Quyosh energetikasi


Gidrometeorologiya xizmati



Download 2,73 Mb.
bet55/80
Sana08.08.2021
Hajmi2,73 Mb.
#142631
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
Қуёш энергетикаси маъруза матни

Gidrometeorologiya xizmati —mamlakatda meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya, gidrologiya, geliofizika sohalarida xalq xoʻjaligi uchun ahamiyatli vazifalarni bajarish hamda i. t. ishlari bilan shugʻullanadigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, markazlar, rasadxonalar, lab.lar, st-yalar, kuzatuv manzilari tizimi.

Turkiston oʻlkasi hududida G.x. shakllanishi 19-asrning 70-y.lariga toʻgʻri keladi. 1867 y.da Toshkent sh.da muntazam meteorologik kuzatishlar yoʻlga qoʻyilgan. 1870 y.ning mart oyidan "Turkestanskiye vedomosti" gazetasida meteokuzatish maʼlumotlari va ob-havo toʻgʻrisidagi xabarlar eʼlon etila boshladi. 1873 y.da Toshkent Astronomiya va fizika rasadxonasi ish boshladi, tez orada u Turkiston oʻlkasi meteorologiya xizmatining rahbar markaziga aylandi. 1876 yilda "Toshkent" rasadxona-meteostansiyasi ochildi. Oʻzbekistan G.x.ning rasmiy tashkil etilgan sanasi —1921 y. 7 may hisoblanadi. Shu kuni har xil idoralar tarkibidagi koʻp sonli meteostansiyalar yangi tashkil etilgan xizmat —Turkiston meterologiya instituti ("Turkmet")ga birlashtirildi. 1929 y.da Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya boshqarmasi taʼsis etildi. Xizmat 1931 y.dan boshlab tabiiy muhit holati ustidan kuzatishlar va gidrometeorologik prognozlarning hamma turlarini birlashtiruvchi yaxlit tashkilot tarzida faoliyat koʻrsatmoqda. Jahon ob-havo xizmati tizimi doirasida 1967 y.dan Toshkentda meteorologik axborotlar toʻplanadi, ob-havo haritalari va prognozlari tuziladi va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va Rossiyaning Osiyo qismiga tarqatiladi. Respublika G.x. 1967 y.dan Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan axborotlarni fotosuratlar koʻrinishida qabul qilib, amaliy ishlar.uchun tahlil qiladi. 1972 y.dan tabiiy muhit ifloslanishini muntazam kuzatish ishlari olib boriladi.

Oʻzbekistonda G.x. davlat boshqaruv organlari va iqtisodiyot tarmoklarini (suv xoʻjaligi va energetika, agrosanoat majmuasi, gaz va neft sanoati, avtomobil va temir yoʻl transporti, aviatsiya, aloqa, qurilish, kommunal xoʻjalik va b.) tabiiy muhit holati va iqlimning gidrometeorologik sharoitlari va kutilayotgan oʻzgarishlari, gidrometeorologik hodisalar va atmosfera ifloslanishning yuqori qiymatlari tufayli vujudga kelgan favqulodda holatlar toʻgʻrisidagi ekspert maʼlumotlari bilan taʼminlaydi, ofat hodisalardan keladigan zararni kamaytirish yoki oldini olish uchun gidrometeorologik jarayonlarga faol taʼsir oʻtkazish vazifalarini bajaradi. Respublika G.x. kunlik gidrometeorologik, ekologik; dekadalik agrometeorologik va gidrologik; oylik gidrokimyoviy, gidrobiologik byulletenlar, oylik atrof muhitning ifloslanishi holati toʻgʻrisida axborot; yillik yer usti suvlari rejimi, resurslari toʻgʻrisida maʼlumotlar; agrometeorologik, havo, yer usti suvlari, quruqlik (yer) sifati va tuproqning ifloslanishi yilnomalari, gidroagrometeorologiya va ekologiya masalalari boʻyicha ilmiy maqolalar, toʻplamlar, uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar nashr qiladi. Xizmat koʻrsatilayotgan vazirliklar, idoralar, trestlar, konsernlar, assotsiatsiyalar, firmalar, sanoat korxonalari soni 2 mingdan koʻproq.

G. x. asosini kuzatuv tarmoklari tashki l etadi. Respublikada 47 meteorologik, 10 gidrologik, 1 suv balansi, 5 koʻl, 3 qorkoʻchki, 14 aviatsiya meteorologik st-yalari, 1 zonal aviamarkaz, 1 balandlik mateomajmua, 2 atrof muhit monitornigi st-yasi, 87 agrometeorologik kuzatish punktlari, viloyatlarda q.x. ekinlarini doʻldan himoya qilish xizmati (57 punktga ega; doʻldan himoya maydoni 741 ming ga) ishlaydi (2001).

Oʻzbekiston Respublikasi milliy G.x. gidrometeorologiya, tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi, iqlim oʻzgarishi, choʻllanish, qurgʻoqchilik va b. masalalar sohasida faol va koʻp qirrali xalqaro ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirmoqda. 1993 y. 2 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Jahon meteorologiya tashkilotita (JMT) aʼzo boʻldi. Respublika G.x. xalqaro tashkilotlar: PROON (BMTning rivojlanish dasturi), YUKEP (BMTning atrofi muhit dasturi), YUNESKO, Jahon banki va GFR, AQSH, Shveysariya, Yaponiyadagi gidrometeorologiya tashkilotlari bilan gidrometeorologiya sohasidagi loyihalarni yaratish va amalga oshirishda hamkorlik qiladi.


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish