d) Raqobatda qatnashadiganlarning hammasida bozor sharoitlari to'g'risida to'liq axborotning mavjudligi. To'liq axborot quyidagi talablarning bajarilishini ko'rsatadi:
Xaridorlar va sotuvchilar talab va taklif tug'risida aniq, benuqson tasawurga, barcha bozor sektorlaridagi baho, ishlab chiqarish omillari hamda mahsulot to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'ladilar, bahoga qarab harakat qiladilar. Tarmoq tarkibida faoliyat ko'rsatayotgan firmalaming foyda me’yori barcha haqiqiy raqobatchilarga ma’lum. Ular istagan vaqtlarida erkin ravishda tarmoq tarkibiga qo'shilishlari, biznes bilan shug'ullanishlari mumkin. Bu talablarsiz iqtisodiy faoliyat subyektlari uy, aksiya sotib olishi; turli kompaniyalarning qimmatbaho qog'ozlari uchun pul qo'yishlari; iste’mol tovarlarini xarid qilish vaqtida va boshqalarda foydali harakat qilolmaydilar (tanlab ololmaydilar)1. Tovarlarning bir xilligi (mahsulot differensiatsiyasida yakka hokimlik yuq). Fizik tomondan tovarlar turli xilda, iqtisodiy jihatdan o'xshash bo'lishi mumkin. Masalan, har bir shaxs o'zining individual xususiyatlariga, bir guruh ishchilar bir xil mehnat qobiliyatiga ega bo'lganidek, bir guruhdagi tovarlar ham firma tomonidan o'xshash deb topiladi. Tovarlar rangi, markirovkasi, upakovkasi, firmaning manzili, sotuvchining obro'si kabi tomonlari bilan ajralib tursa, bir nomdagi tovarlami o'xshash deb bo'lmaydi. Masalan, chang yutkichlar, elektr dazmollari, sovutgichlar, velosipedlar, erkaklar paltosi, ayollar ko'ylagi va boshqalar. Shuning uchun tovarlar o'xshashligiga erishish qiyin. Ana shunday va boshqa tovarlami farqlovchi belgilar sotuvchini imtiyozli holatga, monopol holatiga chiqaradi. Shuning uchun u o'z tovari bahosini oshirsa ham mijozlarini yo'qotmaydi. Erkin raqobat ishtirokchisining birontasi ham boshqa ishtirokchilar qabul qiladigan qarorlarga ta’sir o'tkaza olmaydi. Bozor bahosini bozor subyektlari faqat o'zlarining birgalikdagi harakati bilan shakllantira oladilar. Ulaming har biri alohida-alohida tovar bahosiga ta ’sir eta olmaydi. Sotuvchilar o'z mahsulotini alohida bo'lib o'sha bir xil bahoda sotadi. Shuning uchun alohida talab egri chizig'i alohida sotuvchi uchun mutlaq ravishda elastikdir. Agar firma bozor bahosidan o'z tovari bahosini yuqori qo'ysa, uning tovarini hech kim sotib olmas edi, aksincha, bozor bahosidan past bahoda sotsa, u holda sotishdan kelgan foyda juda ko'p bo'lmaydi. Chunki raqobat bozorida muvozanat bahoda har qancha miqdordagi mahsulot sotib yuboriladi. Yuqorida aytilgan holatlarni 69-chizmada ko'rish mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga shuni qo‘shib aytish kerakki, erkin bozor sharoitida inflatsiya, ishsizlik, ortiqcha ishlab chiqarish va boshqa iqtisodiy noxushliklar bo'lmaydi. Davlatning ishtiroki, vazifasi va ahamiyati alohida mavzu. Shunday qilib, erkin bozorning shartlari shundan iborat. Lekin shu beshta talab amalda hech qachon bajarilmaydi1. Erkin (takomillashgan) bozor ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga oladi; regulyatorlik vazifasini o'taydi, chunki u: a) talab va takJifni muvozanatga keltirishni ta’minlaydi;
b) kishilarning pirovard talablarini qondirishga qaratilgan;
d) cheklangan resurslarni samaraliroq taqsimlaydi. Bunga asos bahodagi ma’lumotlar. Cheklangan resurslarning samarali taqsimlanishiga baho pirovard xarajatlarga teng bo'lganda (P=MC) erishiladi. Bu tenglik firma o'z mahsulotlarini ishlab chiqarish resurslarining pirovard xarajatlari, ishlab chiqarilgan va sotishga erishilgan mahsulot baholarini ko'rsatadi. Natijada kishilarning talablari maksimal darajada qondiriladi. Asosiy va yagona maqsad shundan iborat. Sof holdagi yakka hokimlik bozorida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi yagona firma faoliyat ko'rsatadi. Bunday bozorda sotuvchi ham, oluvchi ham bitta. Bular – davlat tashkilotlari, boshqariladigan yoki boshqarilmaydigan xususiy monopoliya bo'lishi mumkin.
Sof raqobat bozorida tarmoqqa boshqa qo'shimcha firmalaming kirishi qiyin. Sof mutlaq monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotni boshqa tarmoqlarda ishlab chiqariladigan o'rinbosarlari bo'lmaydi. Shuning uchun talab egri chizig'i raqobat bozoridagiga o'xshaydi.
Sof monopoliya takomillashgan raqobatga o'xshash ilmiy model sifatida amal qiladi, haqiqiy hayotda esa yo'q. Ayniqsa, mamlakat miqyosida uchramaydi. Agar kichik shahar, qishloq olinadigan bo'lsa (masalan, bitta non zavodi, bitta poliklinika, bitta maktab va shunga o'xshashlar), u holda mutlaq monopoliya har qanday mamlakatga xos.
Hattoki, AQSHda YaMM ning 5%i sof monopoliyaga yaqin sharoitda yaratiladi. Shunday ekan, buni o'rganishni nima zaruriyati bor. Gap shundaki, raqobatchilar nihoyatda ko'p bo'lgan va mutlaqo bo'lmagan sharoitda firma o'zini qanday tutishi, qanday harakat qilishi kerakligini (mumkinligini) bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |