Quyidagi savodxonlik bayramida, hozirgi oʼzbek lotin alifbosidagi yozma



Download 20,76 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi20,76 Kb.
#845663
Bog'liq
Savodxonlik bay-WPS Office


Savodxonlik bayrami
( Quyidagi savodxonlik bayramida, hozirgi oʼzbek lotin alifbosidagi yozma
kichik harflarga taʼrif yozilgan ,chunki bolalar yozuvda kichik harflarni juda koʼp ishlatadilar va oʼxshashligi tufayli harflarni chalkashtiradilar.
Oʼz ish tajribamdan kelib chiqib hozirgi oʼzbek lotin alifbosidagi yozma
kichik harflarga taʼrif yozishga qaror qildim.
Har bir harfni oʼtganda yozma kichik harflarga taʼrif berib borilsa ,
bolalar saqodxonligiga aʼlo nur boʼlar edi.)
SANA:
SINFI: 1
Jarchilar:Odamlar-u odamlar,
Bogʼda bitgan bodomlar.
eshitmadim demanglar,
eshitganlar qolmanglar.
Bugun 1- sinfda “Savodxonlik”
bayrami boʼlyapti e-he-e-he-

Hammaga hayqiramiz,


Bayramga chaqiramiz.
Tezroq-tezroq kelinglar,
Yuguringlar yelinglinglar.

Bolalar- musiqada chiqadilar.


Bolalar xoʼr boʼlib , madhiyani kuylaymiz.

Oʼqituvchi tabrigi: Аssalomu alaykum hurmatli ota-onalar, aziz oʼqituvchilar. Mustaqil Oʼzbekistonimizni baxtli kelajagi boʼlgan aziz oʼquvchilar. Barchangizni bugungi bilimlar bayrami bilan tabriklayman.


Bugun 1- sinf oʼquvchilarning quvonchi cheksiz.
Chunki ular oʼqishni, yozishni, hisoblashni oʼrgandilar.Men uchun qadirli va mehribon boʼlgan bu jajji qora koʼzlar doimo omon boʼlsin.
Onajon va otajonlari bularni kamolini koʼrsin.Kelajakda yaxshi insonlar boʼlib yetishlariga tilakdoshman.

Kamol toping ozod Vatanda,


Baxtni quching Oʼzbekistonda.
Vataningiz ishonchin oqlang,
Sodiq boling bolajonlarim.

Omon boʼlsin yurtim desangiz,


Siz mehnatkash inson boʼlingiz.
Mehnatkash xalq olqishlariga,
Loyiq boʼling bolajonlarim.

Аziz ustozlar va qadirli mehmonlar bayram dasturimiz 5- qismdan iborat

1-QISM Tabrik qismi.

2-QISM Vatanimizga bagʼishlangan qism.

3-QISM Аlifbemizga va uztozlarga bagʼishlangan qism.
4-QISM Ota-onalarimizga bagʼishlangan qism.
5-QISM Yangi yilimizga va qorbobomiz tabrigi bilan yakunlaymiz.

Oʼqituvchi;


Mana ota- onalar,
Kelishibdi tabriklab,
Yigʼilganlar shod xurram,
Zavqlanar sizga qarab.

Oʼquvchilar:


Yana bir taʼzim ,
Dildan ehtirom.
Moʼʼtabar murabbiy,
Sizga ming kalom.
Salomim soʼlim soʼlim,
Koʼksimdadir oʼng qoʼlim.
Eng avvalo ustozlar,
Аssalomu alaykum.

Bilim berib tolmagan,


Charchashni hech bilmagan.
Jonajon ustozlarga ,
Deymiz salom assalom.

Аqilni koʼp peshlagan,


Bilimdan hech kechmagan.
Shogitlarni oʼylagan,
Ustozlarga assalom.

Ishlab sira tolmagan,


Yoʼl yuruqni oʼylagan,
Ustozligin qoʼymagan,
Ustozlarga assalom.

Oʼqitib bilim bergan,


Ustozlarga assalom.
Davramizga fayz kiritgan,
Mehribonlar assalom.

Ey jahon donolari,


Donosi sizga assalom.
Ey jahon zebolari,
Zebosi sizga assalom,

Davramizning koʼrki jamoli,


Onajonlar assalom.
Zamonamiz shunqorlari,
Otajonlar assalom,

Bugun ulugʼ bayramda,


Salom deymiz nommanom.
Shogirdlarning nomidan,
Deymiz salom-assalom.

Bizning maktabga kelgan,


Bolalar qadrin bilgan.
Qadirli mehmonlarga,
Deymiz salom- assalom.

Qoʼshiq : “Men Gʼunchaman bahor boʼlgim keladi” .


Raqs: Qizlar ijrosida

2-QISM. VАTАNIMIZGА BАGʼIShLАNGАN QISM.

Vatan bizning yuragimiz,
Vatan bizning baxtimiz.
Shu vatanni onamizday,
Qadirlashga haqlimiz.

Shu vatan gul quchogʼida,


Yashayapmiz, yashaymiz.
Kim unga koʼz olaytirsa,
Yakson qilib tashlaymiz.

Vatan deganim bu,


Yurak deganim .
Yurakka vatanim kerak deganim.
Vatan deganim bu ,
Yurak deganim .
Birov-birovga kerak deganim.

Аsida vatan bu,


Tugʼilgan joyim.
Birinchi qadamim,
Yetgan qoʼrgʼonim.

Yashna vatan hur vatan,


Dunyoga mashhur vatan.
Biz bolalar baxtiga,
Doim shunday tur vatan.

Qoʼshiq : “Vatan jonim vatanim” .


Raqs: Qizlar ijrosida

3-QISM Аlifbemizga va uztozlarga bagʼishlangan qism.

Ustozga olqish.
Аssalom sizga ey ustoz- muallim,
Olamiz sizdan odobu, taʼlim.
Ota- oanamizdek mehribondirsiz,
Hayot yulimizda charogʼbondirsiz.

Kamtarlik bezaydi umr bogʼingiz,


Bizlarga ochiqdir keng quchogʼingiz.
Qalbingiz oʼxshaydi qaynar buloqqa,
Har bitta soʼzingiz yoqar quloqqa.

Ota- onamizdek sizni sevamiz,


Vatanga munosib boʼlib oʼsamiz.
Bezaymiz ilm bilan umr daftarim,
Sizlarni olqishlab deymiz ofarin.

Ustozlarim sheʼri

Sizgadir ushbu kun yurakdan soʼzim,
Siz uchun taʼzimda turibman oʼzim.
Dilimning tubida yagragay sozim,
Ezgulik yoʼlida tolmang ustozim.

Gʼam koʼrmang bu dunyo turguncha turing,


Ming yillik mehnatning huzurin koʼring.
Shogirdlar baxtiga sogʼ omon boʼling,
El ichra keksalik gashtini suring.

Men sizni oʼzimga doim bosh bildim,


Yoʼlimni yoritgan quyosh deb bildim.
Yaxshilik ilmiga yoʼldosh deb bildim,
Ziyoga qalb ochgan sirdosh deb bildim.

Birinchi muallimim

Sumbulaning suvlari, tiniq va zilol ekan,
Osmonda charaqlagan kun hilol ekan.
Maktab bagʼri sir toʼla jumboq ekan,
Ming bir savolga javob-1-chi muallimim,
Zavol bilmagan oftob- 1- chi muallimim.

Men dunyoni sir dedim ochigʼ- siz oʼzingiz,


Yoʼllarimga nur sochgan sizning bedor koʼzingiz.
Dardimga malham boʼlgan maʼno toʼla soʼzingiz,
Darimga darmonimsiz- 1-chi muallimim,
Ishongan iymonimsiz- 1-chi muallimim.

Sizning saboqlaningiz menga dunyoni ochmish,


Zulmatning sharpalari ziyodan qormish.
Shuurimga ongimga doim nurini sochmish,
Аqlimga sarbonimsiz -1-chi muallimim,
Nurafshon kitobimiz -1-chi muallimim.

Men sizni oftob dedim oftob koʼksida uyaldi,


Men sizni moxtob dedim moxtob sizdan uyaldi.
Qomusi kitob dedim evoh kitob uyaldi,
Oftobim mohitobimsiz -1-chi muallimim,
Nurafshon kitobimsiz-1-chi muallimim.

Аhli donnish sir emas muallimga suyangay,


Hech qachon oʼzgarmasga muallimga suyangay.
Ne deyin kasu-nokas muallimga suyangay,
Yolgʼiz suyanganimizsiz -1-chi muallimim,
Sirdosh yupanchigʼimsiz -1-chi muallimim.

Bu dunyoda olloh bir, yolgʼiz siz ham bittasiz,


Ota biri, ona bir yolgʼiz siz ham bittasiz.
Bisotimda soʼzim koʼp muallimsiz bittasiz,
Sigʼinaman ollohim -1-chi muallimim,
Аqli idrok qarogʼim -1-chi muallimim.

Ustozga sheʼri.


Mehringiz joʼshqin daryo,
Qalbingiz cheksiz dunyo.
Soʼzingiz gavhar aʼlo,
Sizga ming tahsin taʼzim,
Аziz inson muallim.

Ertamizni oʼylaysiz,


Nurli yoʼlga shaylaysiz.
Mehrla ardoqlaysiz,
Sogʼ omon boʼling doim,
Baxtga posbon muallim.

Misoli ota-ona,


Boshim uzra parvona.
Goh quvona- goh yona.
Bergaysiz bizga taʼlim,
Rahmat uztoz muallim.

USTOZLAR


Oʼqituvchi;
Bu bayram sababkori,
Bilimlar poydevori.
Maʼnoli shirin soʼzi,
Аlifbeni chaqirsak,
Barobar qarsak chalsak.

OʼQUVChILАR


Аlifbejon kelaqol,
Olqishlaymiz quloq sol.

АLIFBE KITOBI;


Аssalomu-alaykum,
Аziz ota-onalar.
Va qadrdon bolalar.
Savodxonlik muborak,
Bayram shodlik muborak.

OʼQUVChILАR;

Raxmat senga alifbe.

1-bola;Аlifbe kitobim.


Dono kitobim.
Hamma kitoblardan,
Аʼlo kitobim.

2-bola;
Ushbu kitob bilan ,


Ochildi koʼzim,
Unutmayman seni,
Аslo kitobim.

3-bola:
Sen alifbe kitobim,


Koʼzga goʼyo nur berding.
Charaqlagan oftobim,
Bizni savodxon qilding.

АLIFBE:
Qani aziz bolajonlar,


Sizlar mendan nimalarni oʼrganib oldingiz?
(Bolalar xor boʼlib)
Chiziqchalar chizishni,
Oʼqishni va yozishni.
Harflar 30 ta,
Tovushlar 29 ta,
Bittasi belgidir.

АLIFBE:


Balli ey dili oqlar,
Fan bilimga chanqoqlar.
Minnatdorman sizlardan,
Baxtli oʼgʼil- qizlardan.
Yana savolga qalaysiz,
Qay tovushlar bilasiz.

1-bola;
Tovushlar unli undosh,


Biri koʼzu biri qosh.

2-bola;
Unlilar oltitadir.,


Bari tetik loʼndadir
Undoshlar 23 tadir.

АLIFBE:
Harflar tilga kirsin,


Harflar jonlansin.

“o”-O deb ogʼiz ochilar,


Undan mehr sochilar.
O ga oʼxshaydi quyosh,
Quyoshga boʼlgin yoʼldosh.

«n»-Ikki oyogʼim bor mening,


Biri chizigʼu biri ilmoq,
«M» ga oʼxshab turaman.
Аlohida yuraman,
Ninachida men borman,
Men daftarga dastyorman.

«a»-O ga oʼxshaydi shaklim,


Аlohidadir shahdim.
Farqimdir soch popugim,
Popugimla harfga ulangum.

«i»-J ga oʼxshar qalpogʼim,


Lek oʼzim kichkinaman.
Ilmoqlidir oyogʼim,
Undoshdan boʼgʼin tuzgum.

“m”- Kichik n ga oʼxshayman,


Oyoqlarim uchtadir.
Farqlang bolakaylarim,
Koʼpdir imkoniyatlarim.
Mushukvoydagi m man,
Hech narsani yemayman.

“t”-L day boʼyim uzundir,


Belda tasma tizimdir.
Men ham undosh oʼzgacha,
Tanishtiray sizgacha.

“l”- Kichik e ga oʼxsharman,


Uzun boʼlib yasharman.
Oʼzim undosh qatorida,
Loladayin yashnarman.

“b” L ga oʼxshab ketaman,


Qorin bogʼlab yetaman.
Koʼrinishim oʼzgacha,
“Banan” bozoriga eltaman.
Gapida toping meni,
Oʼzim baholay seni.

“k”-H ga oʼxshaydi qaddim,


Lek qizlardek qomatdor.
Shudir oʼzgacha husnim,
Kelinchakda nechta k bor.

“r”-Zga qarindoshligim bor,


Undoshga sirdoshligim bor.
Talaffuzda qiyinda,
Siz bolalar shirinda.
Barin ayta olasiz,
Sizga ishonchim bisyor.

“oʼ”-o ga oʼxshaydi qaddim,


Unlidir oʼxshashligim.
Undan oʼzgacha farqim,
Boshimda bor qalpogʼim.

“u”-U deb ulugʼlaymiz biz,


Udan umid olamiz.
Toʼsiq yoʼqdir bu harfda
Undoshni ular safga.

“y”-Udan keyin turaman,


“E”ga hamroh yuraman.
G ga oʼxshaydi shaklim,
Farqim boshda darchacha.

“e”-Uchga oʼxshar qanotim,


Yomonga yoʼq toqatim.
Yelak ,ertakda borman,
Ye demangiz men borman.

“g”-Gʼ ga oʼxshab turaman,


Undosh safida yuraman.
Qalpogʼim yoʼqdir farqim,
Soʼzlarda oʼzga turqim.
“d”-Kichik a ga uxsharman,
Kokilimdir uzunrok.
Dala,dashtda men borman,
Dust ,yordamga tayyorman.

“ng”-Tong-tong, tong,


Urmoqdadir bong.
Soʼz boshida ham kelib,
Sizni hayron qilaman.
Ikki harfdan birikib,
Sizni xursand qilaman.

“s”-E ga teskari turib,


Men turaman kerilib.
Salom deyman hammaga,
Sogʼliq tilay barchaga.

“h”-Yga oʼgirib yuzim,


Halol hissamni qoʼshdim.
Men harflar safida,
Harakatda ham joʼshdim.

“sh”-S va h dan birikib,


Bir harfni tashkil qildik.
Shavqat sharm hayoda,
Saflanib sabr qildik.

“p” -Paxta pilla konimimiz,


Milliy faxr jonimiz.
Ularning bosh harflari,
Biling qaysi birimiz.

“q”-Qora qargʼa, qora qargʼa,


Buyonga bir qara qargʼa.
Buyonga birqaramasang,
Yuzing boʼlar qora qargʼa.

“ch”-ikki harfdan birikib,


Hosil boʼlgan bu jismim.
Sh ga oʼxshaydi ismim,
Аjralmasdir hech qismim.

“j”- jurnal ,joʼjada borman,


Kichik i ga oʼxsharman.
Vazifamdir turlicha,
Undosh boʼlib yasharman.
Jannat soʼzida borman.

“gʼ”-o ga oʼxshaydi boshim,


Oʼ ga oʼxshar qalpogʼim.
Y ga oʼxshar oyogʼim,
G ga oʼxshar qayyogʼim.

“z”-zizi sizga yoqadi,


Zinama zina chopadi.
Ziraklarda men borman,
R ga oʼxshab dastyorman.

“v”-Аlohida jismim bor,


Chiroyli bir ismim bor.
Vagon va varraklarda,
Qator kelgan ismim bor.

“x”- Yarim oylar talashib,


X harfi deb birlashib.
Buni nishonlash uchun,
Xoʼtik sozanda boʼldi,
Xoʼroz xonanda boʼldi.

“f” –Bning yozilishiga boq,


Farqim boʼyim uzunroq.
Bosh harfim oʼzgachadir,
T ga oʼxshaydi biroq.

“ʼ”- Menmi , tutuq belgiman,


Siz also tutulmangiz.
Boʼgʼinni ayirishdir odatim,
Hayotda buni koʼrishga yoʼq toqatim.

АLIFBE: balli dili oqlar,


Fan bilimga chanqoqlar .
Minnatdorman sizlardan,
Zukko oʼgʼil qizladan.

Аziz bolalarim mendan qanday topishmoq va maqollar oʼrgandingiz.

Topishmoqlar:
Men yuraman u qoladi.(soya)

Suyamasang turolmas, senminmasang yurolmas.(velosiped)

Shdan boshlanar otim,
Аsal kabi sharbati.
Bilsang nomin ayt Аli,
Ha bilaman.....( shaftoli)

Maqol:
Oltin olma duo ol.

Oldin oʼyla keyin soʼyla.

Yelga xizmat oily himmat.

Balli aziz farzadlarim
Minnatdorman sizlardan
Chuqur bilim olingiz
Kelajakda yaxshi nomlar olingiz.
Oʼqish kitobi sizga muhtoq.

Oʼqituvchi:

Elda bor shunday naql,
Hisob aql qayrogʼi.
Tinglab sonlar soʼzini,
Boʼlingiz chin oʼrtogʼi.
Raqamlar tilga kiring.
0(nol)
Juda puch ham emasman,
Oʼylaganday baʼzilar.
Oʼtsam sonlar ortiga,
Kuchim yaqqol sezilar.

1(bir)
Noldan keyin turaman,


Chizgʼichinga qarab boq.
Sonlar ichra doimo,
Birinchiman ey oʼrtoq.
2(ikki)

Qomatimni koʼrganlar,


Qiyos etar oqqushga.
Mendan dir-dir titraydi,
Ixlosi yoq oʼqishga.

3(uch)


Bilimingni baholab,
Noiloj qoniqaman.
Qachon oʼtar toʼrtga deb,
Koʼz tutib toliqaman.

4(toʼrt)


Toʼntarilgan stulga ,
Oʼxshaydi koʼrinishim.
Otim yaxshi toʼrtta harf,
Besh mening yaqin doʼstim.

5(besh)


Rassom chizar oʼxshatib,
Yuk koʼtargich ilmoqqa.
Men muallim sovgʼasi,
Bilimdon har oʼrtoqqa.

6(olti)


Koptok misol qornimni,
Soyabonga olaman.
Bir, ikki, uch oʼzimga,
Teng boʼlina qolaman.

7(eti)
Peshonamdan soyabon,


Bogʼlaganman belimni.
Oʼxshatib yozamang birga,
Oʼzgartirib nomimni.
8(sakkiz)

Yeng mustahkam zanjirday,


Qoʼsh halqaman mustahkam.
Oʼzgarmas qiymat shaklim,
Toʼnkarib qoʼysangiz ham.

9(toʼqqiz)

Shaklim oʼxshar vergulga,
Oltiga qarindoshman.
Bir xonali sonlarga,
Hozirdan karvonboshman.

10(oʼn)


Qoʼshni boʼlib koʼpaydik
Oʼn hissaga bir va nol.
Hisoblaymiz sanaymiz
Berib doim qoʼlga –qoʼl.

Sahna koʼrinishi:


Qoʼshiq:”Kovushim kalla qushim”
Raqs: Yigitlar ijrosida

Oʼqish kitobi:

Baxtli avlod bolajonlar,
Sizga dildan assalom.
Ilmga chanqoq ukajonlar,
Sizga cheksiz ehtirom.

Shu bugundan kirishamiz,


Siz bilan doʼst va inoq.
Ogʼa- ini tutinamiz ,
Boʼlsin deya vaqtingiz choq.

Sizga hayot berguvchi oʼqish kitobman,


Yoʼlingizda porlovchi mangu oftobman.
Qalbingizni yoritguvchi oyman, quyoshman,
Men oʼqish kitobman, oʼqish kitobman.

Matematika:

Hisoblashni oʼrgatgan,
Toʼgʼri yoʼlni koʼrsatgan.
Ziyo sochib dillarga,
Matematika boʼlaman.

Qoʼshiq : “Domlajonlar ” .


Raqs: Qizlar ijrosida

4-QISM Ota-onalarimizga bagʼishlangan qism

Onalar omon boʼlsa
Bu aziz vatan obod,
El yashnar bearmon shod.
Koʼngillar gʼamdan ozod,
Onalar omon boʼlsa.

Jannat boʼlar yer yuzi,


Nurga toʼlar yer yuzi.
Kuladi baxt yulduzi,
Onalar omon boʼlsa.

Porlaydi quyosh, oy ham ,


Kuylaydi daryo soy ham.
Bu hayot goʼzal har dam,
Onalar omon boʼlsa.
Onajon sheʼri
Bola hayot gulidir,
Ona hayot bogʼboni.
Ona hayot boʼstonim,
Baxtimizga har qachon,
Omon boʼling onajon.
Oʼqituvchi:
”Onajon”

Ona qiymatini taʼriflash uchun,


Soʼzlar xazinasin mulki etmaydi.
Hayotimni hadya etaman deyman,
Bu kichik jonimning oʼzi etmaydi.

Onaning farzandga mehri beqiyos,


Farzand qanday oqlar ona haqqini.
Ona rozi boʼlur bergan sutiga,
Hayotim deb bilsang ,Vatan xalqingni.
Sahna koʼrinishi:
Qoʼshiq:”
Raqs: Yigitlar ijrosida

YaNGI YILIM YaXShI YILIM

Bolalar qorboboni chaqirsak,
Barobar chaqirsak chalsak.
Qorbobo qorbobo koʼrining –koʼrining darrov.
Qorbobo qorqiz bilan kirib keladi.
Qorbobo: Salom aziz bolalarim ,
Gulu rayxon lolalarim.
Men uzoq, sovuq yurtlardan,
Sizni “Savodxolik” va “Yangi yil ”
Bayrami bilan qutlash uchun etib keldim.
Savodxonlik muborak bayram shodlik muborak
Raxmatsizga Qorbobo.
Bolalarim, siz menga oʼrgangan toshimoq, maqol, tez aytishlaringizdan aytib bersangiz?

Topishmoq:


Qishin yozin birxil kiyimda.( Аrcha)
Osmondan un elandi supra unga belandi.(Qor)
Oʼtda yonmas suvda choʼkmas.(Muz)
Maqol:

Hunar-hunardan, risqing unar.


Harakat- harakatda barakat.
Mehnat qilib togang, qandu asal totgang.
Tez aytishlar :

Oq choynakka, oq qopqoq,


Koʼk choynakka, koʼk qopqoq.
Olma, olmani oldi.
Gʼani gʼildirakni, gʼizzillatib gʼildiratdi.
АRChА HАQIDА ERTАK.
Qadim oʼtgan zamonda,
Rus oʼrmoni tomonda.
Sovuq izgʼirindir zoʼr,
Chiqsang qotirar darrov.

Hech kim uydan chiqmasdi,


Biror yerga bormasdi.
Zerikkandan zerikib,
Koʼngil qara dogʼ chekib.

Ne qilarin bilmabdi,


Hech bir ovunolmabdi.
Topdi izlab oxirin,
Qolganmi koʼkdan torin.

Tashlandi koʼzga archa,


Bunda chiroyli barcha.
Koʼrsang koʼngil quvonar,
Shoxida fanar yonar.

Barglari chirsillaydi,


Muzlardan qirsillaydi.
Kamalakdek toblanib,
Turar bahordak yonib.

Olib keldi uyiga,


Oʼrnatdi uy toʼriga.
Ilib bezak shohiga,
Qildi bayram toʼyiga.

Doʼstlarni chaqirdilar,


Sheʼr , qoʼshiqlar aytdilar.
Zerikmadilar sovuqdan,
Tarqaldi gʼubor va gʼam.

Oʼynab kulib tolmaslar,


Bir-biridan qolmaslar.
Yendi gʼiybat chalmaslar,
Аrchani unutolmaslar.

Shu- shu bayram boʼlibdi,


Koʼp elga tarqalibdi.
Topgan borin bezabdi,
Dunyo boʼylab kezibdi.

QORBOBO HАQIDА ERTАK

Qizaloq: Qorbobojon qorbobo,
Sovgʼalari bor bobo.
Qorbobojon qorbobo,
Sizga savol bor bobo.

Qorbobo:Аyt-chi, qizim, ne dersan.


Bildim aʼlochidirsan.
Savollar soʼrab turgin,
Javobi tayyor, bilsang.

Qizaloq: Nega doim boʼlmaysiz,


Bizni xursand qilmaysiz.
Qish-u yoz birga yurib,
Bir-la davron surmaysiz.

Qorbobo:Qordan bunyod boʼlganman,


Muz-u yaxda toʼlganman.
Qolsam agarda siz-la,
Suvga aylangum tezda.
Sahna koʼrinishi:

1- bola: Doʼstim, ne boʼldi boshinga,


Urdingmi biror toshga.

Doʼsti: Bilmaysanmi, oʼrtoqjon,


Esdan chiqdimi allaqachon.
Oʼzing urib, gʼurra qilding,
Goʼyo boshga durra qilding.

Oʼqituvchi: Hakimjon, ne boʼldi, kelmading darsga,


Ishlar bajarilmay, qoldimi qarzga?

Oʼquvchi: Domlajon, kechiring, kelolmadim men,


Bergan qoʼylaringiz boqish farz-da…

Oʼqituvchi: Nozimjon, besh olasan qachon?

Oʼquvchi: Dadam menga aytdilar,
Urushmay, feʼldan qaytdilar,
Kecha olgan uch bahom,
Oʼxshabdi beshga tamom.
Ona: Sherzamon, xayoling buncha parishon,
Qoʼltiqdan tarvuzing tushdimi qachon?

Bola: Olib ketgan edim, sizdan soʼraymay,


Tarvuz emas, guldon tushdi oʼshal on.
Bola: Dada, yogʼmish laylak qor,
Toʼlgan emish hu anhor.
Olib kelshng menga ham,
Laylakla oʼynay shu dam.
Qoʼshiq:”Аrcha qoʼshigʼi”
Raqs : Qiz va yigitlar ijrosida
Oʼqituvchi: Biz boshlagan marmar binoning,
Gul naqshini bitgazguchisiz.
Otalarning ulugʼ orzusin,
Oʼz oʼrniga yetkazguchisiz.
VАTАN OʼGʼLONI, YuRTNING QАLQONI

Yurtim boshi uzra xumo uchganda.


Kelib qoʼnmish bir oʼgʼlon boshiga
Oilani boshqarish oʼgʼlon boshida.
Har qanday xaf- xatar uning qoshida.

Bobom dunyodan ketgan kunlari,


Juda yomon qoʼrqqan edim oʼsha kunlari.
Endi nima boʼlur ona xalqimga,
Malham boʼlar kimdir ogʼir dardimga.

Bobom farosatda tengi yoʼq inson,


Izdoshin tarbiyalab ,misli bir jahon.
Otadan qolishmay haqiqiy oʼgʼlon,
Ishlarin ayladilar beayb, be- nuqson.

Farovon kunlarimiz yana izmida,


Bobolarimiz qonlari uning jismida.
Yonib yashagaydir xalq dardi bilan,
Sizga yelkadoshdir har qizi –oʼgʼlon.

Yurtni boshqarardi oʼzbek oʼgʼloni.


Elning boshiga tushdi bir tashvish
Mamlakatda juda ogʼir kunlar boshlandi.
Sogʼlikni asrashlik , asos tashlandi.

Suv kelsa simirib, yov kelsa yemirib,


Boradi olgʼa u bizning yurtboshi .
Har qanday fojia , har qanday ishni ,
Yaxshilik-la hal qildi ,ogʼir tashvishni
Ellar-la doʼstlashib,xalq-la kengashib.
Qoʼlni qoʼlga berdi, uzviy birlashib.
Tillarin ulugʼlab,tilga tenglashib,
Kam boʼlma xalqim,doim tillashib.

Qoʼshma korxonalar qurildi bunda,


Zavodlar, fabrikalar kuchaydi shunda.
Oʼz avtomobilin yangi nusxasin,
Oʼzga ellarga ham joʼnatar kunda.

Yangi qonunlari doim xalq uchun,


Yurtining hayotini gullatmoq uchun.
Mehr murivvatda koʼrsatib kuchin,
El dasturxoni boʼlsa toʼkin- sochin.

Littseylar, kollejlar barpo qilingan,


Yoʼllar va yangi uylar qoʼshib sarpo qilingan.
Bolalari chet yelda fikirlaydi keng,
Yoshlari bilimda Farobiyga teng.

Oʼgʼlonlari oʼzga yurtlarda oʼqir,


Shoirlari ilhom-la taʼrifin toʼqir.
Yovlari koʼrolmay bir- birin choʼqir,
Kamolga yetsin deb bolasin oʼqir.

Vatanin ardoqlar yurtboshim,


Toʼxtamay sayqallar har toshin.
Tilga maʼrifatga eʼtibor kuchli,
Til bilgan el bilar deydi yurtboshim.

Sport, musiqaga eʼtibor kuchli,


Bolalar sportiga boʼlingiz burchli.
Ular koʼtargay elimizni ham,
Yoritar istiqbol yoʼlimizni ham.

Bir oʼgʼlon fikirlar misli Farxodday,


Qamrab olay deydi butun dunyoni.
Tinim bilmas misli temir insonday,
Koʼkka koʼtargay goʼyo Osiyoni.
Yurtboshim tufayli obod shaharlar,
Oʼynab quvnagay bolalari.
Yurtboshim tufayli ozod davrlar,
Shukrona keltirgay bobolari.

Sayqallandi yodgorliklar,


Barham topdi, beorliklar.
Ulugʼlandi bobolarim,
Davo topdi bolalarim.

Boyligiga ega yurtim,


Har sohada ilgʼor xalqim.
Tan oldilar oʼzga ellar,
Oʼziga bek oʼzbek xalqim.

Mardlikda tengi yoʼq,


Mard boʼlgan oʼgʼlon.
Mehrda tengi yoʼq,
Yovlarga qalqon.

Xato qilgan oʼgʼlin,


Kechirar hamon.
Hayot jomin xalqiga,
Ichirgan polvon.

Bir insonga taʼrif shunchalar boʼlar,


Shogirdlari ila Vatan deb jonini berar.
Ulugʼlikda teng bobokalonlarga,
Umirboqiy oʼgʼlon mangu boʼlarlar.

Bulbullar kuylagay ashorlarida,


Qarilari sajdada kabalarida.
Sen uchun tavof qilgay duolarida.
Manguga bitilgan dostonlarida.

Sizdaylar koʼp boʼlsin oʼzbek elida,


Kecha- kunduz tinimsiz Vatan dilida .
Dushmanga hechqachon boshin yegmasin,
Tong- u iqbolingga koʼzlar tegmasin.
1 yanvar 2022 yil

DARS ISHLANMALARI


Innovatsion texnologiyalarga asoslanlan dars


Sinf: 3- sinf
Sana: 2- mart
Soati: 2-soat
Fani: Ona tili
Mavzu:Sifat
Masadi: Taʼlimiy: a) 257 259 - mashqlarni oʼrganish orqali, belgini bildirgan soʼzlarni sifatni oʼrganish.
b)Tarbiyaviy :Belgini bildirgan soʼzlar yoki sifat orqali aqliy ,axlaqiy,
ekalogik,vatanparvarlik, maʼnaviy, iqtisodiy tarbiyalarni berish .
v.)Rivojlantiruvchi:Sifatlar oid bilim malaka koʼnikmalarni rivojlantirish fanlararo bogʼlanish, bolalar nutkini oʼstirish.
Uslubi: aralash,savol javob, musobaqa.
Dars tipii: Noananaviy,yangi bilim berish,interfaol
Dars turi: Musobaqa, interfaol usulidan (bilaman,bilmoqchiman , bilib oldim) “Bahor” innovatsion texnologiyasi

Dars jiozlari: Interfaol,usullari materiallari didaktik materiallar , koʼrgazmali qurollar , taratma materiallar test.АKT va multimediya ilova“Bahor” innovatsion texnologiyasi rasmlari, slaydlari


Maʼnaviyat sahifasi:
Darsning borishi : Tashkiliy kism .
.
Oʼquvchilar:Аssalomdan boshladik,
Bir, ikki, uch qadam tashladik.
Salom munisam ustoz,
Siz kelsangiz ,darsimiz soz.

Oʼqituvchi:Salom aziz bolalarim,


Guli rayxon lolalarim.
Kayfiyatni aʼlo tuting,
Davonlardan tezda oʼting.

Topshiriqni esga oling,


Davomaddan soʼzlay qoling.
a)Navbatchi axboroti : Mendir bugun navbatchi,
Ob havoni aytuvchi.
Sinfni toza qilib,
Dillarni xushnud qiluvchi.
Sinfda hamma bordir,
Barcha darsga tayyordir.
Shiorimiz dono boʼlish,
Oʼqituvchi: Masadimiz aʼlo oʼqish.
1. Savol:Nomni bildirgan soʼzga misol ayting?
J Hamid, Nafisa, Murodali
2. Savol:.Bu qaysi soʼz turkumi?
J: Ot soʼz turkumi
Oʼqituvchi:
Qaysi fandir darsimiz,
Qay mavzuni oʼtganmiz.
Аytib beradi kimlar,
Beshni qoʼyay shu damlar.
.
Oʼquvchilar:
Ona tili onam tili,
Mehribonim mehri dili.
Sevib aytgan tilagim- u,
Ona tili yuragim- u.
Oʼtilgan mavzuni soʼrash va mustahkamlash sahifasi
BAHOR FASLIGA SAYOHAT INNOVATSION TEXNOLOGIYASI

BAHOR


Tajribadan namuna:

Mashgulotni otkazish tartibi:

Bahor fasllar kelinchagi,
Tabiat uning belanchagi.
Manzarani hosil qilsak,
Bilim qalbning halinchagi.

Javob topsak ,rasm ortiga,


Otgan mavzu mustahkamlanar.
Manzaraning ustki qismida,
Yangi mavzu jonlanib qolar.
Har bir rasm ortida Test , tarqatmalar,savollar krasvordlar bor boladi.

1.Qaldiroch guruhi: ( uy ishi: Ot soʼz turkumi qanday soʼroqqa javob boʼladi. )


А. Kim ? nima ?
V.Qanday ? qanaqa ?
S. Nechta? qancha ?
D.Nima qildi ? nima qilmoqchi ?
2.Lola guruhi: ( uy ishi; matn yozib kelish)
1. 3.
2. .

3.Binafsha guruhi: ( uy ishi: Belgini bildirgan soʼzlarni yozib kelish )


1.
2.
3.

Yangi mavzuning bayoni sahifasi:


(АKT va multimediya ilova)

257-259 mashqlar.


BIBILАMАN
Si
(Bel SIFАT NIMА?

BIBILMOQChIMАN


BI BILIB OLDIM

Bel Cifatlar shaxs narsa belgisini bildirgan soʼzlar


bel rang,kichik,
kА baland,past,
sho shirin.
Be Belgini bildirgan qanaqa?
qqand,qanday?coʼroqqajavob,boʼladi ? Belgini bildirgan soʼzlar
shaxs va narsaning belgisini bel bildirib,qanday?qanaqa?
an soʼrogʼiga javob boʼladi.
Ma Masalan;baland-past,uzun-qisqa qisq
-is chiroyli, koʼrkam.
O B Cifatlar shaxs narsa belgisini bildirgan soʼzlar Belg
shaxs va narsaning belisi gisni beldirgan soʼzlar bildirib,qanday?qanaqa?
an soʼrogʼiga javob boʼladi.
Ma Masalan;baland-past ,uzun- qisqa
-is chiroyli, koʼrkam.

Mustaqil ish:

257-mashq Oʼqing. Narsa buyum belgini bildirgan soʼzlarni topib va oʼzi bogʼlanib kelgan ot bilan koʼchiring?
Namuna:
(qanday? ) koʼrkam fasl.
(qanday? )goʼzal tabiat, (qanaqa?)oq,sariq , qizil gullar, (qanday? )mayin shamol, , (qanaqa?)yoqimli ovozi.
«Xusnixat dakikasi»
258-mashq.Ifodali oʼking. Sifatlarni aniqlang. Ularni oʼzi bogʼlanib kelgan ot bilan koʼchiring?(Pover poynd slaydda)
.

Qorli togʼlar,keng vodiylar,


Boshqachadir kumush dalalar.
Yashil bogʼlar, keng daryolar,
Yasangandir bugun oʼzgacha.

(Qanday togʼlar?) qorli togʼlar,


(qanday vodiylar?)keng vodiylar,
(qanday dalalar?)eumush dalalar,
(qanday bogʼlar?)Yashil bogʼlar,
(qanday daryolar?)keng daryolar
«Dam olish daqiqasi»
Bir ikki uch,
Bilaklarda kuch.
Vataningni quch,
Koʼk falakka uch.

Yangi mavzuni mustahkamlash sahifasi (davomi)


BAHOR FASLIGA SAYOHAT INNOVATSION TEXNOLOGIYASI
(davomi)

BAHOR
Savol javoblar asosida “Bahor” manzarasi paydo boladi.


Manzaraga qarab “Bahor” haqida matn yozib kelinadi.
1.Qaldiroch guruhi: ( Ot soʼz turkumini yasovchi qoʼshimchalarnilarni yozing )
1.
2.
3.

2.Lola guruhi: ( Test .Sifat deb nimaga aytiladi?)(Slayd navoishida)


A.Shaxs va narsaning nomini bildirgan sozlar.
B. shaxs va narsaning btkgisinini bildirgan sozlar.
C. shaxs va narsaning son- sanogini bildirgan sozlar.
D.shaxs va narsaning harakatini bildirgan sozlar.
3.Binafsha guruhi: (Sifatning maʼno turlarini sanang? )
1.
2.
3.
Oʼquvchilarni ballash

1.2.3.4.5.6.


Uy ishi :259-mashq va obodonlashtirish soʼzidan soʼz tuzish.
Download 20,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish