Dars tipi: Yangi bilim berish
Ish tartibi: Yakka va guruhlarda ishlash
Metodlar: illustrativ-ko'rgazmali, qisman izlanuvchanlik, reproduktiv, interfaol
Usullar: "savol-javob", "kichik guruhlarda ishlash", "o'zaro bir-birini o'qitish", "BBB" usulidan fodalanish
Vositalar: 7-sinf Fizika darsligi, ko'rgazmalar, soat, doska, bo'r, tarqatma materiallar, savol va topshiriqlar.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik tizim asosida baholash
Forma: Ma'ruza, individual va jamoada ishlash
Darsning blok sxemasi:
T/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Darsning tashkil etilishi
|
2 minut
|
2
|
O'tilgan mavzuni so'rash
|
8 minut
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 minut
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 minut
|
5
|
O'quvchilar bilimini baholash
|
3 minut
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 minut
|
I.Darsning tashkil etilishi(2minut):
yaratish, navbatchi axborotini tinglash, o'quvchilar davomatini aniqlash, oyning muhim sanalari va kunning muhim yangiliklarini aytih, inf xonasi tozaligini hisobga olish.
Dars shiori: Ilmdir sahroda do'st-u yo'ldoshing,
Hayotda tayanch u ketsa bardoshing.
Dars maqsadi: Fizika fanini chuqurroq o'rganib, kelajakda buyuk kashfiyotlar yaratamiz.
Televizor bo'lmasa kunim o'tmaydi,
Telefon bo'lmasa ishim bitmaydi,
Radioni tinglab dil orom olar,
Musiqa asbobin kuyga solganda
Yorug'lik bo'lmasa qanday qilamiz?
Hech kimga huzur yo'q buni bilamiz.
Demak atrofimiz o'zi Fizika,
Fizikadan paydo bo'lar texnika.
2. O'quvchilarni darsga tayyorlab, jonli muhit yaratish.
3. Guruhlarga bo'linish (o'quvchilar tanlangan belgilar orqali 3 ta guruhga bo'linib, joylarini egallaydilar)
Darsning oltin qoidasi: Intizomli bo'lish, Darsda faol bo'lish, O'ng qo'l qoidasi, Yangiliklar sari intilish, Texnika qoidalariga rioya qilish, Yangi mavzuni tushuntirish, Vaqtdan unumli foydalanish.
II. Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash (8minut):
Oʻqituvchi tomonidan tayyorlab qoʻyilgan oʻtgan mavzuga doir tarqatma kartochkalar tarqatiladi.
25mJ=?J
Potensial energiya nima?
Kinetik energiya deb nimaga aytiladi?
Kinetik energiya massaga qanday bogʻlangan?
Jismning balandligiga bogʻliq boʻlgan energiya qaysi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Mashina, dvigatel va turli xil mexanizmlarning ish bajara olish imkoniyatini taqqoslash uchun quvvat deb ataladigan fizik kattalik kiritilgan. Bir xil ishni bajaruvchi mashinalardan qaysi biri shu ishni qisqaroq vaqt ichida bajarsa, shunisi quvvatliroq boʻladi. Mexanizmning quvvati N vaqt birligi ichida bajargan ishi bilan ifodalanadi:
N=A/t
Bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun sarflagan vaqtga nisbati "QUVVAT" deb ataladi.
Xalqaro birliklar sistemasida quvvatning asosiy birligi qilib vatt (W) olingan. 1W deganda 1 s ichida 1J ish bajaradigan qurilmaning quvvati tushuniladi. Quvvat birligining nomi bugʻ mashinasini ixtiro qilgan ingliz olimi Jeyms Uatt sharafiga qoʻyilgan. Amalda quvvatning birliklari - milivatt, gektovatt, kilovatt, megavatt ham qoʻllaniladi.
Quvvat ish va vaqt kabi skalyar kattalikdir.
Quvvat formulasidan maʼlum vaqt ichida bajarilgan ishni topish mumkin:
A=N•t
Bu formula ish va energiyaning yana bir birligini kiritishga imkon beradi. Mexanik ishning birligi 1W quvvatli mexanizmning 1s davomida bajargan ishiga teng. Bu birlik vatt-sekund deb ataladi. Quvvatni ish bajarish tezligi deb atash mumkin. Transport vositalarining quvvati ot kuchi deb ataladigan maxsus birlikda oʻlchanadi. Taxminan 736W boʻlgan mexanizmning quvvati 1ot kuchiga teng, yaʼni:
1 ot kuchi=736W.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15minut):
Katta kran 10 t g'ishtni, kichik kran esa 2 t g'ishtni 30 m balandlikka 1minutda olib chiqdi. Har bir kran quvvatining foydali qismini toping.
Berilgan:
m1=10t=10000kg;
m2=2t=2000kg;
h=30m;
t=1minut=60s;
g=10m/s2;
Topish kerak:
N1=? N2=?
Formulasi:
A1=m1gh;
A2=m2gh;
N1=A1/t;
N2=A2/t.
Yechilishi:
A1=(10 000*10*30)J=3 000 000J;
A2=(2000*10*30)J=600 000J;
N1=3 000 000/60W=50 000W=50kW;
N2=600 000/60W=10 000W=10kW.
Javob:N1=50kW; N2=10kW.
Masalalar yechish. Krosvordlarni guruhlarga bo'linib bajarish.
"bilamiz, bilib oldik, bilishni xohlaymiz"
V. O'quvchilarni rag'batlantirish baholash(3 minut):
Guruhlar to'plagan ballari e'lon qilinadi. G'olib guruh aniqlanadi.
Darsda faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
VI.Uyga topshiriqlar(2 minut):
Darslikdan 44-mavzuni o'qib, 30-mashqning 3- va 4-masalalarini bajarib kelish, mavzuni konspektlashtirish.
Mashina yuk tashishda 39kW quvvatga etishdi. Bu mashina 45 minutda qancha ish bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |