a) Temperaturani o’lchash
- Universal tutgich yordamida ikkinchi temperatura datchigini bakdagi suvga o’rnating. Temperatura datchiklarini NiCr-Ni- adapteri bilan CASSY ko’chma qurilmasiga ulang.
a) Yoritish vositasi
-Cho’g’lanma lampani shtativga o’rnating va uni quyosh kollektorining old tomonidan taxminan 50 sm masofada joylashtiring.
- Cho’g’lanma lampani ulang va uni shunday joylashtiringki, bunda kollektorning aktiv qismi to’liq yoritilsin. Ehtiyoj bo’lganda, korpusning plastmassa qismi yoritilmasligiga erishing.
- Cho’g’lanma lampani o’chiring va quyosh kollektorining sovushiga yo’l qo’ying.
Tajribalarni o’tkazish tartibi
a) Tajribaga tayyorgarlik
-Temperaturani suv sikli ulangan holda o’lchang va temperatura o’zgarmay qolguncha kuting.
a) O’lchash
- Suv nasosi kuchlanishini shunday pasaytiringki (2,5 V ga yaqin), oqimning past tezligi amalga oshsin, ya’ni faqat bakdagi suvning kichik oqiminigina kuzatish mumkin bo’lsin.
-Bakdagi temperaturani yozib oling va chiqish kamerasidagi temperaturaning o’zgarishini kuzating.
- Bir vaqtda cho’g’lanma lampani va taymerni ulang. O’lchashni har minutdan keyin davom ettiring.
Xavfsizlik bo’yicha eslatma!
Suvning temperaturasi 60 °C dan oshib ketmasligi kerak!
Boshlaganigizdan keyin 30 minut o’tganda o’lchashni to’xtating
Diqqat: Uzoqroq vaqt mobaynida o’lchashlarni o’tkazganingizda maksimal ruxsat etilgan temperaturaning qiymatini e’tiborga oling.
-Issiq suvni shunchalik miqdordagi sovuq suv bilan almashtiring. Tajribalarni boshlash iloji boricha boshlang’ich temperaturadagidek temperaturada amalga oshirilishi kerak.
- Quyosh kollektorining old qismiga issiqlik izolyasiyasini o’rnating
- Tajribani takrorlang.
Tajriba namunasi
Bakdagi suvning temperaturaviy xarakteristikalari
1-jadval
|
Oqim tezligi
|
|
Sekin
|
O’rtacha
|
Katta
|
vaqt
|
Temperatura
|
|
|
|
|
0
|
21.2
|
21.2
|
21.2
|
1
|
22.0
|
22.5
|
22.9
|
2
|
23.5
|
24.6
|
24.7
|
3
|
25.7
|
26.2
|
26.6
|
4
|
27.4
|
28.0
|
28,3
|
5
|
28.7
|
29.7
|
30.3
|
6
|
29.9
|
31.4
|
31.9
|
7
|
31.6
|
32.9
|
33.6
|
8
|
33.3
|
34.5
|
35.1
|
9
|
34.7
|
36.0
|
36.5
|
10
|
35.7
|
37.4
|
37.9
|
Quyosh kollektori bilan bak orasidagi temperaturalar farqi
2-jadval
Oqim tezligi
|
Sekin
|
O’rtacha
|
Katta
|
|
Temperaturalar farqi
|
|
|
|
|
Taxminan 6
|
Taxminan 3
|
Taxminan 1
|
|
Temperaturaning vaqtga bog’liklik rafigi (kvadratlar sekin, uchburchaklar o’rtacha, doiralar katta oqim tezligiga mos keladi )
Grafikdan yaqqolki, o’lchash vaqti o’tishi bidan temperatura chiziqli ortadi.
Oqim tezligi ortishi bilan temperatura tezroq ko’tariladi, chunki bu holda suv
ko’proq nur energiyasini oladi. Shunday qilib, bu holda nur energiyasidan
suv olgan issiqlik energiyasining ulushi ko’proq.
Oqimning past tezliklarida quyosh kollektorining bevosita chiqishidagi
temperatura yuqori (2 jadval ga qarang). Quyosh kollektorining yuqori temperaturasi tufayli issiqlik energiyasining yo’qotilishi ko’proq. Tajriba qurilmasida elektr lampaning qo’llanilishi qurilma effektivligining yomonlashuviga olib keladi.
Lampa 1000 W quvvat ajratadi. Bu energiyaning bir qismi lampani qizdirishga sarf bo’ladi. Energiyaning boshqa qismi quyosh kollektorini yoritish uchun qo’llanilmaydi va yana bir qismi esa akslanib qaytadi. Shunday qilib, quyosh kollektori olgan radiasion energiya 1000 W dan ancha kam.
Suv yutgan issiqlik energiyasining miqdori Q, massa m va solishtirma issiqlik sig’imi koeffisiyenti orqali quyidagi formula bilan hisoblanishi
mumkin:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yutilgan radiasion energiyaning boshqa qismi sistemani qizdirishga sarf bo’ladi.
Kichik qiymatli tezlikka misol:
Sistemaning effektivligi oqimning past tezliklarida 0,1 tartibida va oqimning katta tezliklarida 0,12 tartibida. Real effektivlik (foydalanilayotgan energiyaning tushayotgan radiasion energiyaga nisbati) odatda bu miqdorlarga nisbatan ancha katta. Real quyosh kollektorlari sistemasida effektivlikning 80% gacha qiymatiga erishilgan.
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari
1.Quyosh kollektori nima?
2. Quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasi bilan o’tkazilgan tajribada suvning temperaturaviy xarakteristikasi qanday o’zgaradi?
3. Quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasiz bilan o’tkazilgan tajribada suvning temperaturaviy xarakteristikasi qanday o’zgaradi?
4.Solishtirma issiqlik miqdori nima?
5.Quyosh kollektoridan foydalanish samaradorligi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |