Quyidagilar kamondan otish sport turini yanada


Butunjahon kamondan otish federatsiyasi hamda Osiyo kamondan otish federatsiyasi



Download 59 Kb.
bet6/6
Sana18.02.2022
Hajmi59 Kb.
#453061
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jamiyatimizda sog

Butunjahon kamondan otish federatsiyasi hamda Osiyo kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirsin, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda, ushbu tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lab berish bilan bog‘liq xarajatlar 2022 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar (avvalambor Turkiya, Eron, Malayziya) va boshqa mamlakatlar (Koreya Respublikasi, Germaniya, Rossiya) bilan birgalikda kamondan otish sport turi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, musobaqalar va turnirlarni o‘tkazish, tajriba almashish, boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatsin.
9. Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda 2021 yil 1 нояbргa qadar mamlakatimizda etnosport turlarini (belbog‘li kurash, uloq, ko‘pkari, oshiq o‘yini, qarabtep (lanka) o‘yini, ot poygasi, ko‘k bo‘ru, dorboz, chillak va boshqalar) rivojlantirish va ommalashtirishni, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Moliya vazirligi (T.Ishmetov) mazkur qarorga asosan joriy yilda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablag‘larni 2021 yil Davlat byudjetida Turizm va sport vazirligi uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, 2022 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.
11. Tashqi ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasining buyurtmasiga asosan kamondan otish sport turi bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirmasdan kirish vizalarining rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
12. Ichki ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasining buyurtmasiga asosan kamondan otish sport turi bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalarining berilishini va muddatining uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
13. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib turizm va sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2021 yil 17 iyun
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish