Quyosh batareyasi yordamida olingan elektr energiyani turli maishiy texnika asboblari jamlanmasiga tadbiqi.
Quyosh batareyasi fotoelementlar to’plamidan iborat bo’lib, yorug’lik energiyasini elektr energiyaga aylantirish qurilmasi hisoblanadi. Quyosh batareyalari ekologiyaga zararsizligi, tuzilishining oddiyligi, o’rnatishning osonligi, ko’p xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan boshqa muqobil energiya manbalaridan ajralib turadi. Quyosh batareyalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy hom – ashyo kremniy elementi bo’lib, tabiatda boshqa elementlarga nisbatan keng tarqalgan. Elektr energiyasi hisobiga ishlaydigan maishiy texnika asboblarining asosiy qismi 220 V kuchlanish “U” va 50 – 60 Hz chastotali “ν” o’zgaruvchan tokka mo’ljallangan. Lekin Quyosh batareyalari esa o’zgarmas tok hosil qiladi. Demak, o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantirish kerak. O’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantirish invertorlar orqali amalga oshiriladi. Quyosh batareyalariga yorug’lik nuri tik tushadigan qilib joylashtirilsa, ochiq havoda maksimal quvvatli elektr energiyani olishga erishiladi. Quyosh bir sutka davomida uzluksiz charaqlab turmaganligi sababli energiya uzluksizligini ta‟minlash maqsadida elektr energiyasiga talab kamroq bo’lgan kun davomida akkumulyatorlarga yig’ib turiladi. Bu esa bulutli havoda biror muddatga yetarli elektr energiyasi hisoblanadi. Akkumulyator sonining oshishi elektr energiya zaxirasini oshishiga olib keladi. Quyosh batareyalari yordamida olingan elektr energiya kontroller yordamida akkumulyatorlarga va invertorlarga uzatiladi. Kontrollerning vazifasi akkumulyator zaryadlanishini nazorat qilish, tok stabilligini ta‟minlash va elektr tokini invertorga uzatishdan iborat. Iste‟molchilarga zarur bo’lgan o’zgaruvchan va o’zgarmas elektr toki invertor yordamida uzatiladi. Quyosh batareyalarining foydali ish koeffitsiyenti katta ahamiyatga ega. Quyosh batareyalarining yaroqlik muddati 20 – 25 yillar atrofida bo’lib, bizga uzluksiz elektr energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Quyosh batareyasi qismlari to’g’risida batafsil ma‟lumotlar berilgan. Endi, bu ma‟lumotlar asosida Quyosh batareyasi yordamida olingan elektr energiyani turli maishiy texnika asboblari jamlanmasiga tadbiq qilamiz: Birinchi navbatda, bitta xonadondagi 11 chiroqlar va 3 ta telefonlar uchun zarur bo’lgan elektr energiyasini Quyosh batareyalari yordamida ta‟minlashni ko’rib chiqaylik. Quyosh batareyasi sutka davomida o’rtacha hisobda 10 soat elektr tokini ishlab chiqaradi. Har birining quvvati 10 W dan bo’lgan 11 ta chiroqlar (LED) sutkasiga o’rtacha hisobda 8 soat va 3 ta mobil telefonlar quvvati 10 W li zaryadlash qurilmasidan 3 soat davomida zaryadlansa, jami o’rtacha 0,97 kW ∙ soat elektr energiyasi sarflanar ekan. Hozirgi kunda 1 kW ∙ soat elektr enegiyasi 167 so’m 40 tiyinni tashkil etadi. Demak, sutkasiga o’rtacha 162,378 so’mlik elektr energiya sarflanar ekan. Quyosh batareyalari kun davomida 2,28 kW ∙ soat elektr energiyasi akkumulyatorlarga yig’adi va bu Quyosh batareyasi bilan 11 chiroqlar va 3ta telefonlar sutka davomida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta‟minlanar ekan. Endi, maishiy texnika asboblari sonini orttirib, ularni Quyosh batareya yordamida elektr energiyasi bilan ta‟minlashni ko’rib chiqamiz. Yuqoridagidek hisoblashlar natijalariga ko’ra, 11 ta chiroqlar, 3 ta mobil telefonlar, 1 ta televizor, 1 ta noutbuk va 1 ta muzlatgich uchun zarur bo’lgan elektr energiyasi o’rtacha hisobda, 1,465 kW ∙ soat ni tashkil qilar ekan. Bu elektr energiyani Quyosh batareyasi yordamida ta’minlash mumkin. Demak, ushbu kichik stansiya yordamida kun davomida 2,28 kW ∙ soat li maksimal elektr energiyasi akkumulyatorga yig’iladi va maishiy texnika asboblarini sutka davomida elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlashga yetadi.
Hisoblashlar natijalariga ko’ra, 8 ta chiroqlar, 3 ta mobil telefonlar, 1 ta televizor, 1 ta noutbuk, 1 ta muzlatgich 1 ta dazmol va 1 ta elektr choynak uchun zarur bo’lgan elektr energiyasi o’rtacha hisobda 2,91 kW ∙ soat ni tashkil qilar ekan. Bunday quvvatli elektr energiyani Quyosh batareyalari yordamida ta‟minlash 5 300 000 so’mga to’g’ri keladi. Endi, 1 kW quvvatli Quyosh batareyasini loyihalashtiramiz Har birining quvvati 205 W va aktiv yuzasi 1,3 m2 (160 sm x 80 sm) ga teng bo’lgan 5 ta Quyosh batareyalari (umumiy aktiv yuzasi 6,5 m2) ga yorug’lik nuri tik tushadigan qilib joylashtirilsa, ochiq havoda 1 kW maksimal quvvatli elektr energiyasini olishga erishiladi. Hisoblashlarga ko’ra, hozirgi kunda 1 kW quvvatli Quyosh batareyalari 13 500 000 so’mga to’g’ri kelar ekan.
1.5-rasm. 1 kW quvvatga ega bo’lgan Quyosh batareyalarining tarkibiy qismlari. a) Quyosh batareyalari; b) kontroller; d) akkumulyatorlar; e) invertor.
Do'stlaringiz bilan baham: |