Adabiyotlar: A1, A3, Q31, Q32, Q33, I34, I35
1.1.Kirish.Fanning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog’liqligi va ishlab chiqarishdagi o’rni
Ushbu fan bugunda butun dunyoda tez rivojlanayotgan qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda muhim tayanch tizimi bo‘lib xizmat qiladi, chunki ko‘p yillar davomida insoniyat tabiiy uglevodorod resurslardan foydalanishda tejamkorlik haqida faol harakatlar olib borilmadi. Texnologiyalar qanchalik jadallik bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, tabiiy uglevodorod resurslari ham shu qadar tez emirilib borayotganligi ayon bo‘ldi. SHundan so‘ng qayta tiklanadigan resurslar zahirasi asosida quyosh energiyasidan quvvat manbai sifatida foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.
YUrtimizda quyosh energiyasidan bevosita yoki uni o‘zgartirish orqali foydalanib ishlaydigan qurilmalarni keng miqyoda joriy etishda “Quyosh energetikasi” fani quyosh energetikasining asosiy tushunchalarini; katta va lokal energiya tizimida quyosh energiya qurilmalarining ishlash faoliyatidagi gelioenergetik hisob-kitoblarini va avtonom iste’molchiga ta’luqli axborot ta’minot xususiyatlarini; Erdagi ixtiyoriy nuqtaga va maydonga kelib tushayotgan quyosh nurlarining orientatsiyasini hisoblash usullarini; istiqbolli quyosh fotoelektr qurilmalari, quyosh kollektorlarining energetik tavsiflari va asosiy texnik sxemalarini; ob’ektlarni va qurilmalarni muqobil energiya manbai orqali elektrta’minotining va quyosh energiyasidan foydalangan holda ob’ektlarni elektrta’minotining umumiy masalalarini; avtonom elektr ta’minot iqtisodiyotini, resursni tejamlovchi texnologiyalarni o‘rganadigan bo‘limlardan iborat.
SHu sabab, quyosh energiya resurslari ta’minotidan keng foydalanishda o‘quv rejasida ko‘rsatilgan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida faol qatnashish, QTEM uskunalari va qurilmalari va elektr jihozlaridan foydalanish yuriqnomalarini o‘rganib chiqish, ulardan ongli ravishda foydalana olish, bo‘tlovchi konstruksiya qismlarini loyihalashtirishni bajara olish kabi vazifalarni talabaga yuklaydi.
“Quyosh energetikasi” fani “Muqobil energiya manbaalari” yunalishida tahsil olayotgan talabalar uchun maxsus mataxasislik fani hisoblanib, asosan 3- kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi mutaxasislik fanlarning o‘zagi hisoblanib, yurtimizda energetika sohasining kelajak rivojida malakali kadrlar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu dastur quyosh energetikasining energetika sohasidagi o‘rni va hozirgi kunda kelajak uchun poydevor quyish kabi dolzarb muammolarni ochib beradi.
"Quyosh energetikasi" fanini o‘qitishdan maqsad - hozirgi kunda butun dunyoda noan’anaviy va qaytalanuvchan energiya manbalaridan keng foydalanish masalalari keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Mana shu muammoni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ham malakali tayanch kadrlarni – bakalavrlarni tayyorlashni amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Ushbu maqsadga erishishda fan talabalarni nazariy fundamental bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, quyosh energetik qurilmalari va ularning rivojlanish tarixini bilish, Quyosh yalpi resurslarining texnik potensialini o‘rganish, energoqurilmalarni ishlatish asoslarini o‘rganish, muqobil energiya resurslari zahiralarini tekshirish, soha olimlari bilan davra suhbatlarida, ilmiy seminarlarda qatnashish kabi talablar qo‘yiladi.
Bu fanni o‘qitishdan asosiy maqsad talabalarga yurtimizda Quyosh energiyasining texnik potensialidan foydalanish to‘g‘risidagi kerakli bilimlaridan tashqari qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ekologiyadagi o‘rni va foydalanish prinsiplarini, hamda texnik muammolar bo‘yicha to‘g‘ri echimlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi, dunyoqarashlarini kengaytiradi.
Talaba issiqlik texnologiya qurilmalarida tizimlarida qo‘llaniladigan barcha jixoz uskunalar va o‘lchash asboblarinnig zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ishlab chiqarilganligiga axamiyat berishi, gidravlik, aerodinamik va issiqlik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyatlarini yaqqol tasavvur qilgan holda u yoki bu jihozni, uskunani, o‘lchash asbobini tanlashni asoslay olishi va tanlangan elementlarni zamonaviy texnologik tizimda xavfsizlik texnikasi, atrof muxitni muhofaza qilish va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda joylashtira olishni bilishi kerak.
«Quyosh energetikasi » fani asosan 5,6 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirishda o‘quv rejasida rejalashtirilgan ushbu o‘quv fani bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun texnik termodinamika, issiqlik va massa almashuvi jarayonlari, yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalar kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak.
Sanoatning turli tarmoqlarida keng qo‘llaniladigan texnologiyalarda qayta tiklanuvchimanbalaridan foydalanish, quyosh energiyasida ishlovchi agregatlarini ishlash va loyihalashda talabalarga tegishli bilim va ko‘nikmalarni shakllangan bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
Ushbu fan «Muqobil energiya manbalari» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilarga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. SHuning sababli ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chikarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |