Jismoniy daqiqa:
Assalom oltin quyosh
Assalom moviy osmon
Salom deyman terak senga
Salom sizga bulutlar
Salom deyman hammangizga
Biz yashaymiz bir zaminda
Bolajonlar topishmoq aytaman topasizlar.
Tilla sandiq ochildi
Olamga nur sochildi (Quyosh)
Keng fazoni quchadi
Oylab yillab uchadi (Raketa)
Bir parcha patir olamga tatir.(oy)
Sheʼr:
Raketa
Raketa uchar osmonga
Tutuni qolar ortda
Itga borib yetadi
Yerdan salom aytadi
3. Yakuniy qism:
Faoliyatga yakun yasash va bolalarni ragʻbatlantirish.
Sana_________________
Ta’limiy faoliyat : Tabiat bilan tanishtirish
Mavzu : ,,Yer sayyorasi kuniʼʼ
Taʼlimiy maqsad: Bolalarga yer sayyorasi haqida tushuncha berish, koinot transportlari haqida tushuncha berish, bolalarni koinot haqidagi bilimlarini boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: doʻstona munosabatda oʻrtoqlari bilan oʻynashni oʻrgatish.
Korreksion maqsad: bolalarning diqqatini idrokini rivojlantirish, mayda hamda ularning umumiy matorikasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Globus, samolyot, vertalyot, raketa, plakat, sayyoralar chizilgan rasmlar, tarqatma materiallar.
Faoliyatning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Nafas mashqi.
Artikulatsion gimnastika.
2. Asosiy qism:
O`zi o`xshar tarvuzga
Bilim beradi bizga
Defektolog: Qani bolalar bu topishmoqning javobi nima? Bolalar topishmoqni javobini aytadilar. (globus). Rahmat bolajonlar barakalla.
Bugun sizlar bilan yer sayyorasi haqida suhbatlashamiz.
Yer-quyosh sistemasidagi quyishdan uzoqlikdagi jihatdan uchinchi ( merkuriy va Venera sayyoralardan keyin) sayyora.
Yer oʻz atrofida salkam 24 soatda bir marta toʻliq aylanib chiqadi.
Yerning koʻproq uchdan biri qismini suv tashkil qiladi.
Dunyoda toʻrtta Okean bor: Tinch okeani, Atlantika okeani, Hind okeani, shimoliy muz okeani.
Endi men sizlarga fazoviy jismlar haqida tushuncha beraman.
Quyosh osmon jismlariga kiradi. U yer yuzini isitib barcha daraxtlar ekinlarga insonlarga issiqlik nurini sochadi. Quyosh nuri bilan barcha meva va sabzavotlar shirin bo`lib pishadi. Oy tunda ko`rinib yo`limizni yoritadi. Yulduz bizdan juda ham uzoqdaligi uchun bizga juda ham mayda bo`lib ko`rinadi, lekin ular ham quyosh hisoblanadi. Quyosh, oy, yulduz osmon jismlari hisoblanib ular bir birlariga uzviy bog`liq.
Endi havo transportlari bilan tashuvchi, qutqaruvchi samolyotlar bo`ladi. Samolyot- juda katta po‘latdan va temirdan yasalgan bo`ladi. Vertolyot esa samolyotga o`xshash qanoti va varraklari bo`ladi. Raketa esa havoga tik uchuvchi transport bo`lib unda ko`proq fazogirlar uchadi.
Qani bolalar hozir men sizlarga yana bir topishmoq aytaman.
Keng fazoni quchadi
Oylab yillab uchadi
Bolalar: Raketa deb javob beradilar.
Yer sayyorasida insonlar, daraxtlar, hayvonlar, katta kichik jonivorlar, qushlar yashaydilar. Ular nafas oladilar, quyoshdan energiya olib yashaydilar. Bolalar mana bugungi faoliyatimizda osmon jismlari, havoda uchuvchi transportlar va ularning turlari haqida suhbatlashdik. Ularni bir birlaridan farqlashni o`rgandik.
Oy ona emish,
Bolasi yulduz.
Alla aytarmish,
Oppog`im qunduz.
Tilla sandiq ochildi
Olamga nur sochildi (Quyosh)
Oltinquyosh (Miraziz A’zam)
Quyosh chiqdi,
Oltin quyosh
Oltin quyosh ufqda,
Oltin quyosh chiqganini
Kalaytamiz qo`shiqda
Turing qani o`rningizdan
Turing oppoq bolalar
Oltin quyosh chiqqaniga
Qutlamoqda dalalar
Dum dumaloq barkash non
Ko`k yuzida suzadi (Oy)
Tunda ko`rib cho`g deysan
Tongda ko`rib yoq deysan (Yulduz)
Bolalar:
Oy ona emish
Bolasi yulduz
Alla aytarmish
Oppog`im qunduz
Ko`zim nurini
Senga tutdimo
Otangday bo`l deb
Yo`ling kutdimo
Otam qayda deb
So`rama bolam
Otang quyoshdan
Bahramand olam
Do'stlaringiz bilan baham: |