Birinchi tartibdagi harakat — laminar harakat. Kichik tezlik- larda oqimdagi suyuqlikning ayrim naychalari bir-biriga nisbatan parallel harakatlanadi. Suyuqlikning bu tartibdagi harakatining o‘qidagi oqim laminar (lotin. lamina — tasma va yo‘l-yo‘l) bo‘ladi. Oqim tezligi orttirilsa, uning radiusi bo‘ylab laminar harakat buzilib, boshqa turga o‘tib oqadi.
Laminar harakatni nazariy tadqiqotlarga tatbiq qilish ancha qulaydir. Bu hodisani ingichka kapillar naylarda, qon tomirlarida hamda qovushqoqligi katta bo‘lgan suyuqlik (surkama moylar, neft, mazut va sh.k.) quvurlaridagi harakatlarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |