≈ 1 eV) energiya berilishi kerak edi. Bunday elektronni «osongina» erkin elektronlar qatoriga beruvchi atom (ko„rilayotgan holda kremniyda fosfor atomi) donor turdagi atom deyiladi. Bunday holda hosil bo„lgan o„tkazuvchanlik esa elektron tipli o„tkazuvchanlik yoki negative “n” tipli o„tkazuvchanlik deyiladi. Endi “p” va “n” tipli o„tkazuvchanlikka ega bo„lgan ikkita yarimo„tkazgichni kontaktga keltiraylik. Kontakt sohasida zaryad tashuvchilarning o„zaro diffuziyasi: “n” yarimo„tkazgichdan “p” yarimo„tkazgichga va aksincha, “p” yarimo„tkazgichdan “n” yarimo„tkazgichga kuzatiladi. Natijada esa p – n o„tish sohasi yuzaga keladi (1.1.3 – rasm). [5] Bir – biriga qarama – qarshi bo„lgan talablarni kompromiss texnik yechimlarga keltirish natijasida tushayotgan yorug„lik nurlanishiga perpendikulyar joylashgan p – n o„tishli Quyosh elementi konstruksiyasi tanlab olingan. Hozirgi zamonda ayrim qo„shimchalar kiritilgan holda (tortuvchi elektr maydoni kiritilishi, orqa tomondagi kontaktga izotip to„siqlar olish, butun qoplamali kontaktni to„rsimon kontaktga almashtirish, sirtki yuzani teksturalash, orqa tomonga akslantiruvchi qoplamalar yasash) yuqoridagi konstruksiya saqlab qolingan. Quyosh elementini samaradorligini oshirish maqsadida uning frontal yorug„likni qabul qiluvchi tomoniga radiatsion – himoya qoplamasi, haroratni boshqaruvchi va yuzani tiniqlashtiruvchi qoplamalar hosil qilinadi. Quyosh elementining ishlashi jarayonida bu qoplamalar material ichiga kiruvchi nurlanish miqdorini ko„paytiradi, ortiqcha issiqlikni nurlantirish hisobiga kamaytiradi. Bundan tashqari qoplamalar yerda noqulay iqlim sharoitlarida va koinotda ularni radiasiyadan himoya qiladi. [13] Quyosh elementi frontal, optik nurlanishga qaratilgan yuzasini, odatda fosfor atomlari kiritilgan kremniyning yupqa qatlamidan tayyorlanadi va uni 1020 sm-3 gacha va undan ham ko„proq darajagacha legirlashadi. Elementning bazasiga esa bor kirishmasi 1015 – 1016 sm-3 darajagacha kiritiladi. Quyosh elementining optik nurlanishga qaratilgan frontal sirtini 5 – 7 % gacha egallagan har xil topologiyali to„rsimon kontakt bilan qoplanadi.