Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab. A tasi b tasi c tasi d 5 tasi 2


Saodat soatini soatsozga sozlatdi



Download 17,75 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi17,75 Kb.
#788177
1   2   3
Bog'liq
ona tili

11. Saodat soatini soatsozga sozlatdi.
Ushbu tez aytishdagi so`z yasovchi qo`shimchalar tarkibida
nechta jarangli sirg`aluvchi undoshlar bor?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 1 ta
D) Bunday qo`shimcha mavjud emas
12. Shunda arilar bularning ahvolini ko`rib, bular ham bizga
o`xshagan och qolganlardan ekan, deb qayoqqa
ketishayotganini so`rabdi. (“Susambil”)
Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan?
A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta
13. Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada
beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada
bag`rida olib yotgandi. Bo`rixon do`mboqqina bola bo`lgandi.
Uni yomon ko`zdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u
ko`zmunchoqlar taqib qo`yardi. (“Qora ko`z majnun”)
Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan?
A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
14. Qaysi gap tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha bilan
omonim bo`la oladigan fe`llarning munosabat shakli
qatnashmagan?
A) Uning sovuqdan lablari ko`karib ketgan.
B) Farovonlik istasang, baxtli bo`lganingda ham do`st-yor
orttir.
C) O`sha paytlar u Toshkentda yashardi.
D) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar.
15. Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga
berkinadi.
Berilgan gap haqida qaysi fikr to`g`ri?
A) gap tarkibida otlashgan sifatdosh qatnashgan
B) gapda o`zlik nisbatidagi fe`l qatnashgan
C) gap tarkibida barcha bo`laklar kesimga to`g`ridan to`g`ri
(bevosita)bog`langan.
D) gap tarkibida otlashgan sifat qatnashgan
16. Charchamang, ko‘zlarim, boqay to'yguncha,
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil.
Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri
emas?
A) Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar buyruq-istak
maylida qo‘llangan. B) Ushbu gapda hokim qismga b
itishuv usulida tobelangan fe’l
qatnashgan.
C) Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan ravishdosh qatnashgan.
D) Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan.
1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib
narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib
turgan qayiqchilardan
biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi.
Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim
qayiqchidan so‘radi:
Sen hech nahv o‘qiganmisan?
Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda
o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi. “Ilm-u ziyo” o’quv markazi.
93-090-90-30
@ilm_u_ziyo_ATM
6
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Ustozlar ko’chasi 1-A uy.
2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala
boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun
harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa
cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan
olimdan qayiqchi so‘radi:
Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan.
3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im
cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika)
emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan
dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)
17. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si asosida tayyorlangan
ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y
bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni
belgilang.
a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion);
c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik).
A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-c, 3-a
18. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si ma’lumotlari asosida
tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va matnning uchinchi
bandida nechta ravish ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
19. ... yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar.
Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga
nisbatan qo`llangan?
A) “Uloqda” hikoyasida Turg`unning o`rtoqlari
B) “Ravshan” dostonida kallar
C) “Mehrobdan chayon”da Anvarning o`rtoqlari
D) “Uch og`a-ini botirlar” ertagida botirlar
20. Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi
qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor
ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang
ekan” deya ta’riflaydi?
A) Yayfan B) Nursux C) Rafqon D) Beshariq
21. E.Vohidovning qaysi asarida xalqlar, millatlar, dinlar
o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib
kelishi teran tasvirlangan?
A) “Ruhlar isyoni”
B) “Nido”
C) “Palatkada yozilgan doston” D) “Quyosh maskani”
22. “Me’mor” romanida “podsholarga yaqin yurmoq ajdarga
yaqin yurmoqlikdan xavflidir”, - deb kim aytgan?
A) Najmiddin Buxoriy
B) Nizomiddin
C) Zulfiqor
D) Zavrak
23. “Ko`p o`tmay, bozorning odatdagi tashvishi, to`poloni
boshlandi. Bolalarning qiy-chuvi, sigir-buzoqlarning ma`rashi
bilan dallollarning “Bor baraka”si qo`shilib, yaqindagina
osoyishtalik hukm surgan qaqroq daryoga bahor toshqinidek
jon kirdi”.
Ushbu jumlalar qaysi asarda uchraydi?
A) “Qiyomat qarz”
B) “Yulduzli tunlar”
C) “Ravshan”
D) “Me`mor”

Download 17,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish