6,72 l (n.sh.) ammiakga qancha hajm (l,n.sh.) CO2 qo`shilganda aralashmadagi elektronlar yig`indisi Avogadro sonidan 19,5marta ko`p bo`ladi?
16,8
13,44
20,16
11,2
Oqsollarni asosini tashkil etuvchi aminokislotalarning parchalanishi tufayli qanday aminlar hosil bo`ladi?
uchlamchi
birlamchi
ikkilamchi
to`rtlamchi
Quyidagilardan qaysi biri organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasidagi holatlariga xos emas?
moddalarning xossalari molekulada atomlarning qanday tartibda birikkanligiga ham bog`liq bo`ladi
berilgan moddaning xossalariga ko`ra uning molekula tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytish mumkin
organik moddalar molekulasini hosil qilgan hamma atomlar o`z valentliklariga muvofiq ravishda ma'lum izchillikda birikkan
modda molekulasidagi atomlar va atomlar guruhi o`zaro bir-biriga ta'sir etmaydi, shuning uchun atomning xossalari qo`shni atom tabiatiga bog`liq emas
Do'stlaringiz bilan baham: |