QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI QIZDIRILAYOTGAN SUV HAJMINING FUNKSIYASI SIFATIDA ANIQLASH
Ishning maqsadi:
1.Temperatura egriligini majburiy sirkulyasiya vaqtining funksiyasi sifatida olish.
2.Quyosh kollektorining effektivligini baholash
Kerakli asboblar va jihozlar: Quyosh kollektori ,quvvati 1000 Wt li cho’g’lanma lampa, suv nasosi, boshqariladigan past kuchlanishli kuchlanish transformatori, qizil-sariq rangli uzunligi 100 sm li bir juft kabellar, mobil cassy qurilmasi, K tipli NiCr-Ni-adapter, NiCr-Ni-temperatura datchigi, qo’l sekundomeri, V shaklsimon shtativ asosi, multiqisqich, universal tutgich, shtativ ustunchasi, plastic stakan, silikon quvurlar
Nazariy ma’lumotlar
Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va o’zi hamda to’ldirilgan suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi η suv yutgan issiqlik energiyasining ΔQ kollektorga tushayotgan radiasion energiyaga ΔΕ nisbati bilan o’lchanadi:
𝜂=Δ𝑄/ΔΕ (1)
Bu yerda radiasion energiya quyidagidan aniqlanadi: 𝛥𝐸=Ф𝛥𝑡, bunda F radiasiya quvvati.
Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq bo’lganda, u atrof muhitga nurlanish, konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlik ajratadi. Shu yo’qotishlar sababli kollektorning effektivligi kamayadi. Tajribada suyuqlikning majburiy sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Sistema (kollektor, quvurlar va bak) tomonidan yutilgan issiqlik energiyasi asosan suvda mujasamlashganligi uchun quyosh kollektorining temperaturasi juda yuqori bo’lib keta olmaydi.
Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasi bilan hamda usiz qo’llaniladi. Bunda bakda suvning temperaturaviy xarakteristikalari o’lchanadi.
1-rasm.Tajriba qurilmasi
Tajriba qurilmasi
1-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan.
Nakonechniklar bilan quvurlarni ulash uchun mos silikon quvurlar va ulagichlardan foydalaning.
- Suv nasosini shunday ulangki, u suvni quyosh kollektorining tubidan quyosh kollektori orqali haydasin, ya’ni nasos nakonechnigini kirish kamerasining nakonechnigi bilan ulash kerak.
-Temperatura datchigini bevosita rezinali jipslagich yordamida quyosh kollektorining chiqish kamerasidagi, 1,5 mm qilib parmalangan teshikka o’rnating. Temperaturani o’lchashning bu bandi quyosh kollektorini qizib ketishining oldini olish uchun ham qo’llaniladi. Kollektordagi suvning temperaturasi 60 °C dan ortib ketmasligi kerak.
- Chiqish kamerasining nakonechnigini bak nakonechnigi bilan ulang.
-Bak chiqish nakonechnigini suv nasosining kirishi bilan ulang.
- Bakga 1000 ml suv soling.
-Bakni shunday ko’taringki, suv nasosi orqali suvning oqib tushishi quyosh kollektoridan o’tib, ortga bakning kirishiga qaytsin. Suv qarshiliksiz oqishi uchun, barcha quvurlar doimo to’g’ri (burishgan va egilgan joysiz) bo’lishi kerak
-Bakni shtativ ustunidagi oldindan belgilangan joyga o’rnating.
-Suv nasosining elektr ta’minotini ulang va qutbga rioya qilib, taxminan 6 V kuchlanish o’rnating.
- Quvur shlanglar sistemasida pufaklar yo’qligiga amin bo’ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |