Adresli mashinalar. Hujjatlarga oldindan tayyorlanilgan standart yozuvlarni chop qilishda qo‘llaniladi. Masalan, mijozlarning manzillari, arizalarni, xabarnomalarni, to‘lov hujjatlarini sarlavhalari. Ushbu mashinalarda oldindan tayyorlanilgan shakllar ishlatiladi, ba’zida ushbu matnlar kompyuter orqali tayyorlanishi ham mumkin.
Belgilovchi mashinalar (markerlash). Ushbu mashinalar konvertlarda markani o‘rniga, sana va qiymati ko‘rsatilgan, pochta shtampini chop etishda ishlatiladi. Bu yerda o‘z navbatida reklama sifatida ba’zi-bir korxona rekvizitlari ham ko‘rsatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |