Yuqoridagi ma'lumotlardan quyidagilar ma'lum bo'ldi:
1
- I.A. Boduen de Kurtenening fonemaga oid dastlabki qarashlarida tovushlarning ( demak , moddiy-material hodisalarning ) o'zaro aloqalari va munosabatlari birinchi o'ringa qo'yilgan. Keyinroq esa bunday munosabatlarning faqat grammatik shakllar paradigmasi bilan bog'lab qaralishi maqsadga muvofiq ekanligi aytilgan.
2
- XIX asrning 90 - yillaridan boshlab olim fonemaga nutq materialida bevosita kuzatib bo'lmaydigan hodisa sifatida qarab , uni psixologik jarayon mahsuli sifatida baholaydi .
3
- I.A. Boduen de Kurtenening fikricha , tilning sistema sifatida o'rganilishi qiyosiy-tarixiy metodga emas , statik (tavsifiy) metodga asoslanishi kerak , chunki til sistemasi til komponentlarining barqaror holatiga tayanadi. Olimning bu fikri tahlilning qiyosiy-tarixiy metodi hukmron bo'lib turgan o'sha davr uchun yangilik edi , ayni paytda bu fikr F. de Sossyurning tilda sinxroniya bilan diaxroniya qat'iy farqlanishi va chegaralanishi lozim degan g'oyasiga ham mos tushardi .
4
- I.A. Boduen de Kurtene jonli tillarni va tovushlar fiziologiyasini o'rganish jarayonida nutq tovushlarining ikki xil belgisi - ma'noni farqlaydigan va ma'noni farqlamaydigan belgilari borligini aniqlagan , ularning til mexanizmida qanday vazifa bajarishini aniqlash lozimligini ham ta'kidlab o'tgan edi. Keyinroq bu belgilar fonologiyada differensial va integral belgilar nomini olgan .
L.V.Shcherbaning fonetika va fonologiyaga oid qarashlari
L.V.Shcherba dastlab ustozi Kurtenening fikriga hamohang ravishda fonemaga psixologik mohiyatiga ega birlik sifatida qaragan. Bunga misol qilib o’zining 1912 yilda nashr qilingan “sifat va miqdor nuqtai nazaridan rus unlilari” nomli asarida fonemani “bizning psixik faoliyatimiz mahsuli” deb ta’riflagan.
Shcherbaning fonetika va fonologiya hamda fonemaga oid qarashlari:
Fonetikani fonologiyadan ajiratib bo’lamaydi. Ular bir fanning 2 (quyi va yuqori) bosqichlaridir;
Fonetika morfologiyaning tarkibiy qismi emas.u alohida mustaqil fan;
Fonemalarning ma’no farqlash vazifasi bor;
Fonema nutqda o’z ottenkalari shaklida namoyon bo’ladi;
Fonemalar qarama-qarshiliklar birligidan iborat sistemaga birlashadi.
Fonemaning differensial belgilari mavjud bo’lib, u belgilar artikulyatsiyaga oid terminlar bilan nomlanadi;
Fonema tilning eng kichik birligidir, u talaffuz oqimidan ajiratib olinadi;
Fonema tilning eng kichik birligidir, u talaffuz oqimidan ajratib olinadi;
LAB-LAB
|
LAB-TISH
|
TIL OLDI
|
TIL O’RTA
|
TIL ORQA
|
CHUQUR TIL ORQA
|
BO’G’IZ UNDOSHI
|
b
|
v
|
d
|
y
|
g
|
q
|
h
|
p
|
f
|
t
| |
k
|
g’
| |
m
| |
j
| |
ng
|
x
| | | |
ch
| | | | | | |
z
| | | | | | |
s,sh
| | | | | | |
n, r, l
| | | | |
Leningrad fonologiya maktabining fonemaga oid qarashlari
Leningrad fonologiya maktabi Sherba g’oyalariga tayanadi.
Leningrad fonologiya maktabi nazariyasida fonemaga oid quyidagi qarashlar mavjud:
Fonemalarning so’zlarni va so’z shakllarini farqlash vazifasi bor.
Fonema turli ottenkalar majmuidan iborat tovush tipidir.
Fonema nutq oqimining bo’linmas birligi.
Fonemalar tarkibi tarixan o’zgarib turadi.
Nutiqning fonemalarga bo’linishi.
So’zlarning minimal juftliklari.
Fonemalar bir biriga qarama-qarshi qo’yiladi.
Fonemalar sistemasi
Fonemalar sistemasi
Barcha tovushlar (unlilar va undoshlar) u yoki bu differensial belgilari asosida o’zaro guruhlanib, o’zaro munosabatda bo’lgan tovushlar tizimini (korrelyativ) hosil qiladi.
Jarangli undoshlar: b, v, g, d, j, z, g’;
Jarangsiz undoshlar: p, f, k, ch (qorishiq) sh (sirg’aluvchi), s, x.
Do'stlaringiz bilan baham: |