§2.1.6. PVX-A-N-2 olinishining maqbul sharoitlari
Modifikatsiyalash reaksiyalari termostat avtoklavda harorat 378, 383, 388, 393, 398, 403, 408 K larda va 30-360 daqiqa vaqt oraliqlarida o‘tkazilgan. Polivinilxloridga tarkibida MEA tutgan ikkilamchi chiqindi maxsuloti bilan modifikatsiyalash orqali PVX-A-N-2 anioniti olinishiga tasir etuvchi omillar o‘rganildi, o‘rganish jarayoni olingan anionitning statik almashinish sig‘imi (SAS) qiymatiga asoslanildi.
Ionalmashinuvchi materiallar hosil bo‘lishining birinchi belgisi bu polimerlarda ionalmashinish xususiyatlarining paydo bo‘lishi. Ionogen guruhlarning mavjudligini tekshirish uchun modifikatsiyalash natijasida olingan anionitning (PVX-A-N-2) HCl (0,1 n li eritmasi) bo‘yicha SAS qiymatlari aniqlandi. PVX ga tarkibida MEA tutgan ikkilamchi chiqindi maxsulotining modifikatsiyalanish kinetikasini o‘rganish maqsadida dastlab, PVX ga sof MEA ning turli konsentratsiyali (M) eritmasida (suv) o‘rganildi.
2.2.6-rasm
|
|
2.2.6-rasm. Anionitning SAS qiymatiga MEA konsentratsiyasining bog‘liqligi (T=403 K).
|
Olingan natijalar asosida keltirilgan 2.2.6 – rasmda ko‘rinadiki aminlash reaksiyasida MEA eritmasining konsentratsiyasi oshishi anionitning SAS qiymatini oshishiga olib keladi. Reaksiya 80% dan yuqori konsentratsiyada amalga oshirilsa, aminlash reaksiyasi natijasida olingan anionitning SAS qiymati kam darajada pasayganligi kuzatildi. Bunga asosiy sabab qilib, juda konsentrlangan eritmalarda diffuziya sekinroq borishini aytish mumkin. Ma’lum darajada suyultirilgan eritmalarda esa monoetanolamin molekulalarining harakati osonlashganligi tufayli polimerning ichki yuzasigacha kirib borishi burmuncha osonlashganini ko‘rishimiz mumkin. Juda suyultirilgan eritmalarda esa monoetanolamin suv bilan cheksiz miqdorda aralashib molekulalar-aro vodorod bog‘lanish xosil qilganligi sababli SAS qiymati juda kichik ekanliggini ko‘rishimiz mumkin. SHuning uchun, polivinil xloridni aminlanish reaksiyasini amalga oshirish uchun monoetanolaminning konsentratsiyasi 80% li eritmasida anionitning HCl (0,1 n li eritmasida) bo‘yicha SAS qiymati yuqori ko‘rsatgich namoyon qildi.
PVXning DEA bilan reaksiyasi geterogen jarayondir. Ma’lumki, bunday jarayonlarda reaksiya tezligi faqat suyuq fazadagi moddalarning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. PVXni MEA ishtirokida aminlash reaksiyasi tartibini aniqlash maqsadida biz 2.2.7 – rasmda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asoslanib almashinish darajasining logarifmik bog‘liqligini hisoblandi(2.2.8 – rasm). Ushbu grafik usuldan foydalanib DEA konsentratsiyasi reaksiya tezligiga bog‘liqligi asosida aminlash reaksiyasining tartibi hisoblab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |