijlik astronom A. Buvar, Yupiter, Saturn va Uranlarning kordinatalari jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o'n yil o'tgach, Uran oldindan hisoblangan o'z o'rnidan 200 sekundli yoyga ilgarilab ketdi. Yana o'n yil o'tgach, ilgarilash 90 sekundga, 1846 yilga kelib esa 128 sekundga etdi. Osmon mexanikasi, nazariy hisoblashlar bilan praktika orasida bu qadar katta farq chiqishiga yo'l qo'ymasligi kerak edi.Astronomlar, Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning orbitasidan tashqaridagi boshqa planetaning ta'siri tufayli degan qarorga keldilar.
Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda bir-birlaridan bexabar xolda ikki astronom “bel bog’ladi”.
qizig’i shundaki, Neptunning ochilishidan ancha ilgari 1795 yili 8 va 10 mayda - ikki marta astronom Laland kuzatdi. Biroq o'shanda u planetani xira bir yulduz deb o'ylab, bu ikki kunda olingan foto plastinkalarda kuzatilgan sayyora siljishini - o'lchashning xatoligidan deb tushundi. Agar o'shanda Laland xulosa qilishga shoshilmay, bir - ikki kun bu “xira yulduzcha” ni e'tibor bilan kuzatganda edi, u Neptunni Lever’e va Galledan yarim asr oldin topgan bo'lardi.
Neptun Urandan birozgina katta bo'lib, uning diametri 50 ming 100 kilometrdir. Zichligi 1 kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik. Massasi ernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5 kilometr bo'lib, Quyosh atrofida aylanish davri 164 yilu 280 kun. O'z o'qi atrofida Neptun 15,8 soatda bir marta aylanib chiqadi. Spektroskopik kuzatishlar, Neptunda vodorod va metan borligini ma'lum qildi. Shuningdek, sayyoraning bu yirik yo'ldoshi anchayin qalin atmosfera bilan ham qoplangan deb faraz qilinadi.
1949 yil planetaning yana bir yo'ldoshi Koypeo topdi va unga qadimgi greklarning sevimli xudosa Nerey qizining nomi - nereida berildi, uning diametri atiga 300 kilometr.

Adabiyotlar
1. Тоshmuxamedov B.T.-Umumiy geologiya, Noshir, Toshkent, 2011
2. Toshmuxamedov B.T. “Umumiy geologiya” darslik. – Toshkent; IMR, 2008, 351 b.
3.Toshmuxamedov B.T., Shermuxamedov T.Z., Tulyaganova N.Sh. «Umumiy geologiya»dan amaliy
mashg'ulotlar (uslubiy qo'llanma). – Toshkent, ToshDTU, 2010.
4.Тulyaganova N.Sh. – Umumiy va tarixiy geologiya fanidan amaliy mashg`ulotlar to`plami. 1 qism. «Voris» nashriyoti. Toshkent – 2013.
5. Долимов Т.Н., Троицкий В.И. – Эволюцион геология. Т., Университет, 2005.
6. Тоshmuxamedov B.T Umumiy geologiya,Tosh.DTU, 2006 y.
Download 382,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish