Ona tili online test



Download 19,11 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi19,11 Kb.
#180169
Bog'liq
02.04.2020. online test


ONA TILI ONLINE TEST.

1.U o ‘z yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida to‘lqinlanib gapirdi.

Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

A) Ushbu gapda 3 ta aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan.

B) Ushbu gapda 2 ta holli so‘z birikmasi qatnashgan.

C) Ushbu gapda 4 ta otli so‘z birikmasi qatnashgan.

D) Ushbu gapda 4 ta fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan

2. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, oilasini juda qadrlar ekan.

Ushbu gapda tobe bog‘lanishlarda ham tobe, ham hokim qism bo‘la olgan nechta so‘z bor?

A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta

3. Turli podsholarni ko‘rgan Binoiy yosh Boburning halolligidan qattiq ta’sirlandi.

Mazkur gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

A) Boshqaruv usulida birikkan 3 ta fe’ lli so‘z birikmasi qatnashgan.

B) Bitishuv usulida birikkan 2 ta fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan.

C) Moslashuv usulida birikkan 2 ta otli so‘z birikmasi qatnashgan.

D) Bitishuv usulida birikkan 3 ta otli so‘z birikmasi qatnashgan.

4. 0 ‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o'quvchining burchidir.

Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud?

A) 8 ta

B) 6 ta


C) 7 ta

D) 5 ta


5. Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili birikma qatnashgan?

A) Ko‘p o‘ylaydigan odam iloji boricha kam so‘z ishlatib, ko‘proq fikr berishga intilib gapiradi.

B) Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o‘tkirligi uchun kurash - madaniyat quroli uchun kurashdir.

C) 0 ‘rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir.

D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishnihg eng qulay vositasi ekanligi shubhasizdir.

6. 1) dardli nigoh 2) dardli xo‘rsinish 3) kumush kabi tola 4) kumush kabi tovlanmoq 5) chiroyli kiyim 6) chiroyli kiyingan.

Berilgan birikmalarning qaysilari holli birikma sanaladi?

A) 3, 4, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) faqat 3 va 4 D) 2, 4, 6

7. Qaysi gapda nomustaqil kesim shakli qo‘llangan?

A) Qalb salomat bo‘lsa, aql ham, fikr ham salomat bo‘ladi.

B) Qani til bo‘lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!

C) Bugundan boshlab aravachilar siz bilan borishsa.

D) Berilgan gaplarning barchasida nomustaqil kesim shakli qo‘llangan

8. Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qo‘llangan gapni toping.

A) Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.

B) O‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi.

C) Mening borishimdan sizga nima foyda?

D) So‘rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal..

9. Uyushiq kesimli gapni toping.

A) Odamga andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak.

B) Tomog‘im qurib borar, suv ichgim kelar, lekin ko‘nglim aynardi.

C) Uning so‘zlari sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan edi.

D) Oygul bilan qul Tarlon bo‘ldilar yo‘lga ravon.

10. Egasi mavjud gapni toping.

A) Inim, kitoblarni sandiqqa joylashtiravering.

B) Sobir, eski oshnalaringni topib keldim.

C) Bu tepalikka chiqish orqada qolgan yo‘lning azobidan ham ortiqroq bo‘ladi.

D) Xayriyat, vaqtida yetib keldik.

11. . Har bir yangi avlod yangi tarixni yaratadi, takomillashtiradi Gapdagi teng va tobe bog’lanishlarni toping A) 1 ta teng, 7 ta tobe bog’lanish B) 2 ta teng, 5ta tobe bog’lanish B) 1 ta teng, 6 ta tobe bog’lanish D) 1 ta teng, 5 ta tobe bog’lanish

12.Urg’u orqali ma’no farqlanadigan so’zlar qatorini aniqlang.

A) tunlar, qumlar, terlar

B) qo’ylar, gullar, pullar

C) bo’zlar, tuzlar, qoplar

D) bolalar, onalar, uylar

13. Kompyuterlashtirmoq so’zi nechta havo zarbi bilan aytiladi?

A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta

14. Urg’gu quyi keng unlilardan biri ishtirokidagi bo’g’inga tushgan so’zni aniqlang.

A) qayg’urma

B) bisotimdagi

C) sokingina

D) afsuski

15.Qaysi so’zning talaffuzida assimilatsiya ro’y beradi?

A) adabiyotchi

B) zarur


C) tebratmoq

D) biroq


16. Yayrab ketaman. Bunga sabab, yoshligimda gunafsharang qog‘ozdan varrak yasab uchirardim. Shunisi qiziqarli ediki, ko‘m-ko‘k bahor osmoni bolalar uchirgan anvoyi rang varraklarga to‘lib ketardi. Ular orasida mening gunafsharang varragim alohida ajralib turardi.

Yuqoridagi gapda fonetik o‘zgarishga uchragan tub so‘zlar soni nechta?

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

17. Faqat tub so’zlardan tashkil topgan egasi noma’lum gapni aniqlang.

A) Kadrlarni o’z o’rniga qo’yish ishiga hanuz kirishilmadi

B) Har qanday so’zni o’ylab gapirish kerak

C) Bilmagan ishga urinib tuzoqqa ilinma

D) Hozircha shu shaharchada yashashga to’g’ri keladi

18.Qaysi gapda bitishuvli birikmalar soni ko’proq?

A) Yolg’iz odam holini ko’ring bunda, yoronlar.

B) Bizning uyga kelganlar sira norizo bo’lib ketishmaydi.

C) Har bir o’quvchining qiziqishi albatta inobatga olinmog’i shart

D) Bozorning arzon matohlari endi xaridorgir bo’lmay qoldi.

19. Hokim so’zning ham , tobe so’zning ham asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan so’z birikmasini toping.

A) terakning tanasi

B) uyning yoni

C) g’alabaga erishmoq

D) nafas yo’li

20.Biz kelajagi buyuk davlatda yashayapmiz.

Berilgan gapda tobe bog’lanishlar soni nechta?



A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5
Download 19,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish