FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Alinazarova M.A., Ikramov R.G., Ismanova O.T., Dexqonov Sh.,
To’xtabayeva N Quyosh elementlarining effektiv va salt ishlash kuchlanishlari.
“Zamonaviy fizikaning dolzarb muammolari” respublika ilmiy-nazariy anjumani. Termiz, 2013, 138-140 betlari.
Azizov M.A.Yarimo’tkazgichlar fizikasi. T. O’qituvchi 1974. 238-241b.
QUYOSH ELEMENTLARINI MODELLASHTIRISHDA KOMPYUTERLARDAN FOYDALANISH
R.Aliev, M.Nosirov, J.Ziyoitdinov, J.G’ulomov (ADU)
Ma’lumki, hоzirgi zаmоn mutахаssisi qаysi sоhаdа ishlаmаsin, uning оldidа o‘zining sоhаsigа tеgishli yangiliklаrdаn хаbаrdоr bo‘lib turish vа o‘z bilim sаviyasini dоimiy rаvishdа оshirib bоrish tаlаbi qo‘yilаdi. Buning uchun u ilmiy, ilmiy mеtоdik jurnаllаrdа e’lоn qilingаn mаqоlаlаr bilаn tаnishib bоrmоg‘i lоzim.
Bu ishni ахbоrоt tехnоlоgiyalаri muhitidа оlib bоrish ishni аnchа yеngillаshtirаdi vа tеzlаshtirаdi.
Fizik jarayonlarni kompyuter yordamida tasvirlash (modellashtirish) o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishda hamda fizikaviy xodisa va qonuniyatlarni chuqurroq anglab yetishlarida muxim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos muxim tomonlari shundaki, unda turli xil fizik qurilma va asboblar tayyorlash shart emas, xodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istalgan marta takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman kuzatish mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish mumkinligidadir.
Ushbu ishda Quyosh elemetlarini modellashtirishga oid mualliflar tomonidan yaratilgan dasturlar haqida so’z boradi.
264
“Fotoelektrik modul” dasturi Quyosh elemenlarini ketma-ket va parallel ulashning turli kombinatsiyalarini tanlash orqali kerakli chiqish parametrlariga ega bo’lgan fotoelektrik modullar olishga mo’ljallangan. Foydalanuvchi dasturni ishga tushirib, Quyosh elementining yuzasi, to’yinish toki va qisqa tutashuv toki ma’lum bo’lganda, ketma-ket va paralel ulanuvchi elementlar sonini tanlashi, uning elektr sxemasi, volt-amper xarakteristikasi va chiqish parametrlarini olishi mumkin.
Dastur Quyosh elementlari va fotoelektrik modullar to’g’risida tasavurlar hosil qilishga hamda xulosalar chiqarishga imkon bеradi.
“Kremniyli quyosh elementlarida to'g'ri piramidali tekstura hosil qilishning geometrik asoslari” dasturi kremniyli quyosh elementlari sirtida piramida shaklidagi teksturalar hosil qilishning geometrik asoslarini o’rganish uchun mo’ljallangan. Foydalanuvchi mustaqil ravishda dasturni ishga tushirishi, piramida shaklidagi teksturalarga tushayaotgan yorug’lik qaytish koeffisientining piramida asos burchgiga va yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqlik grafiklarini chizib ko’rishi, piramidalarning paramertlarini optimal tanlab, mustaqil xulosalar chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |