Faoliyatning borishi:
Defektolog: O`lkamizga qaysi fasl tashrif buyurdi?
Yoz faslida kunlar qanday bo`ladi.?
Bolalar yoz fasli kelishi bilan dalalarda dehqonlar mexnati ko’payadi. Meva va sabzavotlar g’arq pishadi. Biz esa ana shu vitaminga boy bo’lgan meva va sabzavotlarni yeb kuchga to’lamiz va sog’lom bo’lamiz. Yoz faslida turli xil cho’milish havzalariga cho’milishga boramiz. Bog’chamizda turli ko’ngilochar dasturlarda ishtirok etamiz. Hozir sizlar bilan baxtli bolalik haqida she’r yod olamiz.
Turli tuman bolalar ko’p jahonda
Yig’ilsalar sig’mas ming-ming maydonga
Dunyo yuzi yana tinchu keng bo’lsa
Har bolaning baxti doim teng bo’lsa
Vatanini, onajonin sevsalar
Ular mehrin, g’amxo’rligin sezsalar!
Bolajonlar yoz fasli va mehnati haqida ko`plab maqollar o`rganganmiz, keling hozir shularni eslab olamiz.
Bolalar
1. Vatani borning baxti bor
Mehnati borning taxti bor
2. Bir boshdan bir savat non
3. Daraxt ildizi bilan kuchli
Odam do`sti bilan
4. Daraxtdan meva olaman desang
Nixolligida parvarish qil
Ofarin bolajonlar sizlarni chiroyli maqol va she’rlaringiz juda ham yoqdi.
Oʻyin:
Bolalar 2 guruhga bo`linadilar, 1-guruh tomchilar, 2-guruh maysalar
Maysalar yerda o `tiradilar, tomchilar ko`zlarini yumib borib maysalarni ushlab oladi. Kim maysani ushlay olmasa o`yindan chetlatiladi. Ushlagan tomchilar o`yini davom etiradi. O`yin so`ngida yaxshi ishtirok etganlar rag`batlantiriladi.
San’at faoliyat markaziga o`tib bolalar ihtiyoriy bahoriy ko`rinish va tomchi aks etgan rasmlarni chizashadi va ko`rgazma tashkil qilinib faoliyat yakunlanadi.
Jismoniy daqiqa:
Men tomchiman, tomchiman
Bulutlardan tushaman
Osmonimda men sakrab
Yerga o`ynab tushaman
Juda ham quvnoqdirman
Kopto kdayin dumalayman
Yomg`irman yog`ilaman
Tomlardan tomchilayman
Mustahkamlash:
Topishmoqlar:
Yerda asta unadi
Ilk baxorda kuladi (Boychechak)
Erta baxor qizginam
Tog`da yoydi qizil gilam (Lola qizg`aldoq)
Bor rang-barang to`rt gilam
Xizmatga shay to`rti ham
Navbat bilan toshalar
Qani kim topa olar (Fasllar)
Bolalar bilan birgalikda topishmoqlar javobini topamiz. Baxor faslida tabiatimiz juda o`zgaruvchan bo`ladi, tez-tez yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, chaqmoq chaqadi.
Qora parda sokiladi
Ichidan suv tokiladi (Yomg`ir)
Yorug`i bor, dovrig`i bor
O`zi yo`q ovozi bor (Chaqmoq)
Bolajonlar yomg`ir tinib quyosh chiqqanda so`ng musaffo osmonimizda nima paydo bo`ladi.
Chiziladi ko`kda qalamsiz
Har xil bo`yoq rassomsiz (Kamalak)
3. Yakuniy qism:
Faoliyatga yakun yasash va bolalarni ragʻbatlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |