YuZ= -2,5[ u –u*]
Bu yerda: u* – ishsizlikning tabiiy darajasi;
u – ishsizlikning haqiqiy darajasi.
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz:
Yh – Yp
------------- = - β [ u –u*]
Yp
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e’tibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak.
Qisqа хulosаlаr
Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga oladi va ularni iqtisodiy tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi orqali YaIM dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi. Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi. To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta’minlanganlik darajasini anglatmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari yig‘indisiga teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi.
Ishsizlar sonining oshishi, ya’ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi YaIM o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog‘liqlikning miqdoriy darajasini ifodalaydi.
AQSh ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan minqiroz asta sekin butun moliya tizimini qamrab oldi va pirovardida iqtisodiy inqirozga ham aylandi. Natijada iqtisodiyotda pasayish va ishsizlik darajasining o‘sishi kuzatildi.
TasdiqlayMAN”
o` quv ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosari:
_______R. Masharipov
Guruhlar
|
|
|
|
|
Dars o`tiladigan sana
|
|
|
|
|
Talabalar soni
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |