LCD proektorlarining boshqa ko’rsatkichlari.
Bu ko’rsatkichlarni ikki asosiy guruhlarga ajratish mumkin. Birinchisi – turli interfeysli turli qurilmalarni ulash imkoniyati (raz`yomlari mavjudligi). Ikkinchisi –tasvir ko’rsatkichlarini ulash uchun raqamli manbalari mavjudligi: trapetsianal buzilishlarni kuzatish, tasvirni gorizontal va vertikal inversiya imkoniyati, 16:9/5:4 formatida ko’rsata olish imkoniyati, tasvirni vertikal — gorizontal surish xizmati, prezintatsion xizmatlari (havorang yoki ko’ra ekran, “kadrni to’xtatish”, bir qismini raqamli kattalashtirish, parda yopish, ko’rsatkich (kursor), ma`ruzachi taymeri, “stop-kadr” yoki “kartinka v kartinke” xizmatlari va shu kabilar).
Zamonaviy proektorlarga ko’plab qurilmalarni ulash mumkin, kompyuterni ham, (noutbukni ham) videomagnitofon, DVD-proigrivatel, videokamera (shu jumladan raqamlisi ham), televizor yoki TV-tyuner (rakamlisini xam), rakamli fotokamerani, o’yinlar qo’shimchasini ham ulash mumkin. Buning uchun proektorda quyidagi raz`yomlar bo’lishi mumkin:
-kompyuterni ulash uchun analogli RGB (15-pin Hd D-sub), raqamli RGB (DVI-D) audio (stereo mini-jack);
-videosignal manbaini ulash uchun –S-Video (mini din 4 pin) kompozit (RCA), komponentli (RCA), audio (RCA L va R kanallari uchun). Yuqori yorqinlikka ega professional modellarida tashkil etuvchi signallar bilan ishlashga katta e`tibor beriladi. Y, B-Y, R-Y asosiy turlaridan foydalanishdan tashqari Y,Cb, Cr, DVD yuqori sifatli proigrivatellarda qo’llaniladigan, Y-Rb-Pr (4:3 SDTY) standartli chiziq oralab va progressiv razvyortkali (DTV) raqamli televidenie va 1920×1080 elementgacha rastrli bo’linishli keng ekranli (16:9 HDTV) format tasviri signallari bilan ishlashi ham ko’zda tutilgan.
-analogli RGB tashqi uzatgich (15-ND D- sub). Bir vaqtning o’zida proektor va monitorni ulash uchun qulay.
-tovush uzatgichi-audio (stereo mini-jack), tashqi audiotizimini ulash uchun (har bir proektorda 2-3 Vattli kichik quvvatli dinamik o’rnatilgan, lekin odatda bu etarli bo’lmaydi).
-boshqaruv interfeysi- R S-232 (15-pin Hd D-sub) va yaqindan boshlab UZB.
Proektorlarning ba`zi modellaridi Flash Card ulanishi uchun portlar bo’lishi mumkin, undan raqamli kameralar va fotosuratni namoyish etish uchun foydalaniladi. PCMCIA interfeysi raz`yomi ham qo’llanishi ham mumkin. Аna shu interfeys yordamida ba`zi ishlab chiqaruvchilar PCMCIA radiokartasi yordamida kompyuterdan proektorga ma`lumotlarni uzatishni tashkil etish imkoniyatini ham qo’llashlari mumkin, bu juda qulay, chunki proektordan to kompyutergacha masofa va joylashishi uchun cheklanishlar va shnurlar yo’q.
Ba`zi alohida modellarda PCMCIA kartasi yordamida (xatto 1 Gb sig’imigacha minidrayv qattiq disk IBM ni ham qo’llash mumkin) kompьyutersiz taqsimotni o’tkazishni tashkil etish mumkin. Sanyo kompaniyasi masalan, maxsus jadval akselerator sifatida xatto PCI yoki PCMCIA kartochkalari bilan qo’shimcha ta`minlangan kompyuterlardan foydalanadi, shu bilan birga ko’rsatish sifati analogli kabi raqamli signallar uchun ham ancha yaxshilanadi. Аlbatta turli proektorlar o’zining turli maqsadlarga mo’ljallanganligi sababli aytib o’tilgan raz`yomlarga ega bo’lishi mumkin (yoki ega bo’lmaydi) sotib olayotganda bularning hammasini hisobga olish kerak, chunki proektorlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish (raz`yomi borligiga qarab) deyarli mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |