Quyosh kollektorlari.
1. Quyosh kollektorlarining parametrlari tahlili.
2. Quyosh kollektorlarining issiq suv ta‟minotidagi o„rni
3. Quyosh kollektorlarining rivojlanish
tarixi
4. Quyosh kollektorlarining turlari, konstruksiyalari va ish jarayoni
Tayanch so‘zlar:
Quyosh kollektori, absorber,
issiqlik tashuvchi, foydali ish koeffitsiyenti,
foydali quvvati, tabiiy va majburiy sirkulyatsiya asosidagi quyosh suv isitgich kollektori,
issiqlik izolyatorlari
Quyosh kollektorlari quyosh nurlanishi energiyasini yutib uni muhit issiqlik energiyasiga
aylantiradi (odatda suv yoki havo) va isitish va issiq suv ta‟minoti uchun foydalaniladi. Quyosh
kollektorlarining har xil turlari mavjud:
Yassi
Vakuumli
Konsentratorlardan foydalanish orqali
Eng ko„p tarqalgan suyuqlik yassi kollektori issiqlik yutuvchi panel (absorber) va issiqlik
tashuvchi sirkulyatsiyasi uchun unga biriktirilgan kanallar (trubkalar)dan iborat bo„ladi. Quyosh
nurlanishini yutuvchi absorberning yuqori qismi shaffof izolyatsiyaga ega. Bu konstruksiyaning
hamma
qismi korpusga biriktirilib, orqa va yon tomonlari issiqlik izolyatsion material bilan
qoplangan.
QUYOSH KOLLEKTORLARINING TARIXI
Quyosh kollektorlarining texnologiyasi o„ta yangi deb bo„lmaydi. Quyosh kollektorining
birinchi modeli shishadan, yog„och korobkadan va ichki qizuvchi qatlamdan yaratilganligi
shvetsariyalik olim Goratsiy Sossyur tomonidan 18 asrda yaratilgan.
Olim shu vaqtda bu
konstruksiyaning “kichik, arzon va oddiy” ekanligini ta‟kidlab o„tgan. Amaliyotda birinchi
bo„lib bunday qurilmadan suv isitish uchun 19 asr oxirida Janubiy Kaliforniyada foydalanishni
boshlashdi. Har xil firmalar yog„och qutiga o„rnatilgan, suv uchun qora bak ko„rinishidagi va bir
tomoni shisha bilan qoplanib quyoshga oriyentir qilingan sodda quyosh kollektorlarini ishlab
chiqarishni boshlashdi. Bu holatda suv tun davomida sovib qolib, ertangi kunda qizishini
kutishga to„g„ri kelardi. 1909 yilda Kaliforniyada Vilyam Beyl
suv uchun bakdan alohida
o„rnatilgan va issiqlikni issiqlik almashinuvchi kontur orqali uzatadigan zamonaviy yassi
kollektorning prototopini yaratdi. Quyosh kollektorlarining industriyasi asosan AQSH ning
Kaliforniya, Florida shtatlarida 1940 yillarning oxirigacha rivojlandi, so„ngra suv isitishda elektr
va gaz narxi kamaydi, shu sababli quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish to„xtadi. Quyosh
kollektorlarining ikkinchi istiqboli 1970 yillarda neft krizisi vaqtida
narxlar juda yuqoriga
ko„tarildi. Natijada ko„pgina davlatlarda quyosh kollektorlarini massoviy ishlab chiqarish
boshlanib, bu ayniqsa AQSH, Yaponiya, Avstraliya va O„rta Yer dengizi hududlarida davom
etdi.
Izrailda 1950 yillardan boshlab energiya tanqisligi sezila boshladi.
Energiya tanqisligi
shundan iborat ediki, kechqurungi, tungi vaqtlarda suv isitishga Izrail qonunchiligi tomonidan
ta‟qiq bor edi. Bunday vaqtda mamlakatda suv isitish quyosh tizimlarini ishlab chiqarish
rivojlandi. 1967 yilga kelib mamlakatning 20% aholisi quyosh kollektorlaridan
foydalanishga
o„tdi. 1970 yillarda energetika krizisi vaqtida parlament qonun chiqardiki, yangi qurilayotgan
uylar suv isitish quyosh tizimlari bilan ta‟minlanishi zarur. Hozirgi vaqtga kelib natijada Izrailda
85% ga yaqin uylarda quyosh kollektorlari xizmat qiladi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan
energiya mamlakat energiya iste‟molining 3% ni tashkil etadi va yiliga 2 mln. barrel neftni
tejaydi.
2000 yillarda energiya resurslarining narxi ko„tarilishi
bilan ishlab chiqarishda
yangi bosqich boshlandi va quyosh kollektorlaridan foydalanish kengaydi. 2010 yil boshlarida
sayyoramizda o„rnatilgan quyosh kollektorlarining quvvati 150 gVt ortib ketdi (havo
kollektorlari va basseynlarni isituvchi quyosh tizimlaridan tashqari).