«Qishki o’yinlar» mavzusida o’tiladigan
darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasi
Mavzu :
|
«Qishki o’yinlar»
|
Maqsad, vazifalar
|
O’quvchilarga kompozitsiya haqida tushuncha berish, uning ahamiyati, qonuniyatlarini va ushbu mavzuni akvarel bo’yog’ida ishlash tartibini tushuntirish.
Mavzuga oid material o’quvchilar tomonidan
o'zlashtirib olinishi hamda amaliy ijodiy fao-
liyatida qo'llashini nazorat qilish, ularning bili-
mini baholash.
|
O'quv jarayonining mazmuni
|
Kompozitsiya va uning tushunchasi. ”Qishki o’yinlar” mavzusini rangtasvirda ishlashning o’ziga xos tomonlari. Tabiatni kuzatish, harakatdagi bolalar qomatini aks ettirish yo’llari, eskizlar bo’yicha ishlash. Akvarelda rangtasvir kompozitsiyasi ishlash.
|
O'quv jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi
|
Metod: Og'zaki bayon qilish, suhbat-munozara, «Aqliy xujum » metodi, Shakl: Amaliy mashg'ulot, guruhlar va guruhchalarda ishlash.
Ko'rgazmali qurollar: I. Bahromov “Qishki kun:, G.Serov. “Belgirsoy tog’lari”, X. Ro’zmetov “Qish”, Z. Asqarov “Qishki manzara”, R. Xudoyberganov ‘Qish manzarasi” asarlarining rеproduktsiyalari, elektron slaydlar. Usui: Bosqichlarda bajariigan ko'rgazmali qurollar va o'quvchilar tomonidan bajariigan ijodiy ishlar namunalari.
Nazorat: Savol-javoblar, amaliy ishlash jarayoni bajarilishini kuzatish, tahlil etish. Baholash: Rag'batlantirish, reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O'qituvchi:
- Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilar ijodiy faolligini oshiradi. O’larda darsga nisbatan qiziqish uyg'otadi. O’quvchilarni tas-virlagan ishlarini guruhda ko'rik orqali baho-laydi. O'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi.
O'quvchi:
- Yangi bilim va ko’nikmalarni egallaydi.Kompozitsiya mavzusi bo’yich eskizlar bajarishni o’rganadi. Mustaqil holda ijodiy tasvirlash malakalari shakllanadi. Kompozitsiya bo’yicha ko’nikmalari rivojlanadi. O'z - o'zini nazorat qilishni o'rganadi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotlarga ega bo'ladi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi: - Yangi pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsga tadbiq etish, takomillashtirish. O'z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog'lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: — Mustaqil ishlashni o'rganish. O'z fikrni ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo'shimcha raateriallar topish, ularni o'rganish. O'z ftkri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.
|
O'qitish jarayonida o'quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo'llanilishi ularni mustaqil, erkin flkrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas'uliyatni sezish, tahlil qilish, eng asosiysi, o'qishga, fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |