quruqlik (temiryo'l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi. Transporting asosiy tarmoqlar guruhlari quyidagilardir: Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur transportlari kiradi. Avtomobil transporti eng samarali tadrijiy (dinamik) o'sayotgan tarmoqdir. XX asr boshidan paydo bo'lgan bu transport hozirgi paytda jahonning barcha mamlakatlarda eng ommaviy harakat vositasi bo'lib qoldi. Uning muhim jihati - yuklarni manzilning о`ziga - «eshikdan eshikka»cha yetkazib berishidir. Avtomobil yo‘llari uzunligi hozir 24,5 mln. km ni tashkil qiladi. Uning 1/4 qismidan ko‘prog‘i AQSH, yana shuncha yo‘l Hindiston, Yaponiya, Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahonda 600 mln. dan ziyod turli avtomobillar bo'lib, ularning 4/5 qismi G'arbning rivojlangan mamlakatlaridadir. Birgina AQSHda dunyo avtomobillarining 30 foizidan ko'pi harakat qilmoqda. Temiryo‘l transporti quruqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi. Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy uzunligining yarmi AQSH, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi о`nlik» mamlakatlari hissasiga to'gri keladi. Temiryo'llar Yevropada eng zich, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa u juda siyrakdir. Bundan tashqari, temiryo'l transportining rivojlanganlik darajasini ularning elektrlashtirilgan va yangi texnika (havo yostig'i, magnit va elektrodinamika) vositalaridan foydalana olish imkoniyatlari ham belgilaydi. G`arbiy Yevropa, Vaponiya, AQSHda temiryo`lar fan-texnika inqilobining so`nggi yutuqlari asosida qurilgan. Fransiya, Yaponiyada poyezdlar soatiga 280-300 km tezlikkacha harakat qilmoqda. Ayrim Afrika mamlakatlarida esa haligacha paravozlar xizmatidan foydalanib kelinadi. Quvur transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib chiqarliadigan va ularni iste’mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu ko'rsatkich yildan yilga oshib bormoqda. Asosiy neft quvurlari tarmog'i neft qazib chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSH, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Kanada, Xitoy va boshqalar)da, neft eksport qiluvchi (Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste'mol qiluvchi (Fransiya, Italiya) mamlakatlarida mavjud. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan. Ular AQSH, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Germaniya, Kanada, Niderlandiya va boshqa davlatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |